MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
116
Auditorlik tashkiloti va maxsus auditorlik topshirig’i buyurtmachisining huquqlari,
majburiyatlari va javobgarliklari amaldagi qonunlar bilan, shuningdek, tuzilgan shartnoma bilan
tartibga solinadi.
Auditor tomonidan maxsus auditorlik topshirig’i bilan bajariladigan ishlarning mazmuni,
xarakter iva hajmi ushbu ishning yuzaga kelish zarurati bilan bog’liq holat bilan aniqlanadi.
Maxsus auditorlik topshirig’ini bajarishdan oldin ayditor unda maxsus auditorlik topshirig’ini
topshirgan shaxs (buyurtmachi) bilan ishning maqsadi va xarakteri hamda auditor tomonidan
taqdim etiladigan xulosa mazmuniga nisbatan o’zaro bir-birini tushunishga erishilganidan
qoniqishi lozim.
Maxsus topshiriqni bajarishni rejalashtira borib, auditor ishni bajarishni topshirgan shaxs
(buyurtmachi) uchun maxsus auditorlik topshirig’i bo’yicha xulosa nima uchun, qanday
maqsadda kerakligini tasavvur qilishi, shuningdek, u bilan tanishish ehtimoli bo’lgan
shaxslarning tarkibi va doirasini aniqlashi lozim. Auditorning maxsus topshiriq bo’yicha
tayyorlagan xulosasidan mo’ljallangan maqsadlarda foydalanish imkoniyatini istisno qilish
uchun audit hujjatda uning tayyorlanish maqsadini ko’rsatishi hamda xulosadan boshqa odamlar
foydalanish doirasining cheklanishini belgilab qo’yishi mumkin.
Hamma maxsus auditorlik topshiriqlari bo’yicha xulosaning tuzilishi taxminan quyidagi
ko’rinishda bo’ladi.
Hujjatning umumiy nomi «Maxsus auditorlik topshirig’i bo’yicha xulosa».
Adresat.
Maxsus auditorlik topshirig’ini bajaruvchi auditorlik tashkilotining taqdimoti.
Maxsus auditorlik topshirig’i ob’ekti.
Iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hujjatlarini tuzish uchun, shuningdek, hisobning
dastlabki ma’lumotlarini ham mos holda aks etishi, buxgalteriya yozuvlarining bir xilligini
ta’minlashni ham qo’shib, ijroiya organ javobgarligini belgilash.
Auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlarni ta’riflash.
Auditorlik tashkiloti maxsus auditorlik topshirig’ini bajarish paytida qo’llagan metodlarni
izohlash va asoslash.
Auditorlik tashkiloti jiddiy deb hisoblagan masalalarni bayon qilish.
Auditorlik tashkilotining maxsus auditorlik topshirig’ini bajarilish natijalari bo’yicha
fikrlari.
Xulosa berilgan sana.
Auditorlik tashkiloti rahbari yoki mustaqil ishlovchi auditorning imzosi.
Maxsus auditorlik topshirig’i auditor tomonidan iqtisodiy sub’ektning topshirig’i bilan
bajarilsa, iqtisodiy sub’ekt va auditor orasidagi shartnomada auditordan kutiladigan fikr
ifodalanishi bo’yicha masala shakllantirilgan bo’lishi lozim.
Maxsus auditorlik topshirig’i uchun savollar shunday shakllantirilishi kerakki, ularga
berilgan javoblar ikkiyoqlama sharhlanishga ega bo’lmasin.
Maxsus topshiriqlar bo’yicha auditorlik xulosalarining alohida turlari mohitini ko’rib
chiqamiz.
Buxgalteriya hisobotini alohida moddalarini tekshirish bo’yicha maxsus auditorlik
topshirig’i bo’yicha xulosalar. Maxsus auditorlik topshiriqlariga mos ravishda auditorga
buxgalteriya hisobotining bir yoki bir necha moddasiga nisbatan fikrlar bildirish topshirilishi
mumkin. Masalan, debitorlik qarzdorligi holati, moddiy – ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy
vositalar mavjudligi va holati, alohida jismoniy shaxslarga ish haqining to’g’ri hisoblanishi va
daromadidan soliq ajratmalari haqida. Shuningdek, auditordan buxgalteriya hisobining qaysidir
ko’rsatkichlariga nisbatan, masalan, shartnomaga mos holda jamiyat (o’rtoqlik) a’zosiga
foydaning real ulushidan hisoblanadigan (ajratmalarni) baholash kabilar haqida fikr bildirishini
ham so’rash mumkin. Bunday maxsus auditorlik topshirig’i alohida shartnoma bo’yicha yoki
buxgalteriya hisobotining ishonchliligini umumiy tekshiruv jarayonida ham bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |