Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI 114
Buxgalteriya hisobotini foydalanuvchilarga taqdim etish sanasi deganda quyidagi to’rtta
ehtimoliy sanadan eng avvalgisi tushuniladi:
buxgalteriya hisobotini muassislik hujjatlariga mos holda muassislarga yuridik
shaxs qatnashchilariga berish sanasi;
buxgalteriya hisobotini iqtisodiy sub’ekt ro’yxatdan o’tgan joy bo’yicha hududiy
statistika idoralariga berish sanasi;
buxgalteriya hisobotini O’zbekiston Respublikasi qonunchiliklariga mos holda
boshqa manzillarga berilish sanasi;
buxgalteriya hisobotini e’lon qilinish sanasi. Buxgalteriya hisobotini iqtisodiy
sub’ektga taqdim etish sanasi uni taalluqliligi bo’yicha huquqiy berilgan sanasi yoki pochta
tashkiloti shtempelida belgilangan jo’natish sanasi hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotini
foydalanuvchilarga taqdim etish sanasi buxgalteriya hisobotini tayyorlangan sanadan oldin
bo’lishi mumkin emas. buxgalteriya hisobotini
Agar iqtisodiy sub’ektning rahbari buxgalteriya hisoboti tuzilgan sanadan keyin unga
tuzatish kiritish zarur deb topsa, auditorlik tashkiloti iqtisodiy sub’ekt rahbariyati tomonidan
bunday tuzatish kiritilishi to’g’riligiga ishonch hosil qilishi kerak bo’ladi. Bunday hollarda
auditorlik tashkiloti tekshiruvni davom ettirishi va avvalgi tayyorlangan auditorlik xulosasiga
havolasi bo’lgan (uni asos qilib olinan) yangi auditorlik xulosasini yozishi lozim.
Agar iqtisodiy sub’ektning rahbari auditorlik tashkiloti talab qilgan va jiddiy xarakterga
ega bo’lgan tuzatish kiritishni zarur deb topmasa, unda auditorlik tashkiloti:
iqtisodiy sub’ektga ushbu fakt haqida yozma xabar qilishi;
iqtisodiy sub’ekt rahbari zimmasiga o’zgartirish kiritmaslik haqidagi qarorning
hamma oqibatini yuklashi lozim.
Auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisoboti haqidagi auditorlik xulosasini imzolagan
sanadan keyin yuz bergan holatlarga va iqtisodiy sub’ekt buxgalteriya hisobotini
foydalanuvchilarga taqdim etgan sanadan keyin yuz bergan holatlarga javobgarlikni zimmasiga
olmaydi, u audit tugagandan keyingi ana shunday holatlarni aniqlash bo’yicha qandaydir maxsus
tadqiqotlar va yoki tahlillar o’tkazishga majbur emas.
Bunday holatlar haqida auditorlik tashkilotiga xabar qilish mas’uliyati iqtisodiy sub’ekt
rahbari zimmasida bo’ladi.
Agar auditorga auditorlik hisoboti imzolangan sanadan keyin va buxgalteriya hisobotini
foydalanuvchilarga taqdim etilgandan keyingi davrda yuz bergan holatlar haqida ma’lum bo’lib
qolsa, u yuzaga kelgan muammoni iqtisodiy sub’ekt rahbariyati bilan muhokama qilishi kerak
bo’ladi.
Agar iqtisodiy sub’ekt rahbariyati xatolar va noaniqliklarni yoki buxgalteriya hisoboti
taqdim etilgan sanadan keyin aniqlangan hamma jiddiy holatlarni to’g’rilash bo’yicha choralar
ko’rmasa, auditorlik tashkiloti:
iqtisodiy sub’ektga ushbu fakt haqida yozma xabar qilishi;
o’zgartirishlar kiritilmaganlik uchun qaror qabul qilishlik oqibatiga ko’ra barcha
javobgarlikni iktisodiy ob’ekt rahbariyati zimmasiga yuklashi;
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarni ushbu jiddiy holatlardan xabardor qilish
haqidagi masalani ko’rib chiqishi lozim.
Auditorlik tashkilotining buxgalteriya hisoboti tuzilgandan keyin va/yoki buxgalteriya
hisobotini taqdim etilganlik sanasidan keyin yuz bergan holatlar va faktlarga nisbatan hamma
harakatlari va auditorlik tashkilotining bunday holatlar va faktlar bo’yicha hamma qarorlari
auditorning ish hujjatlarida majburiy tarzda aks ettirilishi kerak.