Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti


Davlat krediti va uning xususiyatlari



Download 1,18 Mb.
bet5/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,18 Mb.
#200287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir kurs ishi (3) (2)

Davlat krediti va uning xususiyatlari

Davlat krediti munosabatlarida bo`sh turgan pul kapitallariga ega bo’lgan subyektlar sifatida aholi, korxona va tashkilotlar hisoblansa unga nisbatan davlat ehtiyojlarining mavjudligi davlat krediti munosabatlarining asosini tashkil qilishi ma’lumdir. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning turli sohalaridan faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyektlar bilan birgalikda davlat ham o’ziga xos iqtisodiy subyekt sifatida iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etadi. Iqtisodchi, A.Ulmasov( davlatning qimmatbaho qog`ozlar chiqarishi va uni joylashtirish vositasidagi operatsiyalari, iqtisodiyotdagi kredit ko`lamiga tasir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo`lgan siyosatini o`ziga xos davlat tadbirkorligi sifatida baholaydi. Albatta bu urinda biz davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotdagi pul muomalasi va yalpi kredit kulamini tartibga solishning ma’muriy mexanizmlaridan voz kechishi va egri iqtisodiy usullaridan foydalanish jarayonini kurishimiz mumkin.

Kredit munosabatlari xilma xil shakllarga ega bo`lib, ular xo`jalik xayotining barcha sohalariga keng kirib bormoqda. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar sifatida quyidagi 4 subyektlarni ajratishimiz mumkin: davlat, korxona va tashkilotlar, aholi va xalqaro moliyaviy institutlar.

Kredit munosabatlarida davlat faol ishtirok etuvchi subyekt hisoblanib, bunday kredit munosabatlarini davlat krediti munosabatlari sifatida kurib o‘tiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida jamiyatining uzluksiz ravishdagi xar xil ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlashi bilan bog‘liq bo`lgan xarajatlarini koplash maqsadida davlat xo`jalik strukturalari, aholi va xorijiy subyektlarning bush turgan moliyaviy resurslarini jalb qilishi mumkin. Jamiyatning bunday bush turgan pul mablag‘larini jalb qilishning asosiy usullaridan biri sifatida hozirgi sharoitda davlat krediti munosabatlari o`ziga xos muhim ahamiyatga egadir. Mamlakat ichkarisida davlat krediti munosabatlarini amalga oshirishda odatda davlat qarzdor subyekt sifatida qatnashadi kreditorlar esa aholi, korxona va tashkilotlar ishtirok etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida esa davlat ham kreditor hamda qarzdor sifatida ishtirok etadi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat krediti moliya va kredit kabi ikki turdagi pul munosabatlarining o‘rtasida kolgan bo`lib, bir vaktning uzida kredit munosabatlariga xos sifat belgilariga ega va moliyaviy munosabatlarga xos sifat belgilariga ega. Moliya tizimining bug‘ini sifatida davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini ya’ni davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga xizmat kiladi.

Davlat krediti kredit munosabatlarining bir turi sifatida qator xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar vositasida klassik moliyaviy kategoriyalar, masalan, soliqdan farklanadi. Soliqdan farkli ravishda ixtiyoriy xarakter kasb etadi. Bu xususiyati bilan imperativ pul munosabatlari qatoriga kirmasligini ko‘rsatib beradi.

Davlat kreditining xususiyati uning qaytaruvchanligi, muddatliligi va tulovchanligi bilan belgilanadi. Biroq bu munosabatlarni bank krediti yoki kreditning boshqa turlari bilan aralashtirmaslk lozimdir. Taniqi iqtisodchi V.M. Rodionova( xo`jalik subyektlari uchun bank kreditlarining davlat kreditidan asosiy farkli jihati, undan xo`jalik subyektlarining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash uchun foydalanilishi ya’ni ishlab chiqarish maqsadlarida foydalnilishi bilan belgilanishini hamda davlat krediti esa kredit resurslari asosan budjetning defitsitini moliyalashtirish uchun foydalanilishi, unda siyosiy ustkurtmalar va jamiyatning moliyaviy munosabatlarini bir qismini aks ettiruvchi budjet mablag‘lari xarakati bilan belgilanishini va uni qaytarishning asosiy moliyaviy manbai budjet daromadlari yoki mablag‘lari bulishini ta’kidlaydi.

Iqtisodchi Sh.Z.Abldullayeva esa, «Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olingan qarz mablag‘lar ishlab chiqarish fondlari aylanshida yoki moddiy boyliklar yaratishda ishtirok kilmaydi. Bu mablag‘lar davlat qarzlarini koplash uchun ishlatiladi»- degan fikrni bildiradi.

Xar ikkala iqtisodchilarning fikri umuman olganda bir birini tuldirib keladi va ularni umumlashtirgan holda fikrimizcha, davlat kreditlari davlatning ijtimoiy iqtisodi va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zaruriy bo`lgan budjet xarajatlari natijasidagi budjet defitsitlarini moliyalashtirish va davlat qarzlarini koplash uchun ishlatiladigan pul munosabatlaridir.

Yuqoridagi ikki iqtisodchining fikrlariga asoslangan holda quyidagicha davlat krediti va bank kreditlarining asosi farqlanishini umumiy muloxaza sifatida keltirmoqchimiz.


Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish