Kapital strukturasi vazni Kapital bahosini hisoblashdan maqsad firmaning bir yoki undan ortiq investitsiya imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi. Kapital bahosi o‘zida loyihaning risk darajasini ham aks ettirishi kerak, kompaniyalar turli risk darajalariga ega biznesning turli birliklari va lohiyalariga investitsiya kiritayotganlarida kapitalning murakkab bahosini hisoblashlari zarur. Shunday ekan, hisoblangan kapital bahosi ma’noga ega bo‘lishi kerak, tahlil qilinayotgan investitsion loyihaning risk darajasini ham ifodalashi kerak. Nazariyada kapital bahosi fondlarning shakllanishi (foydalanilayotgan kapital strukturasi) va loyihaning tizimli riskini ifodalashi zarur. Kapital strukturasi vaznini hisoblaganda eng to‘g‘ri yo‘l firma tomonidan haqiqatda foydalanilayotgan kapital manbalari AQSH dollarida ifodalanishidir113.
Amaliyotda kompaniyalarda moliyalashtirish manbalari tuzilishi yilma-yil o‘zgarib boradi. Shu sababli ham, ko‘p firmalar o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblayotganda kapital strukturasining mo‘ljalli nisbatidan foydalanishni ma‘qul ko‘radilar. Masalan, kompaniya o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblaganda mo‘ljallab 40% qarz va 60% ulushli kapitaldan foydalanishni belgilaydi, ammo moliyalashtirish nisbatini o‘zgartirib qarz asosiy ulushni egalladi. Yana bir holat, joriy davrda belgilangan nisbatni saqlab turib, kelgusi yilga kelganda moliyalashtirishni ulushli nisbatidan ko‘proq foydalanib, yangi aksiya emissiya qilishi yoki foydani reinvestitsiyalashi mumkin.
O‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash O‘rtacha tortilgan kapital
bahosi ( ), oddiy qilib aytganda firma tomonidan egalik qilinadigan kapitalning bahosi hisoblanadi. 1- jadval qarz kapitali, imtiyozli aksiya va oddiy aksiyaga ega
firmaning mo‘ljalli kapital strukturasi orqali ni hisoblash jarayonini o‘zida
aks ettiradi. Ikki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat 2 ustunda aks etgan. Birinchisida, A panelida firma foydani saqlash orqali kapital strukturasida oddiy aksiyalardan foydalanib barcha ehtiyojlarini qondira oladi. Ikkinchisida, B panelida firma yangi aksiya emissiya qilish orqali kapitalini oshirishi zarur. Masalan, firma ulushli moliyalashtirishni 75% mo‘ljalladi va uning joriy daromadi 750 000 dollar, kompaniya yangi aksiya emissiya qilishidan avval $750 000/0.75 = $1 000 000 gacha kapitalini oshirishi mumkin. 1 000 000 dollar yoki undan kam kapital xarajat uchun firmaning tortilgan o‘rtacha kapital bahosi foydani saqlash bahosi orqali hisoblanishi mumkin (A panel 1-jadvalga ko‘ra). 1 000 000 dollar yoki undan ko‘proq yangi kapital bahosi uchun, yangi yuqori oddiy aksiyaning bahosining ta’sirini hisobga olish zarur (B panel 19.1- jadvalga ko‘ra).
113Butun firmaning kapital bahosini hisoblash uchun bir qancha holatlar mavjud. Bunday holatda firma tomonidan qo‘llaniladigan zaruriy vaznlar kapitalning bozor qiymatiga bog‘liq. Hisob qiymatiga qaraganda bozor qiymati ma’lum bir paytdagi moliyalashtirish manbalarining bahosini to‘g‘ri aks etadi. Shunga qaramay, firma xususiy bo‘lsa, hisob qiymatidan foydalanishi mumkin.
185
19.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |