Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida ustqurma kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir



Download 22,93 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,93 Kb.
#211199
Bog'liq
KURS ISHINI XULOSASIIII (копия)




III BOB.

Xulosa

Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida ustqurma kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir.

Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi.

Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.

Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning to‘g‘riligini tekshirish mezonidir.

1. O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini, ular o’rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi. Tarkibiy jihatdan konsolidatsiyalashgan byudjet davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini o’z ichiga oladi.

2. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir.

3. Davlat maqsadli jamg’armalari aholining bir qator ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari fondidir. Davlat maqsadli jamg’armalari mamlakat YaIMning ma’lum ijtimoiy maqsadlar uchun qayta taqsimlash va foydalanish shaklidir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: daromad manbalarining aniq belgilanganligi; mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi; mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi; mustaqil moliya-kredit tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatishi; byudjetdan tashqari ekanligi.

4. Iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiya siyosatini amalga oshirish O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining asosiy maqsadidir.

5. Davlat byudjetining tarkibi va hajmi quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi; korxonalar, tashkilotlar, va muassasalarning xo’jalik yuritish usullari; iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishda davlatning tutgan o’rni; iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarni markazlashgan moliyaviy resurslar hisobidan ta’minlanish darajasi;

7. Davlat maqsadli jamg‘armalar moliyaviy barqarorligi quyidagi mezonlarga ham bog‘liq bo‘ladi: davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari; YaIM tarkibidagi soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlarning ulushi; aholining turmush darajasi; soliqlar, majburiy ajratmalarning aholi va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida taqsimlanish xususiyatlari; davlat moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari; byudjet defitsiti darajasi va boshqalar;

8. O’zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjetining samarali ijrosini ta’minlashda quyidagi taklif va tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

 davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatlari bilan bog‘ liq munosabatlar doirasida byudjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini takomillashtirish lozim;

 byudjetdan mablag oluvchi byudjet tashkilotlarining o‘z harajatlarini mablag bilan ta’minlashda mustaqil o’z faoliyati natijasida shakllanadigan mablaglardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Masalan, bo‘sh turgan obyektlarni ijaraga berish, o‘z faoliyatidan kelib chiqqan holda tijorat asosida ko‘riladigan daromadlar tizimini shakllantirish va o‘z navbatida bu yo’l bilan byudjet mablag‘lariga bo‘lgan talabni qisqartirib, aksincha o‘z daromadlari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish zarur;

 byudjet daromadlarini rejalashtirish iqtisodiyotdagi boshqa makroiqtisodiy

ko’rsatkichlarni prognozlashtirish bilan hamda bu jarayonda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bevosita bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishni takomillashtirishda zarur ma’lumotlar bazasini etarli va sifatli darajada shakllantirish kerak;

 byudjet xarajatlarining moliyalashtirish samaradorligining asosiy mezoni sifatida, ko’p hollarda, ijtimoiy-iqtisodiy tavsifdagi natijalar asos qilib olinadi, navbatdagi vazifa ushbu xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini baholash mezonlari va mexanizmini ishlab chiqish zarur bo’ladi. Bu esa byudjet xarajatlarining samaradorligini aniqlashda bosh omil hisoblanadi;

 yaxlit byudjet siyosatining samaradorligi, byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari ijrosiga bevosita bog’liqdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohadagi xarajatlarning zalvorli yuki, mahalliy byudjetlarga tushayotgan hozirgi bir sharoitda mahalliy byudjetlarining barqaror daromad manbaini shakllantirish bo’yicha islohotlarni yanada chuqurlashtirishni talab qiladi. Shuning uchun: hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishning asosiy omili sifatida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish; hududlarga xorijiy investitsiyalarni keng joriy etish; past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni sog’lomlashtirish va boshqalar;

 soliqlarning rag’batlantiruvchi funksiyasini oshirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida qoladigan mablag’larni qo’shimcha ish o’rinlarni yaratish, texnik modernizatsiyalash va innovatsion faoliyatga yo’naltirilishini ta’minlash;

 byudjet mamlakat iqtisodiyotining asosiy o’zagi bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjetni ijtimoiy yo’naltirilgan xarajatlarini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimi manzilligini kuchaytirish va davlat dasturlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmining samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi;



 moliyalashning turli manbalari hisobidan Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining resurs bazasini yanada mustahkamlash, resurslarini iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda Jamg’arma rolini oshirish, strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash zarur.





Download 22,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish