5.6-jadval
Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi
№
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Aktsiyadorlarga dividendlar hisoblandi
|
8710
|
6610
|
2
|
Dividend to‘lash manbaida daromad solig‘i hisoblandi
|
6610
|
6410
|
3
|
Hisoblangan dividendlar to‘landi
|
6610
|
5010-5530
|
4
|
Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar hisoblandi
|
8330, 8610, 8620
|
6620
|
5
|
Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar to‘landi
|
6620
|
5010-5530
|
5.6. Kapital qo‘yilmalar hisobi.
Kapital qo‘yilmalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xos bir shaklidir, u asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish obyektlari va bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan obyektlarni qayta qurish, ta’mirlash va asosiy ishlab chiqarish vositalarini kengaytirilgan holda qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Kapital qo‘yilmalar asosiy vositalarni, takror ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ularning sifat tarkibini yaxshilash xarajatlarining majmuidir. Kapital qo‘yilmalar hajmi ishlab turgan korxonalarni qurish, kengaytirish, texnik qayta jihozlash va quvvatlarni saqlash, shuningdek, ishlab chiqarish va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskuna, transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa obyektlarini xarid qilishga mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga qilingan xarajatlarning umumiy summasiga ko‘ra belgilanadi.
Kapital sarmoyaning manbalari bir nechta bo'lib, kapital investorlarni, banklarni, moliyaviy institutlarni qamrab olishi mumkin.36
Kapital mablag‘lar hajmiga quyidagi sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar kiradi:
Qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-razvedka, burg‘ulash va boshqa ishlarga qilingan xarajatlar;
Ishlab turgan korxonalarni tiklash, texnik qayta jihozlash va texnika vositalarning quvvatini kengaytirishga qilingan xarajatlar;
Mashina va uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa obyektlarini sotib olishga ketgan xarajatlar;
Korxona, tashkilot va muassasalar uchun yangi obyektlar qurishga ketgan xarajatlar;
Boshqa shu turdagi xarajatlar.
Kapital qo‘yilmalarni buxgalteriyada hisobga olishda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMS va «Kapital qurilish uchun pudrat shartnomalari» nomli 17-son BHMSdan foydalaniladi.
Kapital qo‘yilmalar va u bilan bog‘liq barcha xarajatlarni buyurtmachi, ya’ni o‘zi uchun qurag‘tgan va shu qurilishni mablag‘ bilan ta’minlag‘tgan korxona hisobga olib boradi. Yangi korxona qurilag‘tganida qurilag‘tgan korxonaning ma’muriyati ana shunday tashkilot bo‘ladi, amalda ishlab turganida esa – kapital qurilish bo‘limi orqali ish tutag‘tgan korxonaning o‘zi ana shunday tashkilot bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalarning hisobi amaldagi xarajatlar va smeta qiymati bo‘yicha ularning turlari asosida asosida umuman qurilish bo‘yicha ham, ayrim obyektlar bo‘yicha ham, qurilish boshlangan yildan e’tiboran o‘sib boruvchi yakunlar bilan obyektlar ishga tushirilguniga qadar yoki tegishli ishlarning to‘la-to‘kis bajarilib, xarajatlarning hisobdan chiqarilgunigacha yuritiladi.
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning analitik hisobi 18-«Kapital mablag‘ xarajatlari» qaydnomasida yuritiladi. Mazkur qaydnoma yil choragi, yarim yil yoki yil uchun uchun ochiladi. Qaydnomaga barcha hisobvaraqlarni qo‘shish, ishlab chiqarishga tegishli va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha xarajatlarni alohida ajratib ko‘rsatish, bular ichida esa yangi qurilishni, kengaytirishni, tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ularning amalga oshirilishi va tannarxini hisoblash bilan bog‘liq muomalalarning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi 21-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va ularni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS)iga muvofiq quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0810- “Tugallanmagan qurilish”;
0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”;
0830- “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”;
0840- “Asosiy podani tashkil qilish”;
0850- “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar”;
0860- “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar”;
0890- “Boshqa kapital qo‘yilmalar”.
Analitik hisob har bir kapital qo‘yilma, xo‘jalik shartnomasi va xarajat elementlari bo‘yicha tashkil qilinadi. Aytib o‘tilgan obyektlar foydalanishga qabul qilingach ularning balans qiymati 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” va 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar”da hisobga olinadi.
Qurilishga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilishdan qat’iy nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Faoliyati qurilish va qurilish tashkilotlari hisoblangan qo‘shma korxonalarda ishlarini bajarilishida xarajatlar hisobini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1999 yil 23 dekabrda 579 son bilan ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” nomli №17sonli milliy standarti, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 oktabrdagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Qurilish-montaj ishlari tannarxi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, qurilish tashkilotlari ishlab chiqarishida va buyurtmachiga obyektni topshirishda aks ettiriladi.
Pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlarga qo‘yidagilar kiradi:
- ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlar tarkibidagi Nizom asosida bevosita xarajatlar;
- pudrat shartnomasi bo‘yicha umumiy qurilish faoliyatiga tegishli bo‘lgan va pudrat shartnomalari bo‘yicha taqsimlanishi va shartnoma bahosiga ko‘shilishi mumkin bo‘lgan, xarajatlar tarkibi haqidagi Nizom asosida bilvosita xarajatlar;
- qurilish pudrati shartnomalari shartlari bo‘yicha buyurtmachi tomonidan qoplanadigan boshqa xarajatlar. Shartnoma shartlarida ular bo‘yicha xarajatlarning qoplanishi aytib o‘tilgan. Misol uchun: tajriba - konstruktorlik ishlariga xarajatlar. Pudrat shartnomasi bo‘yicha faoliyatga kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi buyicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi.
Qurilishning pudrat usulida qurilish ishlarining butun bosqichini qurilish pudrati shartnomasi tuziladigan pudrat tashkiloti bajaradi. Mazkur shartnoma pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini olishini, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratish, uni qabul qilish va shartlashilgan narxni to‘lash majburiyatini olishini nazarda tutadi.
Qurilishning xo‘jalik usuli quruvchining o‘z kuchi bilan, pudrat tashkilotlari jalb etilmay bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil etish shaklidir. Ya’ni xo‘jalik usulida qurilish-montaj ishlari buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina yuridik shaxs hisoblanadi. Yangi qurilish, faoliyat yurituvchi obyektlarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy vositalar obyektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish bo‘yicha umumiy buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |