Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti


Davlat krediti munosabatlarining turlari va uni tavsiflanishi



Download 1,18 Mb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,18 Mb.
#200287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir kurs ishi (3) (2)

Davlat krediti munosabatlarining turlari va uni tavsiflanishi.

Davlat kredit munosabatlarini amalga oshirishning ikkinchi obektiv asosi sifatida budjet daromadlarini shakllantirish va xarajatlarining davri dinamikasi hisoblanadi. Chunonchi, budjet daromadlarini favkulodda kupaytirish imkoniyati davlat uchun juda kiyin. Umuman, budjetning asosiy daromad manbai hisoblanuvchi, soliqlarning sezilarli kupaytirish mantikan mumkin emas. Soliqqa tortishning klassik nazariyalari soliq ogirligini meyordan oshirish budjet uchun kushimcha daromadlarni shakllantirishga emas balki aksincha daromadlarni hamayib ketishiga olib keladi. Budjetning xarajatlari esa doimiy ravishda tebranib turadi ya’ni rejalashtirilgan budjet xarajatlari turli xil ko‘zda to‘tilmagan vokealar natijasida kupayib ketishi mumkin. Masalan, xarbiy xarakatlar bulishi, tabiy ofatlar natijasida budjet xarajatlari ortishi mumkin. Bunday holatlar natijasida budjet uzining bir sur’atlarda shakllanayotgan daromad bazasi hisobiga xarajatlarni koplash imkoniyatiga ega bulmaydi. Bunday xarajatlarni koplashda davlat yana aholi, korxona va tashkilotlar hamda boshqa xorijiy subyektlar mablag‘larini jalb qilishga majbur buladi.

Davlat kreditining samarali qo`llanilishi davlatning kushimcha moliyaviy resurslarining shakillanishi va davlat budjeti hamomadining koplanishi darajasi davlat moliyasining va mamlakatdagi pul muomilasini monetor usullari bilan solishtirilgan holda davlatning daromad va xarajatlarning balansliligini vujudga keltiradi.

Davlat kreditining vujudga kelish imkoniyatlari yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlarining kullanilish vakti va shakillanishi xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Aholi qulida xar doim vaktincha bush pul mablag‘lari gonorar olish, premiya, ta’til puli, vasiyatnoma olish, quyilgan pullar uchun foizlar olish natjasida paydo buladi. Aholi uzlarining uzok vakt mobaynida kullaniladigan va narxi baland mahsulotlarga ehtiyoji bor bo`lganligi uchun pul mablag‘larini tuplaydi. Aholining majburiyat jamg‘armalari bir xil paytlarda mamlakat iqtisodiyotining nobalansliligi va mahsulot defitsitiga olib keladi.

Yuridik shaxslarning vaqtinchalik bush turgan pul mablag‘lari kopital quyilmalarning ishlab chiqarishga va ijtimoiy sohalarga quyilishi natijasida vujudga keladi. Shuningdek, vaktincha bush pul mablag‘lari bo`lib zaxira fondlari ham hisoblanishi mumkin.

Davlat krediti uzining manbalariga kura ichki va tashki turkumlarga bulishimiz mumkin. Asosiy davlat daromadlarining ulushi milliy valyutada amalga oshiriladi, shuning uchun ichki davlat krediti foydalirok buladi. Shuning uchun davlat kushimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezganda avvalo ichki moliyaviy potensialga asoslangan holda kredit munosabatlarini shakllantiradi. Ammo, xalqaro mehnat taqsimoti kengayishi, ilmiy texnik goyalar va texnologiyalarni uzaro almashishlari, xorijiy mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishlar natijasida xalqaro davlat krediti munosabatlari intensiv ravishdagi rivojlanishiga olib keldi.

Davlat kreditining amal qilishi davlat qarzlarini vujudga kelishiga olib keladi. Hozirgi sharoitda aksariyat iqtisodchilar davlat qarzlarini turlicha talkin kiladilar. Masalan, V.M. Rodionova( davlat qarzlarini 2 turga ajratadi: kapital davlat qarzlari va joriy davlat qarzlari. «Kapital qarzlar deganda hamma chiqarilgan va qaytarilmagan davlatning qarz majburiyatlari va ularning hisoblangan foizlari bilan umumiy summasi deb ta’kidlaydi. Joriy qarzlar esa, davlatning hamma kushimcha qarz majburiyatlari bo‘yicha daromad tulash va tulov muddati kelgan majburiyatlarni qaytarish bo‘yicha xarajatlarni uzida aks ettiradi»- deb ta’kidlaydi.

Shuni ta’kidlash joizki, davlat qarzlari bizning fikrimizcha olingan kreditlar fakat uz vaktida tulanmagan hollardagina davlat qarzlariga aylanadi. Shuning uchun ham xar qanday kreditlarni biz davlat qarzlari sifatida kurishimiz mumkin emas. Xaddan ziyod kup kredit olish olingan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlarni tulash va kredit amortizatsiyasini qaytarish imkoniyatini yukolishiga olib keladi va natijada davlat qarzlari vujudga keladi.

Davlat krediti hamma barcha kredit munosabatlarini amalga oshirilishining umumiy natijalari bo`lib hisoblanadi. Uning absalyut darajasi, o‘sish dinamikasi davlatning iqtisodiy va moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Bu esa davlatning moliyaviy resurslarining o‘sishiga davlat kreditining ta’sir etishi bo`lib, u mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining tezlatishga olib keladi ya’ni kredit munosabatlari davlat tadbirkorlik faolligini o‘sishiga olib keladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning bush turgan pul mablag‘larining tuplanishi va davlat krediti jamg‘armalarining tug‘ri shakillanishiga, aholinig korxonalarning, tashkilotlarning daromad va xarajat balanslashiga sharoit yaratib beradi, davlatda pul aylanishinig meyorlashtirish rejalaridan biri bo`lib xizmat kiladi. Mamlakatda tug‘ri kredit siyosatining yuritilishi davlat kredit operatsiyalarining kullanilishi, bush turgan pul mablag‘larini muomaladan olishga olib keladi.

Davlat krediti qimmatli qog`ozlar egalarining, jamg‘arma banklariga pul mablag‘larini kuygan yuridik va jismoniy shaxslarning pul daromadlarining o‘sishi manbai buladi.

Yuqorida aytilganlar ishchi kollektivlariga ham takluklidir. Demak, davlat yoki ishchi guruxlar qimmatli qog`ozlarga uz mablag‘larini kuyadi, natijada ishlab chiqarishga va ijtimoiy sferani rivojlantirish uchun yirik quyilmalar quyiladi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat krediti - iqtisodiy hamkorlikni, tinchlikni va davlatlararo tushunchalarni kullab kuvvatlash rejasi va asosi bo`lib xizmat kiladi.

Qarzlarni to`lashda va foizlarni to`lashda davlat budjeti daromadlarini ishlab chiqarishdan ajratib olinishiga olib keladi va ishlab chiqarish va jamiyatning intelektual potensialiga ta’sir etib, kelajak avlod bu jarayonlar uchun javobgardir.




  1. Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish