Hukumat – hukumat
(government – government, G2G). Bu model yuqoridagi
ikki modellarning samarali echimini ta’minlash maqsadida mahalliy va hududiy
davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirishdan iborat.
Natijada ma’muriy sarf xarajatlar qisqarib, qarorlar qabul qilinishi tezlashadi.
Interaktiv xizmat tizimini joriy etish jarayonida hukumat tuzilmasining axborot
markaziga yagona oyna orqali kirishning soddalashgan interfeysi, elektron raqamli
imzo
yordamida
umumiy
avtorlashtirish
tizimi,
alohida
tashkilotning
integrallashgan axborot tizimi yaratilgan. Uzatilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi
va konfidensialigini ta’minlash maqsadida 128 –razryadli ma’lumotlarni shifrlar
tizimi joriy etilgan; Elektron hujjatlarni huquqiy kuchga egaligini tasdiqlovchi
elektron raqamli imzo tizimi qo‘llanilgan; elektron sertifikatsiyalash tizimi
kiritilgan. Fuqorolarni avtorlashtirish va hujjatlarni autentikligini nazorat qilish Net
va Microsoft SQL Server texnologiyasiga asoslanadi. Odatda elektron hukumat
interaktiv xizmatlari portali .Net Framework, ASP.NET va Visual C#
texnologiyasini qo‘llaydi.
Foydalanuvchilar talablariga ko‘ra tizim quyidagi mezonlarga javob berishi
lozim /2/: foydalanuvchi bilan yuqori darajada do‘stona munosabatda bo‘lishi, ochiq
arxitekturaga ega bo‘lishi, asosiysi elektron xavfsizlik ta’minoti sohasida eng yangi
yutuqlarga tayanishi. Elektron hukumat tizimini joriy etishda turli tarmoqli
infratuzilmani integratsiyalash, turli tashkilotlar tomonidan yaratilgan saytlar va
axborot tizimlari kabi muammolarga duch kelinadi.
Elektron
hukumat
interaktiv
xizmatlarining
asosiy
tamoyillari
quyidagilardan iborat
:
a) elektron hukumat interaktiv xizmatidan foydalanishning texnologik
imkoniyatini tizim foydalanuvchilarining dinamik o‘zgaruvchan soni bilan
ta’minlash;
b) elektron hukumat interaktiv xizmat tizimi foydalanuvchilari tomonidan
axborotga oid o‘zaro hamkorlikning moslashuvchi texnologiyalari, formatlari,
53
protokollarini yagona bir xil imkoniyatli dasturiy-texnik vositalardan foydalanishga
moslash;
c) elektron hukumat interaktiv xizmatlari tizimi foydalanuvchilari tomonidan
dasturiy ta’minot va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalardan me’yoriy-huquqiy
qoidalarga rioya etish;
d) elektron hukumat interaktiv xizmatlarida uzatilayotgan, qabul qilingan va qayta
ishlangan elektron xujjat ma’lumotlarining to‘liqligi va yaxlitligini ta’minlash;
e) elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimida
moddiy-moliyaviy va vaqt xarajatlarini kamaytirish;
f) elektron hukumat intraktiv xizmatlari elektron xujjat aylanishida ma’lumotlar
xavfsizligini va konfidensialligini ta’minlash.
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimining texnik-
texnologik infratuzilmasi quyidagilardan iborat: elektron hukumat interaktiv
xizmatlarida elektron hujjat aylanishi bosh serveri, uning administratori bo‘lib,
ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimi menenjeri hisoblanadi; ob’ektlararo
elektron hujjat aylanishi tizimi foydalanuvchilarining boshqaruv serverlari;
himoyalangan aloqa kanallari.
O‘z navbatida, bosh serverning texnik vositalari o‘z ichiga elektron pochta
serveri, tasdiqlovchi markazning dasturiy-apparat vositalari, axborotni muhofaza
qilish vositalari va elektron o‘zaro ishlash dasturiy-texnik ta’minotining boshqa
vositalarini oladi. Bosh administratorning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
qayta ishlanadigan, saqlanadigan va uzatiladigan elektron xujjatni ruxsatsiz
foydalana olishdan va ma’lumot administrator serverida bo‘lganida hamda
himoyalangan aloqa kanallari bo‘yicha ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimi
foydalanuvchilarining serverlarigacha uzatishda axborot xavfsizligini ta’minlash;
hujjat aylanishi tizimi foydalanuvchilari o‘rtasida elektron xabarlar almashinuvi.
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimi
administratori serverining texnik vositalariga server va kommunikatsiya uskunasi,
ma’lumotni himoya qilish vositalari va bir xil imkoniyatli kompyuterlar bilan
ta’minlangan avtomatlashtirilgan ish joylari kiradi. Administratorlar serverlarining
asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: qayta ishlanadigan, saqlanadigan va
uzatiladigan ma’lumotni himoyalangan aloqa kanaliga uzatilgunga qadar va undan
ruxsatsiz foydalanish hamda buzib ko‘rsatishdan himoyalashni ta’minlash;
administrator serveridan olingan elektron xujjatlarni foydalanuvchilarning elektron
hujjat aylanishi axborot tizimlari manziliga etkazish; elektron xujjatlarni
ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi foydalanuvchilarining axborot tizimlaridan
bosh administrator serveriga jo‘natish; elektron xujjatlarni bosh administrator
serveriga uzatishdan avval ma’lumotlar bazasida saqlab turish.
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishini amalga
oshirishda axborot xavfsizligi texnik va dasturiy vositalar, hamda bir qator tashkiliy
tadbirlar kompleksi bilan ta’minlanadi. Xususan, texnik tadbirlarga quyidagilar
kiradi: funksional imkoniyatlarining to‘liq hajmida axborotni muhofaza qilish
vositalarini tashkil etish va ulardan foydalanish; qayta ishlanadigan elektron xujjat
ma’lumotlarining yaxlitligini ta’minlash; elektron xujjat ma’lumotini virusga qarshi
himoyalashni ta’minlash.
54
Elektron hukumat interaktiv xizmatida ob’ektlararo elektron hujjat aylanishini
amalga oshirishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu masalani hal qilish uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
telekommunikatsiyalar infratuzilmasini ta’minlashga va ob’ektlararo elektron
hujjat aylanishi uchun tarmoqni qurishga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
elektron hujjatlarni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda va ob’ektlararo axborot
tizimining ma’lumotlar bazasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini
qo‘llagan holda saqlashda elektron hujjatlarni butunligini himoyalash va ta’minlash
bo‘yicha talablar ishlab chiqish;
elektron hukumat ob’ektlararo axborot almashinuv tizimining dasturiy-apparat
vositalarini va axborot resurslarini ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash bo‘yicha
choralar ishlab chiqish;
ob’ektlararo axborot almashinuvida elektron raqamli imzodan foydalanish
sohalarini belgilash (himoyalangan mualliflashtirish, haqiqiyligini tasdiqlash va
hokazo);
elektron hukumat interaktiv xizmatida ob’ektlararo elektron xujjatlar
almashinishida himoyalangan ulanishi talablarini bajarish.
Dasturning axborot xavfsizligini ta’minlashda, jumladan, axborotni ruxsatsiz
o‘chirib tashlash, o‘zgartirish, buzish, ko‘chirib olish, to‘sib qo‘yish va axborot
resurslariga noqonuniy aralashuvga doir boshqa xatti-harakatlarning oldini olish,
qonunchilikka muvofiq ravishda hujjatlashtirilgan va elektron shakldagi davlat
sirini, axborotning mahfiyligini saqlash, O‘zbekiston Respublikasining axborot va
kompyuter texnologiyalari sohasidagi axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini
tashkil qilish va axborot xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlarni shakllantirish,
ma’lumot uzatish tarmoqlariga himoya vositalarini joriy etish samaradorligini
baholash, loyihalarni axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga javob berish nuqtai
nazaridan ekspertizadan o‘tkazish uchun doimiy ishlaydigan (idoralararo) ekspert
guruhini tuzish va axborotni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish,
mamlakatda axborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish kabi
tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Amerika Kengashi IT – derektivasi US CIO Council (
www.cio.gov
) elektron
hukumat tizimini joriy etish tajribasi asosida davlat tashkilot va korxonalarini
axborotlashtirish rivojlantirishni to‘rtta bosqichini aniqladi:
Boshlang‘ich bosqich – tashkilotning Internetga chiqishi, axborot Web resursini
yaratishi;
Boshlang‘ich o‘zaro bog‘lanish davri – axborot xizmatlari foydalanuvchilarini
o‘zaro bog‘lanishi imkoniyatini yaratish (Web – shakl, elektron pochta);
Tranzaksiya davri – axborot xizmatini ko‘rsatuvchi va foydalanuvchi o‘rtasida
murakkab, ko‘p qadamli axborot almashinuvini shakllantirish;
Elektron hukumat tizimini yaratish – uzoq muddatli dastur asosida turli axborot
resurslarini jamlash va integratsiyalash; axborot resurslariga murojaat etishning
yagona oynasini yaratish; taqdim etilayotgan xizmatlar uzluksizligini ta’minlash.
Hukumat portali yagona axborot muhitida turli davlat korxonalarini ishlash
imkonini berib, mijozga yagona avtorlashtirish tizimi va axborot resurslariga
55
murojaat etish yagona oynasiga ega. G2C modelini takomillashtirgan holda hukumat
portali axborot servislari va korporativ axborot tizimi integratsiyasini ta’minlaydi.
Web – server sifatida Microsoft Internet Server (IIS), Internet Security and
Acceleration Server, faoliyat yurituvchi server sifatida esa – Microsoft SQL Server,
BizTalk, Commerce Server va Application Server ishlatiladi.
Elektron hukumat yaratish loyihasida ma’lumotlar uzatish mexanizmi Web –
servislar va XML ga asoslangan, bu o‘z navbatida tizimni kenglovchi va ochiq
qiladi. Ma’lumotlar almashunuvi standarti sifatida ochiq standart bilan muvofiq
bo‘lgan maxsus yaratilgan XML – sxemasi GovTolk ishlatiladi.
Elektron hukumat tizimini yaratish dasturining strategik maqsadi davlat boshqaruv
organlarining samarali ishlashi uchun axborot muhitini yaratish, onlayn rejimda
ishlovchi fuqaro va tijorat tuzilmalari uchun samarali va qulay axborot servislaridan
foydalanishdan iborat.
Fuqaro va tashkilotlarga quyidagi axborot resurslari taqdim etila boshlandi:
yashash manzili o‘zgarganligi haqida hukumat tashkilotlariga xabar berish
maqsadida onlayn rejimda fuqorolarni ro‘yxatga olish;
fuqaro va tashkilotlar tomonidan ijtimoiy to‘lanmalar haqidagi ma’lumotni olish
uchun ijtimoiy ta’minot Institut axborot markaziga murojaat;
ro‘yxatga olingan tashkilot ma’lumotlar bazasiga murojaat.
Elektron hukumat yaratish konsepsiyasi yuzaga kelgunga qadar rivojlangan
mamlakatlar tez va aniq axborot almashinuvi talab etiladigan alohida soha
faoliyatlarida o‘xshash tizim elementlaridan foydalanganlar.
Xususan, quyidagi masalalarni echishga qaratilgan bojxona axborot tizimini
modernizatsiyalash dasturini keltirish mumkin:
yagona hududiy bojxona to‘lovlarini yig‘ish maydoni, jamlash va bojxona
ma’lumotlarini tahlili;
davlat manfaatlarini ishonchli ximoyasini ta’minlash, mahsulotlar chiqishi va
kirishini samarali nazorat qilish;
bojxona jarayonlarini yuritish sarf xarajatlarini kamaytirish va bojxona organlari
xodimlari ish samaradorligin oshirish, barcha bajariladigan ishlar jadalligini
oshirish;
xalqaro savdo sohasida davlatning etakchiligiga erishish.
Elektron bojxona tizimini joriy etishda SAP R/3 Enterprise echimidan foydalaniladi.
Bunday usulni tanlashga asos sertifikatsiya o‘tkazish imkonini beruvchi berilgan
dastur matnining ochiqligi. SHuningdek R/3 tizimining boshqa dasturiy mahsulotlar
bilan oson integrallashuvi va keng doirali ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
YAgona bojxona tizimini yaratish hududiy bojxona sohasida bojxona xizmati
boshqaruvchi samaradorligini oshiradi, barcha bojxona xujjatlarini umumlashtiradi
va avtomatik ravishda qayta ishlaydi, bojxona maxsulotlarini soddalashgan usulda
kodlaydi, davlat va xususiy sektor axborot tizimini birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |