Debet
|
Kredit
|
1
|
Investitsiya – aktsiyalar sotib olinishi aks ettirildi
|
18 000
|
0610
|
5110
|
2
|
Har oyda 15 oy davomida aktsiyalarning sotib olish narxi va nominal qiymat o‘rtasidagi farqni qismlari teng ravishda (bir me’yorda) hisobdan chiqariladi (2 000 / 15)
|
133.333
|
0610
|
9590
|
Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish paytiga kelib ularning 0610-"Qimmatli qog‘ozlar" hisobvarag‘ida hisobga olingan bahosi nominal qiymatiga mos kelishi kerak.
Qimmatli qog‘ozlar haq evaziga sotilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarni sotish chog‘ida olingan tushum va balans qiymati o‘rtasidagi farq (amalga oshirilgan xarajatlar chegirib tashlangan holda) daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
5.4-jadval
Qimmatli qog‘ozlarni sotishni aks ettirish
Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Qimmatli qog‘ozlarni haq evaziga sotish chog‘ida ularning qiymati hisobdan chiqariladi
|
9220
|
0610
|
Xaridorlarga qimmatli qog‘ozlar sotilganda ularning qarzi aks ettiriladi
|
4010
|
9220
|
Qimmatli qog‘ozlar sotilganda xarajatlar hisobdan chiqariladi
|
9220
|
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
|
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan daromad aks ettiriladi
|
9220
|
9590
|
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan ko‘rilgan zarar aks ettiriladi
|
9690
|
9220
|
0620 – “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 — “Qaram birlashmalarga investitsiyalar”, 0640 – “Qo‘shma korxonalarga investitsiyalar” schyotlarida mos ravishda sho‘’ba, qaram va qo‘shma korxonalarga investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.
Xo‘jalik jamiyati shuba xo‘jalik jamiyati deb tan olinadi, agar boshqa bir xo‘jalik jamiyati yoki shirkati quyidagilar tufayli xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa:
- ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etish;
- ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga (masalan, boshqa jamiyat yoki shirkat kompaniyaning boshqaruvchisi sifatida chiqqanda ushbu jamiyatning ishlarini boshqarish to‘g‘risida) muvofiq;
- boshqa imkoniyatlar (masalan, ushbu jamiyatni boshqarish organlariga bunday ta’sir ko‘rsatishning haqiqiy imkoni tufayli) (O‘zR FKning 67-moddasi).
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aktsiyalar (ustav kapitali)ning 20 foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi (O‘zR FKning 68-moddasi).
Ustunlikka ega jamiyat asosiy jamiyat sho‘’ba jamiyatiga nisbatan ega bo‘lgan huquqlarga ega emas. Uning imkoniyatlari shu bilan belgilanadiki, u aktsiyalar paketining sezilarli qismining egasi hamda tegishli ovozlar soniga ega, qaram jamiyatning qaror qabul qilishiga ta’sir etishi mumkin, lekin unga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega emas. Shuning uchun O‘zR Fuqarolik kodeksida belgilinishicha, bunday munosabatlar sho‘’ba va asosiy jamiyatlar (shirkatlar) bilan bo‘lganidek, o‘zaro yoki qo‘shimcha javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Biroq aktsiyadorlik jamiyatining ovoz beradigan aktsiyalarining 20 foizidan ortig‘ini yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘ini qo‘lga kiritgan xo‘jalik jamiyati (aktsiyadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat) bu haqdagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda darhol e’lon qilishi shart.
0690 – “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” schyotida kelajakda moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki ekologiya tashkilotlariga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib boriladi.
Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetidagi qoldiqlar har oyning boshiga korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini ifodalaydm. Debet tomonmdagi oboroti oy davomida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini, investitsiya uchun sarflangan mablag‘lar miqdorini, kredit tomonidagi oborotlar hisobdan chiqarilgan sotib yuborilgan, qaytarib berilgan qimmatli qog‘ozlar qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi.
Misol. Korxona tomonidan 540000 so‘mga aktsiyalar sotildi. Sotilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati 500000 so‘mni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |