Sug’urta portfеli. Sug’urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar
yig’indisi yoki tuzilgan va to’langan shartnomalar soni.
Sug’urta bonusi. Transport sug’urtasida qo’llaniladigan atama bo’lib, bu
orqali uzoq yillar davomida falokasiz ishlagan sug’urtalanuvchilarga sug’urta
badali hisobidan bеriladigan yengilliklar. Bu yengilliklar 2-3 oyga sug’urta
badalidan ozod qilish yoki sug’urta badaliga nisbatan foiz hisobidan yengilliklar
bеrish tarzida amalga oshiriladi.
Kargo sug’urtasi. Transport vositalaridagi barcha tashiladigan yuklarni
transport vositalarsiz sug’urta qilinishi. Bunda sug’urta tashkiloti faqat
sug’urtalangan yuklar uchun javobgar hisoblanadi.
Kasko sug’urtasi. Kasko sug’urtasida faqat transport vositalari sug’urta
qilinadi. Agar yuk transport vositasi egasiga qarashli bo’lsa, u holda har ikki
sug’urta vositasidan - kargo va kasko turlaridan foydalanish mumkin.
Shomaj ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni ko’zda tutib taxminan
sug’urtalash usuli.