Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 5,79 Mb.
bet132/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

2. Zarasizlik tahlili

Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim bo’lgan mahsulot miqdori





  1. FSTD – foiz va soliqlar to’lagungacha daromad termining qisqartmasidir. Agar hisobchilarning ta’biricha boshqa daromadlar va boshqa xarajatlar nolga teng bo’lsa, u holda FSTD jami daromadlarga teng bo’ladi. Darsning maqsadi uchun biz bu ikki terminni o’zaro almashuvchan deb hisoblaymiz.

211

21.1-rasm. Yarim-o’zgaruvchan xarajatlarning mahsulotning mos hajmiga nisbatan o’zgarishi


Bir firmada energiya xarajatlari asosan o’zgarmas bo’lsa, yana boshqa firmada ular mahsulot hajmiga qarab o’zgarishi mumkin122.


Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o’zgarmas bo’lishi mumkin, keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog’onaga ko’tarilgach ular ham keskin ko’tariladi va o’zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o’ssa, ular ham ko’payadi. Bunday xarajatlar yarim-o’zgaruvchan yoki yarim-o’zgarmas xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin ham amaliyotda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga to’lanadigan ish haqi bunga misol bo’lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to’g’ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o’xshash, sotuvchilarga to’lanadigan komission haq ular ko’proq sotganlari sayin ortib boradi. Xarajatlarning bu turdagi xususiyati 3 chizmada tasvirlangan.

Zararsizlik modelini qo’llash va murakkab xarajatlar strukturasi masalasini hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash (1) va ushbu ishlab chiqarish hajmiga muvofiq ravishda yarim-o’zgaruvchan xarajat moddalarining bir qismini o’zgarmas, qolganini esa o’zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni o’zgarmas va o’zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga ko’proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.


Jami daromad va ishlab chiqarish hajmi. O’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlardan tashqari, zararsizlik modeli savdodan olingan jami daromad va ishlab




122Havo harorati qattiq nazorat qilinuvchi issiqxonalarda isitish xarajatlari ko’pincha issiqxona binosi o’simliklar bilan to’la yoki to’la emasligidan qat’iy nazar o’zgarmas bo’ladi. Tutqichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan metalga shakl berish jarayonida mashinalar to’xtab turgan yoki ishchilar ishda bo’lmagan vaqtda korxonani yuqori darajada isitish shart emas. Bu holatda, isitish xarajatlari ko’proq o’zgaruvchan deb hisoblanadi.

212
chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o’z ichiga oladi. Jami daromad jami savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot birligi narxining sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda ifodalash mumkin.


Zararsizlik nuqtasini topish


Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan zararsizlik nuqtasini topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab o’tilgan zararsizlik modelining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli firmaning daromadlar to’g’risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko’rinishida ifodalashni talab etadi:


Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi asoslanadigan bo’lsak, barcha mahsulot sotilishi mumkin bo’lgan narx (1) va mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajatni (2) ko’rsatib o’tish zarur. Chunki zararsizlik modelida o’rganiladigan foyda tushunchasi FSTD ni bildiradi, biz esa foyda so’zi o’rniga ushbu qisqartmani qo’llaymiz. Mahsulot birligi jihatidan, (1) tenglikda keltirilgan daromadlar to’g’risidagi hisobot FSTD ni nolga tenglash orqali zararsizlik modeliga aylanadi:


Endi bizning vazifamiz (2) tenglama, ya’ni FSTD=0 shartni qanoatlantiruvchi ishlab chiqarilishi va sotilishi lozim bo’lgan mahsulot miqdorini topishdir. Bu esa FSTD=0 bo’lishini ta’minlovchi sotilgan mahsulot miqdorini topish uchun (2) tenglamani yechish orqali amalga oshiriladi.


Aniqroq qilib aytganda, sotilgan mahsulotning zararsiz miqdori quyidagicha topiladi:


1-Misol. Zararsizlik darajasini hisoblash


“Pierce Grain” kompaniyasi bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishiga qaramay, uzoq muddat kuzatuvlar natijasida uning mahsulotlari tuzilishi ancha o’zgarmas ekanligi aniqlandi. Bu esa menejerlarga mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi “odatiy” sotuv narxi va mahsulot birligiga to’g’ri kelivchi “odatiy” o’zgaruvchan xarajatdan foydalangan holda moliyaviy rejalashtirishni


213
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi “odatiy” sotuv narxi va o’zgaruvchan xarajat o’zgarmas ishlab chiqarish tuzilishidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu xuddi mahsulot tuzilishi bu yagona katta mahsulot deb hisoblashga o’xshaydi. Sotish narxi $10, o’zgaruvchan xarajatlar esa $6. Firmaning yillik jami o’zgarmas xarajatlari esa $100,000.kelgusi yil uchun ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdorining zararsizlik nuqtasi qanday?


1-ish: Tuzish. Yechim strategiyasi


Biz xarajatlarni qoplashdan Pierce Grain kompaniyasi tomonidan sotilishi kerak bo’lgan mahsulot tuzilmasi miqdoriga qiziqib ko’ramiz. Bunda FSTD (foyda) nolga teng bo’ladi. Umumiy nazariyadan olingan (3) tenglama quyida yana bir bor berilgan:


Qo’yilgan masala va tenglamadan bilganlarimiz quyidagilar:



  1. Jami o’zgarmas xarajatlar = $100,000

  2. Mahsulot birligi sotuv narxi = $10




  1. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat = $6 2-ish: Raqamlarni qo’yib chiqish

Bu ma’lumotlarni (3) tenglamaga qo’yadigan bo’lsak:


3-ish: Natijalarni tahlil qilish


Shu tariqa, Pierce Grain kompaniyasi kelgusi yilda faqatgina o’zgarmas xarajatlarni qoplash uchun 25,000 birlik mahsulot sotishi kerak. Eng muhimi, 25,000 birlik mahsulotni sotganidan so’ng Pierce Grain kompaniyasi 25,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni ham qoplaydi va FSTD=0 bo’ladi.


Zararsizlik nuqtasining puldagi ifodasi


Ko’p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik nuqtasini mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash qulayroq. Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun umumiy maxraj bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi qiymati haqidagi ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin. Shunday bo’lsada, u firmadan yillik hisobotlarni olish imkoniyatiga ega. Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan firmaning jami xarajatlarini o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarga ajrata olsa, u holda, umumiy puldagi ifodalangan zararsizlik nuqtasini hisoblashi mumkin bo’ladi.


214
BUNI BAJARA OLASIZMI?


ZARARSIZ SAVDO DARAJASINI TAHLIL QILISH

“Creighton Manufacturing” kompaniyasi yig’ilib yotgan antikvar avtomobillar tormoz tizimini yaxshilash uchun tormoz kontrollerlarini yig’adi. O’tgan yili firmaning daromadlari $20 millionni tashkil qilgan bo’lib, uning $10 millioni soliqlar va foizlar to’langungacha daromad (FSTD) ni tashkil qilgan. O’zgarmas xarajatlar $2 million edi. O’zgaruvchan xarajatlar $8 million bo’lib, u firma daromadining 40 foizini tashkil qilgan. Berilgan xarajatlar strukturasiga ayangan holda firma daromadlarining zararsizlik darajasini hisoblab ko’ra olasizmi?


Biz bu jarayonni “Pierce Grain” kompaniyasining xarajatlar strukturasidan foydalangan holda tasvirlaymiz. Tasavvur qiling, hisobot berilgan moliyaviy ma’lumotlar 21.1-jadvalda ko’rsatilganidek ko’rinishga ega. Agar biz xarajat-savdo-foyda tahlili asoslanadigan sodda matematik bog’liqlikdan xabardor bo’lsak, u holda biz 21.1-jadvaldan Pierce Grain kompaniyasi uchun puldagi zararsizlik nuqtasini topishda foydalanishimiz mumkin bo’ladi.

Quyidagi (4) tenglamadan foydalangan holda daromadlarning zararsizlik darajasini topishimiz mumkin:


Pierce Grain kompaniyasi misolida firmaning o’zgaruvchan xarajatlarining ($180,000) daromadlarga ($300,000) nisbati $180,000/$300,000 yoki 0.6 ga teng bo’ladi hamda bu natija barcha daromad darajalari uchun o’zgarmas deb olinadi. Natijada, biz (4) tenglamadan kompaniya daromadlari zararsizlik darajasini aniqlashda foydalanamiz.


21.1-jadval





Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish