Bog'liq Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihati
3.Bugungi kunda korporativ menejmentning moliyaviy masalalarini rivojlantirish masalalari Korporativ boshqaruv va korporativ menejment tushunchalarini bir-biri bilan adashtirib yuborish hollari mavjudligini taʼkidlash joiz. Aytib oʻtamizki, menejment korporativ boshqaruvni ham qamrab oladigan torroq tushuncha hisoblanadi. Bundan tashqari, korporativ menejment faqat kompaniya menejmenti (oliy rahbariyat boʻgʻini) tomonidan, korporativ boshqaruv esa kompaniya boshqaruv organlari (aksiyadorlar, direktorlar kengashi, bosh direktor va menejment) tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ boshqaruv koʻproq strategik xarakterga ega boʻlib, kompaniyaning tashqi muhitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga yoʻnaltirilgan boʻladi (aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, hukumat organlari, hamkorlar, kreditorlar va boshqalar bilan aloqa qilish).
Korporativ boshqaruvni (corporate governance) menejment (management) bilan tenglash toʻgʻri emas. Bu turli tushunchalardir. Korporativ boshqaruv uchun muhim narsa – halol, masʼuliyatli, ravshan korporativ hulq va hisobotni taʼminlashga qaratilgan mexanizmlardir. Menejment esa korxona biznesining professional mutaxassislar tomonidan yuritilishiga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutadi.
Korporativ boshqaruv menejmentga nisbatan rahbarlik qilishning yuqoriroq pogʻonasida joylashgan boʻlib, kompaniya faoliyatini uning aksiyadorlari manfaatlari yoʻlida boshqarilishini taʼminlaydi. Korporativ boshqaruv va menejment vazifalarining oʻzaro kesishuvi faqat kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda namoyon boʻladi.
Korporativ boshqaruvning maqsadi korporatsiyalarning investitsiya jozibadorligini oshirish va barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarining oqilona muvozanatiga rioya qilgan holda, amaldagi qonunchilik doirasida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining barcha faoliyat turlaridan imkoni qadar yuqoriroq foyda olishdir. Normal holatdagi korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun korporativ tizimga tez moslasha olish uchun uning qulay yoʻllarini topish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsadni yechishda korporatsiya menejmenti, marketing oldida har tomonlama katta hajmli, koʻp rejali ishlarni amalga oshirilishi kutib turadi. Belgilangan ishlarni quyidagicha bosqichma - bosqich amalga oshirish zarurdir:
korporatsiya faoliyati maqsadlarini va mulkdorlarning jamlash
usullarini toʻgʻri aniqlash;
aksiyadorlar nazorati ostida korporatsiyalarni qayta tarkiblashni
oʻz-oʻzini boshqarish darajasigacha olib borish;
qoʻyilgan maqsadlarga mos holda tashkiliy tarkibni tanlash: ishlab
chiqarish, mahsulotni sotish, innovatsiya va marketing;
Korporatsiya faoliyatini yagona tamoyillarni ishlab chiqqan holda
yaʼni missiya, falsafa va boshqa asos boʻluvchi hujjatlar negizida ishlab chiqish;
ayniqsa oliy menejerlarga va ishchilarga haq toʻlash falsafasini oʻzgartirish. Mulkchilikning aksiyadorlik shaklini korporativ boshqarish usullarini joriy etishda koʻrsatib oʻtilgan jihatlarning mavjudligi korporativ xamjamiyatning turli ishtirokchilari manfaatlarining uygʻunligini va bozor talablari asosida aksiyadorlik korxonalarini rivojlantirishning raqobatbardosh strategiyalaridan foydalanishni taqazo etuvchi sifat jihatdan yangi menejmentni shakllantirishni talab etadi.
Bundan tashqari, korporativ hamjamiyatning turli ishtirokchilari manfaatlarini keskin bozor iqtisodiyoti pozitsiyalaridan bir - biriga bogʻlay oladigan va tez oʻzgaruvchan raqobat muhitida korxonalarni rivojlantirishning moslanuvchan strategiyasini shakllantirishga qodir yangi avlod menejerlarini jalb qilmasdan turib biznesini korporativ boshqarish vazifalarini bajarib boʻlmaydi. Respublika korxonalarida korporativ menejment va korporativ munosabatlarning hozirgi ahvolini hisobga olib, korxonalarda korporativ menejmentini takomillashtirishning birinchi oʻrindagi vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
kuzatuv kengashi aʼzolari va boshqaruvchilar tomonidan hamda
aksiyadorlarning oʻzi tomonidan ham korporativ huquqning mazmun-mohiyati va imkoniyatlarini chuqur anglab yetilishi;
bevosita aksiyadorlik korxonalari boshqaruv faoliyatini tartibga soluvchi toʻliq meʼyoriy xujjatlar paketini ishlab chiqish va qabul qilish;
aksiyadorlik jamiyatlari ishini ongli boshqarishga aksiyadorlarning keng doirasini eng yuqori darajada jalb qilish;
korxonalar faoliyatining aksiyadorlar va investorlar uchun maksimal ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash;
aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvining yuqori va ijro organlari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir darajasini oshirish.
Menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak.
Biroq, korporativ menejment maqsadlarini faqat aksiyadorlar manfaatlariga xizmat qilish bilan cheklab qo‘yilganda ham, unga erishish usullarini aniq belgilashning iloji yo‘q. Aslini olganda, menejerlar kompaniya egalari bilan har bir masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari va xizmatlari assortimentini tanlash, kapital jalb qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhokama qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini so‘rashlari mumkin. Unday bo‘lsa, kompaniya egalari firmani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik mutasaddi bo‘lsalar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shuncha darajada mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan foydalanishdan ma’no qolmagan bo‘lar edi.
Bundan tashqari, bir necha kishi boshqaradigan firma uchun bunday yondoshuv mos (mumkin) bo‘lsa ham, aksiyadorlari soni juda ko‘p firmalarda buning deyarli iloji yo‘q. Axir dunyoda millionlab aksiyadorlari jahon-ning turli mamlakatlarida yashaydigan ulkan xalqaro korporatsiyalar mavjud. Shunday qilib, menejerlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy vazifa yoki qoidani ishlab chiqish juda muhim masala bo‘lib, bunday qoida menejerlar firma boshqaruviga taalluqli u yoki bu masala yuzasidan aksiyadorlar o‘rtasida doimo so‘rov o‘tkazishlariga ehtiyoj qoldirmasligi kerak.
Avvalambor, mazkur qoida samarali bo‘lishi uchun uni bajarish menejerlardan aksiyadorlarning riskka moyilligini ham, biznesni boshqarish bo‘yicha kundalik amaliyotning boshqa masalalari yuzasidan ularning fik-rini bilishlarini ham talab etmasligi kerak. Chunki bu kabi ma’lumot-larni olishning o‘zi – ilojsiz narsa. Hatto bunday masalalar ma’lum vaqt kelib, oshkor bo‘lsa ham, bundan katta ma’no yo‘q, chunki ular doimo o‘zgarib turadi. Aksiyalar doimo qo‘ldan qo‘lga o‘tib turganligi uchun demak, korpo-ratsiya mulkdorlari ham muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Demak, menej-ment asosiy qoidasining bajarilishi korporatsiya mulkdori (egasi) kim ekaniga zinhor bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Rioya qilingan taqdirda, menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qaror-larni qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish, ya’ni ular aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni maksimallashtirish aynan shunday qoida hisoblanadi. Faraz qilaylik, Siz korporatsiyani boshqarayapsiz va mablag‘ tikish (joylashtirish)ning ikkita muqobil variantidan bittasini tanlashingiz kerak. Tanlaganda ham juda riskli va deyarli xavfsiz variantdan birini tanlashingiz zarur.
Aksiyadorlaringizning ba’zilari, ehtimol, risk dara-jasini qisqartirishga intilishar. Boshqalari esa, birinchi investitsion loyiha kelajagiga pessimistik ruhda gumon bilan qarashar. Shu bilan birga aksiyadorlarning bir qismi riskka moyil bo‘lishi yoki riskli loyihaning istiqboli porloq deb hisoblashlari mumkin. Aytingchi, bunday sharoitda menejer qanday qilib barcha aksiyadorlarni qoniqtiradigan va ularning ko‘ngliga moydek yoqadigan qaror qabul qilsin? Faraz qilaylik, risksiz loyihani tanlagandan ko‘ra riskli loyihani afzal ko‘rib, siz firma aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ni ko‘proq oshirasiz. Shuning uchun, garchi ba’zi aksiyadorlar o‘z mablag‘lari ishonchli aktivlarga investitsiya qilinishini hamma narsadan ustun qo‘ysalar-da, Sizning ikkinchi loyihani tanlashingiz ularning manfaatiga xizmat qilmaydi.
Gap shundaki, samarali faoliyat yuritayotgan kapital bozorlarida aksiya-dorlar o‘zlarining shaxsiy aksiyalar portfellari risklilik dara-jasini Sizning firmangiz aksiyalarining bir qismini sotib, undirilgan pulni ishonchli aktivlarga investitsiya qilish orqali kamaytirish imkoniyatiga egalar. Demak, riskli loyiha tanlanadigan bo‘lsa, hatto riskni xush ko‘rmaydigan aksiyadorlar ham yutadilar. Chunki ular bugunning o‘zida qo‘shimcha daromad oladilar. Keyin esa ular olgan daromadlarini yoki reinvestitsiya qiladilar, yoki o‘z ehtiyojlariga sarflaydilar.
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, riskli loyihani tanlash ham xususiy aksiyadorlar manfaatiga mos kelishi mumkin. Chunki aynan riskli loyiha ular
qo‘lidagi aksiyalarning bozor qiymati (bahosi)ni oshirishga qodir. Menejerlar qabul qiladigan qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona risk tanlangan u yoki
bu variant firma aksiyalarining bozor qiymati (bahosi)ga qanchalik ta’sir qilishi bilan bog‘liq.
Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish vazifasini bajarish firma qo‘llaydigan ishlab chiqarish texnologiyalari, bozor foiz stavkalari, bozor riski uchun mukofot va qimmatli qog‘ozlar kotirovkasiga bog‘liq. Ushbu barcha omillarni inobatga olgan holda menejerlar aksiya-dorlar firmani o‘zlari boshqarganlarida qanday investitsion qaror qabul qilsalar, xuddi shunday qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Shu bilan birga qaror riskni tan olmaslik darajasiga yoki muldorlarning boyligi darajasiga bog‘liq emas.
Demak, investitsion qarorlarni shular to‘g‘risida muayyan ma’lumot yig‘masdan turib ham qabul qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasi juda to‘g‘ri qoida va firmani boshqarayotganda har bir menejer ushbu qoidaga rioya qilmog‘i darkor. Mazkur qoidaga rioya qilar ekanlar, menejerlar har gal biror qaror qabul qilish talab etilganda aksiyadorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazmasdan turib ham o‘z vazifalarini bajara oladilar.
Korporatsiyalar faoliyatini tadqiq qiladigan olimlar ba’zida boshqaruv xodimlarining asosiy vazifasi firma foydasini maksimallashti-rishdan iborat, degan fikrni bildiradilar. Ma’lum sharoitda aksiyador-larning foydasini ham, boyligini ham imkon qadar ko‘paytirishdan maqsad bir xil moliyaviy qarorlarning qabul qilinishini taqozo etadi. Odatda, firma foydasini ko‘paytirish uchun mutaxassislar ikkita eng muhim muammoga bilan duch keladilar. Bu muammolarning sababi esa vaqt va ehti-moliy mezonlarning noaniqligidadir:
• agar ishlab chiqarish jarayoni bir necha vaqt oralig‘idan iborat bo‘lsa, u holda aynan qaysi vaqt oralig‘ida foyda maksimallashtirilishi kerak?
• agar daromad va xarajatlar – noaniq ko‘rsatkichlar bo‘lsa, u holda,
foydaning o‘zi ehtimollik qiymati bo‘lgan taqdirda “foydani maksimal-lashtirish”
tushunchasining ma’nosi nimada?
Endi keling, foydani maksimallashtirish mezonlari bilan bog‘liq bo‘lgan shu ikkala muammoni ko‘rib chiqamiz. Birinchi muammo foydani ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi bilan bog‘lashdan iborat.
Faraz qilaylik, firma ikkita loyihadan birini tanlashi kerak. Ikkala loyihani amalga oshirishni boshlash uchun 100,0 mln. so‘m miqdorida xarajat qilish kerak. Ammo ikkinchi loyihaning uzoqroq davom etishi ko‘zda tutilgan. “A” loyihaning bir yildan keyin 105,0 mln.so‘m miqdorida daromad keltirishi mo‘ljallangan va shundan keyin u yopiladi. Shunday qilib, undan ko‘riladigan foyda 5,0 mln. so‘mni tashkil etadi (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m). “B” loyiha esa 2 yil davom etishi kerak va birinchi yili hech qanday daromad keltirmaydi, ikki yil o‘tgach esa loyihadan olingan foyda 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, savol tug‘iladi: mazkur vaziyatda foydani maksimallashtirish mezoni qanday qilib qo‘llanilishi mumkin?
Endi, foydani maksimallashtirish mezonlaridan noaniq vaziyatda foydalanish murakkabligi nimadan iboratligini ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, Siz firma menejerisiz. Firma ikkita investitsion loyihadan bittasini tanlashi lozim. Loyihalarni amalga oshirish uchun 100,0 mln. so‘m miqdorida xarajat talab etiladi va sarflangan kapital (sarmoya) ma’lum vaqt o‘tgach, o‘zini oq (qop)lashi kerak. Xuddi yuqorida keltirilgan misol-dagi singari “A” loyiha 105,0 mln. so‘m miqdorida kafolatlangan daromad keltiradi, ya’ni aniq aytish mumkinki, “A” loyiha bo‘yicha foyda 5,0 mln so‘mni (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m) tashkil etadi. “V” loyiha bo‘yicha foyda miqdori aniq emas – ushbu loyiha bo‘yicha olinadigan daromad 120,0 mln. so‘m yoki 90,0 mln. so‘m bo‘lishi mumkin va har ikkala variantning amalga oshish ehtimoli 0,5ga teng. Shunday qilib, “V” loyiha firmaga yoki 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda keltiradi yoki firma 10,0 mln. so‘m yo‘qotadi. Mazkur kontekstda “foydani maksimal darajada oshiradigan loyiha” degan tavsiya nimani anglatishi mumkin?
Foyda ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq, aksiyadorlik kapitalining joriy bozor qiymatini aniq hisoblab chiqish mumkin (masalan, IBM korporatsiyasining kelgusi
(bo‘lajak) daromadi – noaniq ko‘rsatkich, unga tegishli bo‘lgan aksiyalarning joriy bahosi esa bizga ma’lum). Demak, foydani maksimallashtirish qoidasidan farqli
o‘laroq, aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasi firmaning bo‘lajak xarajatlari va daromadlari noaniqligi sharoitida menejerlarning asosiy vazifalarini aniq belgilab beradi. Har bir tadbirkorning ish jarayonidagi ishonchi va umidi bozordagi barqaror balansni buzishga, raqobatchilariga qaraganda yaxshiroq mahsulot ishlab chiqarishga, ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga, bozorning mumkin qadar kattaroq qismini egallashga, erkin raqobat sharoitida gʻolib chiqishga va bevosita oʻz shartlarini oʻtkazishga undaydi. Faqatgina ana shunda biznesning uzoq muddatli muvaffaqiyatini va aksariyat raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq foyda olishni ta’minlash mumkin. Bozorni egallash va shu orqali foydaning doimiy ravishda oʻsib borishini ta’minlashda kompaniya biznesi rivojlantirishning aniq strategiyasi belgilanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqqan holda belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun talab qilinadigan iqtisodiy resurslarni jamlay olishi va ulardan nafaqat ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, balki moliyaviy nuqtai nazardan ham eng samarali usullardan foydalana olishi lozim. Bunda moliyaviy samaradorlikni ta’minlash moliyaviy menejerning bosh vazifasi hisoblanadi.
Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy menejerning asosiy
vazifalari. Moliyaviy menejerning vazifalarini beshta asosiy yoʻnalishga ajratish mumkin:
1. Investitsion loyihalar jozibadorligini baholash va ularning ichidan iqtisodiy samara keltiradigan va aksiyador mulkining ortishiga xizmat qiladigan loyihalarni tanlash.
2. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari va usullarini aniqlash va belgilash.
3. Kompaniya likvidliligi va toʻlovga layoqatliligini samarali boshqarish.
4. Faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarni baholash va boshqarish.
5. Investorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini qanoatlantiruvchi foydani taqsimlash siyosati (mexanizmi)ni ishlab chiqish va amalga oshirish. Kompaniyalarda moliyaviy menejerning vazifalari. Yuqorida keltirilgan vazifalar ijrosini moliyaviy menejerlar tomonidan bajarish jarayonida moliyaviy risklarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Kompaniyalar uchun eng muhim resurs pul hisoblanadi. Chunki uni har qanday boshqa aktivga almashtirish mumkin. Kreditlar boʻyicha foizlar va dividendlar ham pul shaklida toʻlanishi lozim. Shuning uchun biznesning muvaffaqiyati koʻp jihatdan pul mablagʻlarini jalb qilish va ishlab topish boʻyicha kompaniya imkoniyatlariga bogʻliq.
Moliyaviy menejer kelgusi jarayonlar uchun ham pul mablagʻlari tushumlari va xarajatlarni baholay olishi, moliyaviy rejalashtirish bilan bogʻliq ishlarni tashkil eta olishi talab etiladi. Shunday ekan, moliyaviy menejerning vazifasi kelgusi pul oqimlari harakati (pul mablagʻlari kirimi va chiqib ketishi) ehtimolini hisobga olishi va toʻgʻri belgilashi lozim. Boshqacha aytganda moliyaviy menejer loyihalar boʻyicha risklarni baholay olish va ularni boshqarishni bilishi shart.
Davlat iqtisodiy siyosati biznes yuritish shartlariga amaliy ta’sir koʻrsatadi. Ma’lumki, bunda davlatning ta’sirini talab va taklifga, foiz stavkalari va bank kreditlaridan tadbirkorlarning foydalana olish imkoniyatiga, kapital bozoriga, narxlarga, raqobatga va boshqalarda koʻrish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy menejer qabul qilinishi kutilayotgan iqtisodiy islohotlarning kompaniya faoliyatiga ta’sirini va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini oldindan tahlil qila olishi talab etiladi. Bu jihatga korporativ moliyaviy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishda jiddiy e’tibor qaratiladi.
Ma’lumki, har qanday kompaniyada moliyalashtirishning ikkita prinsipial manbasi boʻlishi mumkin. Bular qarz mablagʻlari va xususiy mablagʻlar. Ularni tanlash va kompaniyani moliyalashtirish tarkibidagi ulushini belgilash koʻp jihatdan uning iqtisodiy samaradorligiga bogʻliq. Bundan tashqari mijozlarni kreditlash siyosati, qarzlarni undirish, qisqa muddatli ehtiyojlarni moliyalashtirish usullari ham kompaniya faoliyat samaradorligini aniqlashda va qarzlar boʻyicha foizlarni toʻlash imkoniyatini baholashda katta ahamiyat kasb etadi. Aynan keltirib oʻtilayotgan jihatlardan kelib chiqqan holda moliyaviy menejer biznesni moliyalashtirishning eng foydali yoʻllarini belgilab bera olishi lozim. Shuningdek, moliyaviy menejerdan erishilgan foydadan foydalanish boʻyicha shunday siyosat ishlab chiqish talab qilinadiki, natijada investorlar (aksiyadorlar)ning manfaatlari qanoatlantirilishi lozim. Bunda dividend siyosatini tanlash investorlarning tiplari va shartlariga koʻp jihatdan bogʻliq. Umumiy holda dividend siyosati bir tomondan kompaniya strategik maqsadlari bilan muvofiq kelishi, ikkinchi tomondan aksiyadorlar manfaatlarini qanoatlantira olishi zarur. Odatda kichik biznes sub’ektlari moliyaviy menejment sohasidagi mutaxassislarni jalb qilmaydilar. Ba’zida bu vazifani mos bilimlarga ega boʻlgan yagona yoki yirik mulkdor sanalgan kompaniya direktori bajaradi. Umuman olganda esa butun moliyaviy boshqaruv bilan bosh hisobchi shugʻullanadi. Biznesning yiriklashib borishi bilan kompaniyalarda alohida shtat birligida moliyaviy menejerni qabul qilish imkonini topish foydadan holi boʻlmaydi. Yuqorida ta’kidlaganimiz kichik biznesda moliyaviy menejment sohasini olib borayotgan hisobchilarning korporativ moliyani boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini tushunishi va amalda qoʻllay olishi soha rivojiga, korxonaning uzoq muddatli muntazam oʻsib borishiga zamin yaratadi. Zero bugungi kun amaliyoti risklarni boshqara oluvchilarni haqiqiy moliyachi sifatida tan olmoqda.
Bugungi kunda oʻz xususiy biznesini boshlayotgan har bir shaxs faoliyat turidan qat’iy nazar quyidagi uchta savolga javob bera olishi talab etiladi:
1. Sizga qancha miqdorda uzoq muddatli investitsiyalar zarur boʻladi? Ya’ni siz qaysi sohada faoliyat koʻrsatmoqchisiz va unda qanday turdagi binolar, uskuna
va inshootlar talab qilinadi?
2. Oʻz faoliyatingizni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun qanday manbalardan foydalanmoqchisiz? Bunda oʻzingizga sherik ham jalb qilmoqchimisiz?
3. Kundalik moliyaviy operatsiyalarni qanday tartibda boshqarmoqchisiz?
Keltirilgan masalalar bugungi kunda korporativ moliyani boshqarishda oʻta muhim masalalar hisoblanadi.
Odatda aksiyadorlarning har kunlik faoliyat bilan bogʻliq qarorlar qabul qilish jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etmasligi yirik kompaniyalar moliyaviy boshqaruvidagi farqli xususiyat hisoblanadi. Buning oʻrniga korporatsiya menejerlar yollaydi. Menejerlar ta’sischilar manfaatlari uchun faoliyat yuritadi va ular nomidan qarorlar qabul qiladi. Yirik korxonalarda yuqorida keltirilgan uchta savolga moliyaviy menejer javob beradi.
Moliyaviy boshqaruv funksiyalari odatda kompaniyaning yuqori darajadagi rahbarlariga yuklatiladi, masalan moliyaviy masalalar boʻyicha boshqaruv raisi
oʻrinbosari (rivojlangan davlatlarda vitse-prezident) yoki moliyaviy direktor (CFO – chief financial officer).
Korporativ tuzilmalar faoliyatida moliyaviy menejer uchta masalani hal
qilish borasida qaygʻurishi lozim. Bu masalalar quyidalar:
- kapital qoʻyilmalar budjetini tuzish;
- kapital tarkibini optimallashtirish;
- aylanma kapitalni boshqarish.
Ularning har biriga toʻxtalib oʻtamiz.
Kapital qoʻyilmalar budjetini tuzish – bu korxonada uzoq muddatli investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish jarayonidir. Rejalashtirishning mazkur
jarayonida moliyaviy menejer korxona uchun ahamiyatli boʻlgan investitsion imkoniyatlardan foydalanish orqali ularni oʻzlashtirishga harakat qiladi. Kapital qoʻyilmalar budjetini tuzishda kutilayotgan pul mablagʻlari tushumlari miqdori va muddati, ularning kelib tushish yoki tushmaslik ehtimoli kabi masalalarga ham e’tibor qaratiladi.
Kapital tuzilmasi – bu qarz kapitali va xususiy kapitalning oʻzaro yigʻindisidir. Moliyaviy menejer bu masalada korxonaning uzoq muddatli investitsiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyavy resurslarni jalb qilish manbalariga e’tibor qaratadi. Firmaning kapital tuzilmasi oʻz operatsiyalarini moliyalashtirish uchun foylaniladigan xususiy kapital va uzoq muddatli qarzdorlikning yigʻindisini oʻzida ifodalaydi. Bu sohada moliyaviy menejer oldida har doim muammoli vaziyat paydo boʻladi. Birinchidan, qancha miqdorda qarz mablagʻi olish lozim, boshqa tomondan qarz kapitali va xususiy kapital oʻzaro nisbati qanday holatda optimal hisoblanadi. Bunda tanlangan nisbat risklilik darajasiga va kompaniya bozor qiymatiga ta’sir koʻrsatmaslik kerak. Ikkinchidan, firma uchun afzal qanday moliyalashtirish manbalari mavjud. Aylanma kapitalni boshqarishda esa asosiy e’tibor pul mablagʻlari tushumini ta’minlash va majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashga yoʻnaltiriladi.
Xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlaridagi moliyaviy boshqaruvni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, boʻlajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishda ham mazkur farmon alohida ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan:
- xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
- chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
- eski boʻlinmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi boʻlinma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish;
- aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish;
- yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish.
Yetakchi xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur oʻrganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar va aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari bilan hamkorlikda uch oy muddatda aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasini ularning tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda, namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirishni ta’minlashi lozimligi belgilandi. Shuningdek, davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibini uch oy muddatda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va prinsiplari, menejment va marketingni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ularni ishlab chiqarishni boshqarish tizimida qoʻllay bilishi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish, attestatsiya yakunlari boʻyicha boʻshagan lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xorijiy menejerlarni jalb etish choralarini koʻrish masalalariga e’tibor qaratilgan. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazini tashkil etish, uning zimmasiga korporativ boshqaruvning tashkiliy shakllari va zamonaviy uslublarini joriy qilishni metodik ta’minlash, shuningdek, xalqaro talab va standartlarga muvofiq ushbu sohada boshqaruv xodimlarini tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish vazifasini yuklash toʻgʻrisidagi
taklifi qabul qilingan.