Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
117 
Oxirgi holatda, maxsus auditorlik topshirig’i natijalariga ko’ra olingan ma’lumotlar buxgalteriya 
hisobining umumiy ishonchliligi haqida xulosa chiqarishga asos bo’la olmaydi. Masalan, 
ombordagi tovar-moddiy qimmatliklar inventarizatsiyasi natijalari iqtisodiy sub’ektning hamma 
moddiy boyliklari holati haqida xulosa chiqarish uchun asos bo’lib xizmat qila olmaydi. 
Auditor buxgalteriya hisobotining alohida moddalarini tekshirish bo’yicha maxsus 
topshiriqni bajara borib, hisobotning har bir moddasi, qoidaga ko’ra, uning boshqa moddasi bilan 
bog’liqligini unutmasligi lozim. Ana shunday o’zaro bog’liq moddalardan birini tekshira borib, 
auditor buxgalteriya hisoboti hisobining ma’lumotlarini taqqoslab, baholay olish imkonini 
beruvchi analitik yoki boshqa auditorlik protseduralaridan foydalanmog’i kerak. Buxgalteriya 
hisobining bunday o’zaro bog’liq moddalariga jumladan, sotishdan tushum hajmi ko’rsatkichi va 
debitorlik qarzdorligi miqdori, tovar-moddiy qimmatliklar miqdori va kreditorlik qarzdorligi 
summasi va boshqalar kiradi. 
Auditor maxsus topshiriqni bajarish imkoniyatlarini baholay borib, topshiriq bergan 
shaxsga topshiriqni bajarish uchun qo’shimcha buxgalteriya ma’lumotlari zarurligini ma’lum 
qilishi va ular aynan qandayligini belgilamog’i kerak. 
Moliyaviy (buxgalteriya) hisobotining umumiy ishonchliligi auditidan farqli ravishda 
maxsus auditorlik topshirig’ini bajarishda jiddiylik darajasini aniqlash qiyin. Agar maxsus 
auditorlik topshirig’ini bajarish uchun iqtisodiy sub’ektning umumiy buxgalteriya hisoboti 
taqdim etilmagan bo’lsa, unda qaysidir buxgalteriya hisobi (schyoti) bo’yicha aylanmalar 
miqdori nisbiy miqdor deb ko’rsatiladi (bitta buxgalteriya hisobining (schyotining) o’zidagi bir 
xil aylanmalar bir iqtisodiy sub’ekt nuqtai nazaridan – yirik, boshqasining nuqtai nazarida – 
kichik bo’lishi mumkin). Jiddiy darajasini etarli darajada aniq baholash imkoniga ega bo’lmay 
turib, auditor auditorlik riski darajasini ham aniqlay olmaydi. Maxsus auditorlik tekshiruvini 
bajarish davomida buxgalteriya hisobotining moddalari buxgalteriya hisobotining yaxlit holda 
ishonchliligi auditidagi o’sha moddaga nisbatan o’ta sinchkovlik bilan tadqiq etilishi zarur. 
Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarni chalg’itishga kiritishdan qochish maqsadida 
ayditor iqtisodiy sub’ekt rahbariyatini buxgalteriya hisoboti tarkibiga amaldagi qonunchilikka 
mos auditorlik xulosalarini, auditorning maxsus topshiriqlar bo’yicha xulosalarini kiritishga yo’l 
qo’yilmasligi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim. 
Auditorning buxgalteriya hisobotining alohida moddalarini tekshirish bo’yicha xulosasiga 
iqtisodiy sub’ekt hisobot moddalarini baholashda qo’llagan me’yoriy hujjatlar ko’rsatmalari ham 
qo’shilishi zarur. Unda, shuningdek, auditorning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi va 
baholash metodlari barcha jiddiy munosabatlarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi 
ko’rsatib o’tilgan me’yoriy hujjatlarga mosligi haqidagi fikri ham bildirilgan bo’lishi lozim. 
Maxsus auditorlik topshirig’ini bajarishda auditor iqtisodiy sub’ektning shu davr uchun 
buxgalteriya hisobotining ishonchliligi haqidagi auditorlik xulosasi bilan ham tanishishi kerak. 
Agar auditorlik xulosasi so’zsiz ijobiy bo’lmagan hollarda auditor maxsus auditorlik topshirig’i 
bo’yicha xulosada buxgalteriya hisobotining ko’rib chiqilayotgan moddasi jiddiy emasligini 
(to’liq emasligini) ko’rsatishi zarur. 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi shartnomalarni yuridik va iqtisodiy 
ekspertizadan o’tkazish bo’yicha maxsus auditorlik topshiriqlari bo’yicha xulosalar. Auditor 
iqtisodiy sub’ektdan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi shartnomalarning 
yuridik va iqtisodiy ekspertizasi bo’yicha maxsus auditorlik topshirig’i olishi mumkin. 
Maxsus auditorlik topshiriqlarini bajarish maqsadlari turlicha bo’lishi mumkin:

iqtisodiy sub’ektda shartnomalarning yangi shakllari paydo bo’lganligi 
munosabati bilan iqtisodiy sub’ekt tomonidan tayyorlangan shartnomalar bo’yicha buxgalteriya 
yozuvlari sxemalari, baholash printsiplari, soliqqa tortish va javobgarlik shakllarining to’g’riligi 
haqida xulosa yozish; 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish