elektron tijorat
yotadi.
Ishlab chiqarishdagi raqobat monopollashuvga olib kela boshladi, mahsulot sifati
oshdi, yangi ekologik toza va samarali texnika hamda texnologiyadan foydalanish
talab etildi, qo‘shimcha ish joylari yaratildi, etuk mutaxassislarga bo‘lgan talab
kuchaydi.
Hozirgi kunda tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish, uning
hususiyatlarini Internet orqali tashviqot qilish, xaridorni jalb etish va
mamlakatimizga valyuta oqimini ta’minlash har bir ishlab chiqarish korxonasi
faoliyatining asosiy tamoyiliga aylangan.
Ma’naviyati yuksak mamlakatimiz aholisining ekologik toza va sifatli
mahsulotga bo‘lgan talabini qonun doirasida ta’minlash ishlab chiqarish
korxonalarining asosiy vazifasi hisoblanadi. SHuning uchun ham har qanday ishlab
chiqarish korxonasi ichki va tashqi bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish maqsadida
sifatli raqobotbardosh mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi, etuk mutaxassislar
bilimi, tajribasi, zamonaviy texnika va texnologiyalarga tayanadi. Bugungi kunga
kelib, tub aholi mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga o‘tgan,
chunki xorijiy mamlakatlar mahsulotlari sifatining qay darajada past ekanligiga
ishonch hosil qilib bo‘lgan. Albatta, aholining o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan
sifatli mahsulotlarni xarid qilishi korxona ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga,
mahsulot tannarxini pasayishiga, yangi ish joylarini tashkil etishga olib keladi.
Bunday istiqbolli rivojlanish asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya
tizimining samarali faoliyati yotadi.
Axborot tizimining rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish korxonalari yuksalishini
ta’minladi, balki xizmat ko‘rsatish borasida ham katta yutuqlarga sabab bo‘ldi.
Masalan: turizm sohasida qator yutuqlarga erishildi. Mamlakatning geografik
jihatdan joylashuvi, qadimiy obidalarga boyligi xorijiy sayyohlarni jalb etishga
manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Internet orqali sayyohlarga xizmat ko‘rsatish,
diqqatga sazovor joylarni tashviqot qilish, xizmatlar uchun elektron to‘lov
tizimining ishlab turishi e’tiborga loyiq holatdir. Sayyohlar sonining yil sayin oshib
borishi bu borada ham raqobatni yuzaga keltirdi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga
turtki bo‘ldi.
Har qanday mamlakat aholisining yashash, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi,
madaniy va ma’naviy salohiyatini belgilovchi omillardan biri ularning sifatli
mahsulotga bo‘lgan talabi va uni xarid qilish imkoniyati bilan belgilanadi. Internet
tarmog‘ining rivojlanishi, banklar tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish
ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarining xaridorgirligini ta’minlamoqda.
Mahsulot ishlab chiqarishining rivojlanishi tushumlar zahirasi oshishiga olib
kelmoqda.
Raqobat va sifat ko‘rsatkichlari bozorlarda xorijiy tovarlar o‘rnini bosadigan sifatli
mahsulotlar ishlab chiqarishni taqozo etadi, shuningdek, jahon bozorida o‘z o‘rnini
egallashiga zamin yaratadi, mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Respublikamizda
jamiyatni
demokratlashtirish
va
mamlakatni
modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |