56
Bunda rasmiy xujjat asosida jismoniy va yuridik shaxs tomonidan yaratilgan va
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xujjat tushuniladi. Ushbu talablarga javob
bermaydigan tartibda yaratilgan xujjatlarning huquqiy kuchi yo‘q yoki kam deb
hisoblanadi.
Bugungi kunda davlat boshqaruv organlarida elektron xujjat aylanish tizimini joriy
etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Elektron xujjat aylanishning ikki sinfi mavjud.
Birinchisi workflow – tizim, xujjat yuritish jarayoni avvaldan aniqlangan bo‘lib,
texnologik harakat sxemasi yordamida xodimlar o‘rtasidagi xujjat boshqaruv
harakati va elektron xujjat aylanishining boshqaruvi ostida topshiriq beriladi.
Ikkinchi sinfga erkin
harakatlanuvchi ad-hoc kiradi, bunda jarayon tuzilishi
avvaldan belgilanmaydi, bajarilishi jarayonida shakllanadi (amalni bajaruvchi
xodimning o‘zi keyingi amalni bajaruvchisini belgilaydi va xujjat (topshiriq) ni
beradi. Erkin harakatlanuvchi tizimning hususiyati shundaki, yagona xujjat yaratish
bir qancha usulga ega va bir biridan tanlangan bajaruvchilar, xujjat (topshiriq)
tarkibi va jarayonni biridan ikkinchisiga o‘tish holati bilan farq qiladi.
Turli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlar tufayli xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi
mumkin. Masalan, to‘liq jarayon hususiyatlariga (tezkorlik, o‘z vaqtidalik) va xujjat
sifatiga (autentifikatsiya, to‘liqlik, aniqlik) ta’sir etuvchilar. Jarayon tuzilmasida
yuzaga kelgan buzilish mansabdor shaxs yoki dasturiy-apparat vositasidagi nosozlik
quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: “o‘zgarish” bir jarayonni boshqasi bilan
almashtirish, “o‘tkazish”
jarayoni, “qo‘yish” ko‘zda tutilmagan jarayon, amalni
bajarish tartibini buzilishi va h.zo.
Jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari
kundalik xayotning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmokda.
Hozirda "axborot tushunchasi" sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish
mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmokda. SHu bilan birga
axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining
bahosidan bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. SHuning uchun
tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan
o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa
jinoiy xarakterlardan
himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatni avtomatlashtirishning
yukori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning
xavfsizligi holati va saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Haqiqatdan, kompyuter
tizimlarining keng ko‘lamda ishlatilishi muntazam ravishda o‘sib boruvchi
axborot
resurslari hajmini ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon bersada, bu
jarayonlarni agressiv ta’sirlarga nisbatan ojiz qilib qo‘yadi va, demak, axborot
texnologiyalardan foydalanuvchilar
oldida yangi
muammo-axborot xavfsizligi
muammosi ko‘ndalang bo‘ldi. Xavfsizlik muammosi, aslida, yangi muammo emas,
chunki xavfsizlikni ta’minlash har qanday tizim uchun, uning murakkabligi,
tabiatidan qat’iy nazar, birlamchi vazifa hisoblanadi. Ammo, himoyalanuvchi ob’ekt
axborot tizimi bo‘lsa, yoki agressiv ta’sir etuvchi vositalari axborot shaklida
bo‘lganda, himoyaning mutloq yangi texnologiyalarini va usullarini yaratishga
to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarni himoyalovchi usullar hamda xakerlarga qarshi harakat
vositalar majmuasini belgilash maqsadida
kompyuter xavfsizligi atamasi
ishlatila
boshlandi.
57
Ma’lumotlarni ishlovchi taqsimlangan tizimlarning paydo bo‘lishi xavfsizlik va
konfidensiallik masalasiga yangicha yondashishning shakllanishiga olib keldi.
Ma’lumki, bunday tizimlarda tarmoqlar va kommunikaqion uskunalar
foydalanuvchilarning terminallari bilan markaziy kompyuterlar o‘rtasida
ma’lumotlar almashishga xizmat qiladi. SHu sababli ma’lumotlar uzatuvchi
tarmoqlarni himoyalash zarurati tug‘ildi va shuning bilan birga
tarmoq xavfsizligi
atamasi
paydo bo‘ldi.
Axborotning muhimlilik va qimmatlilik darajasi qadim zamonlardan insoniyatga
ma’lum. SHuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash va uning
konfidensialligini ta’minlash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri - sirli
yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy
olmagan. Asrlar davomida bu san’at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari,
davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka
missiyalaridan tashqariga
chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni
axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni
endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar.
Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar.
SHunday qilib, axborotni himoyalash zarurati tug‘iladi.
Axborotni himoya qilish va konfidensialligini ta’minlash
deganda:
•
axborot resurslarining jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot
tarkibi va elementlarining buzilishi, yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
•
axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni tarkibi va elementlarini
qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik;
•
axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali
tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik;
•
axborotning haqiqiy egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot
resurslari faqat tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan shartnomalar asosida
qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi. SHuningdek, axborot resurslari
konfidensialligini ta’minlash masalalariga kuyidagilarni kiritish mumkin: axborot
xavfsizligini ta’minlash; login tushunchasi; parol tushunchasi;
avtorizatsiya
tushunchasi; ro‘yxatdan o‘tish tartibi; login va parolga ega bo‘lish shartlari; login va
parolni buzish; login va parolni o‘g‘irlash; resurslardan ruxsatsiz foydalanish va
uning oqibatlari; kompyuter virusi; viruslarning turlari va vazifalari; viruslarga
qarshi kurashish usullari; hujum tushunchasi; axborot hujumlari va undan saqlanish
qoidalari.
YUqorida ta’kidlab o‘tilganlarning barchasi asosida
kompyuter tarmoqlari va
tizimlarida axborot resurslari xavfsizligi muammosining dolzarbligi va muhimligi
yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: