Reja: - bosqich yilu oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr



Download 27,85 Kb.
bet1/11
Sana14.01.2022
Hajmi27,85 Kb.
#365207
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning nutqining tovush madaniyatini rivollanishida ta`limiy o`yindan foydalanish


Mavzu: Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning nutqining tovush madaniyatini rivollanishida ta`limiy o`yindan foydalanish
Reja:

  1. 1- bosqich - 1 yilu 6 oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr

  2. 2-bosqich - uch yoshdan besh yoshgacha bo'lgan davr

  3. 3-bosqich - besh yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan davr

Turli yosh guruhlari tovush madaniyatini shakllantirish turli bosqichlardan iborat bularni ko’rib chiqamiz;

1- bosqich - 1 yilu 6 oydan boshlab to 3 yoshgacha bo'lgan davr

Bir yarim yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug’at boyligi keskin ortadi, so’z tarkibi takomillashadi. Ular dastlab tovush birikmalarini, so’ngra esa oddiy iboralar, kichik she’rlarni oson takrorlaydilar. Agarda ikki yoshda bola ikki-uchta so’zdan iborat bo’lgan iboralarni qo’llayotgan bo’lsa, u uch yoshga kirganida uch-beshta va undan ortiq so’zlar ishtirokida murakkab iboralarni tuzadi. Ushbu davrda nutq nafaqat kattalar bilan, balki tengdoshlar bilan ham muloqot vositasi sifatida shakllanadi. Bu davrda bolalarda nutqning tovush tomoni, ya’ni: ovoz va artikulyatsiya apparati, tovush talaffuzi, tinglash qobiliyati jadal rivojlanadi. Yaxshi, aniq va intonatsion jihatdan to’g’ri bo’lgan ifodali nutqqa erishish uchun ilk yoshlardan boshlab bolalar bilan nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirish zarur.

Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning kattalar bilan muntazam ravishda muloqotda bo’lishi orqali amalga oshirilishi lozim. Ushbu davrdagi asosiy vazifa- tinglash qobiliyatini doimiy rivojlantirish, artikulyatsiya apparati a’zolarini mustahkamlash va rivojlantirishdan iboratdir.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruhi tanlab olinadi va bolalar tovushga taqlid qilish asosida ularni mashq qiladilar. Asosan bu eng oddiy tovushlar guruhlaridir: unlilar - a, i, o; lab-lab - p, b, m; orqa tillilar - k, g, x; lab-tishlilar - v, f; old tillilar



  • t, d, n. Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatidan nisbatan murakkab bo’lgan old tilli tovushlar ham beriladi -xushtaksimonlar - s, z; shuvillovchilar - sh, j, ch; sonorlilar - l, r, ammo bu 3 yoshdan boshlab bolalarning to’g’ri talaffuz qilishlariga erishish zarur, degani emas. Bolalar ushbu tovushlarni muntazam mashq qilish natijasida asta-sekin, 5-6 yoshlarga to’g’ri talaffuz qila boshlaydilar. 


Tovushga taqlid qilishni turli ish shakllariga qo’shish bolalarning nafaqat turli ko’rinishdagi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishlarini aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, balki yaxshi diksiyaga erishishda, ya’ni ularning tovushlar hamda so’zlarni aniq va tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham ko’maklashadi. Aynan bir xil tovush taqlidlarini bir necha marta qo’shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam beradi, ularni turli balandlikda talaffuz qilish bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi.

Tovush taqlidlari bola tomonidan ko’p marta amalga oshirilgani bois u bola uchun namunaga aylanib qoladi hamda akustik va artikulyatsiya ko’nikmalarini orttirish uchun yaxshi material bo’lib xizmat qiladi.

Dastlab ikki yoshgacha shunday tovush taqlidlarini berish kerakki, toki ular bolaning tinglash-nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga mos kelsin, masalan: na-na, ba, u, mu, av, ga-ga, tu-tu, va x.k. Bolaning fonetik imkoniyatlariga va uning oddiy so’zlari, tovushga taqlid qilish shakllariga moslashish tovush talaffuzini aniqlash imkonini beradi. Bu nutqiy harakat taxlilchisiga normal rivojlanish va «pishib yetilish» imkoniyatini, bolaga esa - ayrim tovushlarga quloq tutish imkonini beradi, bu esa o’z navbatida tinglash qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi. 

  1. 3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish murakkablashadi, xususiyatlariga ko’ra turlicha bo’lgan tovushlarni o’z ichiga oladi, masalan: dish-dish, g’a-g’a-g’a, ku-ku-ku va x.k. Bu tovushga taqlid qilishda ham, mustaqil nutqda ham tovushlarni aniq, tushunarli qilib talaffuz qilishga yordam beradi, shuningdek nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Bundan tashqari, tovushga taqlid qilishga maktabgacha yoshdagi bolalar noaniq talaffuz qiladigan yoki umuman ayta olmaydigan tovushlarni asta-sekin qo’shib borish tovush talaffuzini yaxshilashga yordam beradi. Bolalarda mavjud tovushlar aniqlashtiriladi, yangilari paydo bo’ladi. 




Shunday qilib, mashg’ulotlarda va undan tashqarida turli tovush taqlidlarini muntazam ravishda qo’llagan holda tarbiyachi bir vaqtning o’zida nutqning tovush madaniyatini ham shakllantiradi. Talaffuz uchun osonlashtirilgan nutqiy materialda bola nutqning tovush madaniyatiga oid qator bo’limlarni mashq qiladi hamda shu bilan nutqni tinglash va nutqiy harakat analizatorlarini nisbatan murakkab akustik-artikulyatsiya ishiga tayyorlaydi.

Ishlarning ushbu bosqichida bolalarning yoshiga qarab ularga o’zida turli tovush taqlidlarini jamlagan o’yinlar, qo’shiqlar, she’rlar, sanoq she’rlar va hikoyalar beriladi.

Tarbiyachi tovushga taqlid qilishni o’yin-mashqlar, nutqni rivojlantirish va atrof-muxit bilan tanishtirishga oid mashgulotlar, didaktik o’yinli mashg’ulotlar, musiqiy mashg’ulotlar tarkibiga kiritadi. 


Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish