O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Moliya va buxgalteriya hisobi”
fakulteti
Ro’yxatga olindi № _________
“______” _____________ 2021 y.
|
|
“Bank ishi va investitsiyalar” kafedrasi
Ro’yxatga olindi № _________
“______” _____________ 2021 y.
|
“PUL VA BANKLAR” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli
Bajardi:
|
_________________________
|
Qabul qildi:
|
__________________________
|
|
|
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____”________2021 y.
Baho “______”
|
Toshkent- 2021
|
Komissiya a’zolari:
____________________
____________________
____________________
|
REJA:
KIRISH
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash va samarali boshqarish o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinayotgan mablag‘larning asosiy qismi mamlakatimiz aholisining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalar (ichimlik suvi va barqaror elektrenergiyasi bilan ta'minlash, uy-joylar qurish, ta'lim va sog‘liqni saqlash loyihalari) bilan birga infratuzilma va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish loyihalariga yo‘naltirilgan. Mazkur loyihalar iqtisodiyotimizda uzoq yillar davomida investitsiyalarga bo‘lgan yuqori talab shakllangan holatda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, ularni modernizasiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlashtirishga qaratilgan. Ayni vaqtda, davlat qarzini xavfsiz darajada saqlab turilishi kelgusida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning asosiy omillaridan biri ekanligini inobatga olib, bugungi kunda davlat qarzini boshqarish tizimi samaradorligini xalqaro andozalar asosida oshirish choralariga alohida ahamiyat berilmoqda. Shu nuqtai-nazardan, mazkur ish Moliya vazirligi faoliyati shaffofligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat qarzini shakllantiruvchi omillar, davlat qarzi hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar hamda davlat qarzini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan choralar to‘g‘risida batafsil va tizimli xabardor qilishga qaratilgan.
Shuningdek, Prezidentimizning 2020 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi ma’qullangan. Mazkur dastur tarkibidan o‘rin olgan loyihalar mazmunidan ko‘rinib turibdiki, davlat tashqi qarzining asosiy qismi neft-gaz, kimyo sanoati sohalarida yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, issiqlik elektr stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish, ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, kanalizatsiya tizimini rivojlantirish va boshqa sanoat tarmoqlaridagi yangi loyi halarni moliyalashtirishga qaratilgan. Bu esa, o‘z navbatida, yangi ish o‘rinlari ham demakdir.
“Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, odatda tashqi qarz jalb qilinishidan avval yetarlicha asoslantirilgan loyiha va dasturlar ishlab chiqilishi, ular mamlakat uchun ayni paytda ortga surib bo‘lmaydigan, strategik ahamiyatga ega, dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi, davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishlarga mos kelishi shart”1 Masalan, 2020-2021 yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha qabul qilingan keng ko‘lamli dasturda tashqi qarzlardan samarali foydalanish, ularni ustuvor ravishda infratuzilma loyihalarini, iqtisodiy o‘sishga bevosita va ikkinchi darajali ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy ob’yektlarni moliyalashtirishga qaratish, aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, kambag‘allikni qisqa va o‘rta muddatda qisqartirishga yo‘naltirish belgilandi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat oʼz zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining oʼlchamiga bevosita taʼsir koʼrsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki koʼrinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi oʼsha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, oʼzgarishiga olib kelmasligi mumkin. Аgar qarzdor oʼzining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar boʼyicha toʼliq hajmda va oʼz vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday qoʼshimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli boʼlgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj boʼlmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablagʼlarni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli boʼlmagan qarz oluvchilarga nisbatan qoʼllaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning oʼsishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |