2.3. Soliq kodeksining:
- 89-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to’ldirildi:
Soliq tekshiruvini tayinlash to’g’risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan to’xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o’tkazish muddatini hisoblash ham to’xtatiladi.
- 91-moddasining o’n birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirildi:
Bunda tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish o’tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko’p bo’lmagan davrni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |