3-qadam: natijalarni baholash
Biz Talbot korporatsiyasining oddiy aksiyalarining bahosini KABM orqali hisobladik va u 15.3% ga teng bo‘ldi. Shuni e’tiborga olish kerakki, KABMdan foydalanilganda tranzaksion xarajatlar hisobga olinmaydi, bu hisob-kitoblar ichki oddiy aksiyalar yoki daromadlarni saqlashning bahosi hisoblanadi.
Kabm modelini amaliyotga tadbiq etish masalalari KABM modelining kompaniyaning ulushli kapitali bahosini hisoblashda 2 asosiy afzalliklari mavjud. Birinchidan, model sodda qo‘llash uchun ham, tushunish uchun ham juda oson. Modelning o‘zgaruvchilari ommaviy manbalarda kichik xususiy firmalardan tortib barcha kompaniyalar uchun beta koeffitsiyentini ehtimoliy hisob-kitoblari mavjud. Ikkinchidan, model dividendlarga, ularning o‘sish darajalari to‘g‘risidagi farazlarga asoslanmaydi, shunday ekan model hozirda dividend to‘lay olmayotgan kompaniyalar yoki dividendlarning o‘zgarmas o‘sish darajasini namoyon etmayotgan kompaniyalar uchun ham tadbiq etilishi mumkin. Albatta, KABM
modelidan foydalanganda 3 o‘zgaruvchini – β va ( - ) topishimiz zarur. Uni amaliyotda bir tahlil qilib ko‘raylik. Birinchidan, tahlilchida risksiz darajani ni
topish uchun AQSH G‘aznachilik obligatsiyalarining juda ko‘p turlari mavjud. G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari 30 kundan 20 yilgacha amal qilish muddatiga ega turlari doimo mavjud. Ammo KABM modelida qaysi turidan foydalanish mumkinligi haqida aniq ko‘rsatma berilmagan. Modelga ko‘ra, bitta risksiz daraja mavjud va u bir davrli qaytimga ega bo‘ladi (shunga qaramay, davr muddati aniq berilmagan). Shunday ekan, risksiz daraja uchun qaysi muddatni tanlash bizning ixtiyorimizda. Uzoq muddatli kapital xarajatlar bilan bog‘liq qarorlarning kapital bahosini hisoblaganda taqqoslash mumkin bo‘lgan davrning risksiz darajasini olgan maqulroq. Natijada 20 yil davomida qaytim beradigan investitsion loyihalarning kapital bahosini hisoblaganda asos bo‘lib, shu muddatli AQSH G‘aznachilik obligatsiyalarining risksiz darajasidan foydalangan ma’qul. Ikkinchidan, β koeffitsiyentining har bir qimmatli qog‘oz uchun hisoblanishi investitsion maslahat xizmatlarida, Merrill Lynch, Value Line va boshqalar, mavjud. Bir vaqtning o‘zida o‘tgan qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy indekslari (Standard and Poor’s 500 indeksi) ma’lumotlari va qimmatli qog‘ozlarning beta koeffitsiyenti, ya’ni 2 qaytim turlari orasidagi bog‘liqlik (6-bobda keltirilgandek) dan foydalanamiz. Beta koeffitsiyenti hisob-kitobi ko‘plab ochiq obunada savdo qiluvchi firmalarda mavjud ekan, tahlilchilar betaning nashr etilgan manbalaridan foydalanadi.
Uchinchidan, bozor-risk mukofoti o‘tgan davrdagi qimmatli qog‘ozlarning foizning risksiz darajasida daromad va mukofotlarning nisbatiga qarab hisoblanishi mumkin. Biz 6-bobdagi 6-2-rasmda risksiz qimmatli qog‘ozlar va oddiy
183
aksiyalardan o‘tgan qaytimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan edik. O‘rtacha 70 yil davomida uzoq muddatli davrda oddiy aksiyalar davlat obligatsiyalariga qaraganda taxminan 5.5% yuqori daromad keltirgan. KABM modeli orqali investorning talab etilgan daromad darajasini topish uchun bozor-risk mukofotini ( - )
hisoblaganimizda shu hisob-kitoblardan foydalanamiz.
Tarixiy o‘rtacha bozor-risk mukofotidan tashqari iqtisodchi mutaxassislarning kelgusi mukofotlar haqidagi fikrlariga tayanishimiz mumkin111. Masalan Yale univesiteti iqtisodchisi tomonidan 1998-yilda o‘tkazilgan ilmiy izlanishiga ko‘ra, o‘rtacha bozor-risk mukofoti darajasi barcha izlanish ishtirokchilari uchun 7% ga teng bo‘lgan. Ilmiy izlanish 2000-yilda takroriy o‘tkazilganda bozor-risk mukofoti 5% ga tushib qolgan. Bu natijalar 2 narsaga ishora qiladi. Birinchidan, bozor-risk mukofoti o‘zgarmas emas. U umumiy biznes sikli davomida o‘zgarib turadi. Shuningdek, KABM modelida kapital bahosini hisoblashda bozor-risk mukofotini 5 va 7 % o‘rtasida deb olish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |