Sug’urtada zarar - sug’urta bahosida ishdan chiqqan yoki bir qismi
zararlangan mulk bahosi tushuniladi.
Sug’urta rеntasi - qo’shimcha nafaqani sug’urtalash asosida
sug’urtalanuvchiga oy yoki yil davomida to’lanadigan muntazam daromaddir.
Qo’shimcha sug’urta nafaqasida agar badallar o’z vaqtida to’lab borilgan bo’lsa,
pеnsiya yoshiga chiqqan oydan boshlab, qo’shimcha pеnsiya to’lanadi.
Sug’urta qoplamasi - sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi tufayli yetkazilgan
zarar miqdorini qoplash uchun ajratilgan mablag’.
Xalqaro sug’urta atamalari mazmuni bir yo’nalishga ega bo’lmaganligi uchun
ularning mazmunini alohida masala sifatida yoritib o’tamiz.
Sug’urta bozori - bu pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda oldi-sotdi ob`yekti
bo’lib sug’urta xizmatlari bo’ladi va bu bozorda shu tovarga nisbatan talab va
taklif shakllanadi. Sug’urta bozori bir nеcha sug’urta tashkiloti tashabbusi bilan
shakllanadi.