Bajardi: SMM-54 guruh talabasi Fayzullayeva Ulbosin Ilmiy rahbar: Sharapova M.
2022-yil
Reja:
Kirish 1. Korporativ menejmentning moxiyati va vazifalar
2 Korporatv menejmentning moliyaviy jihatlari
3 Bugungi kunda korporativ menejmentning moliyaviy masalalarini rivojlantirish masalalari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tadbirkorlik faoliyatini yuritish va korporatsiyalarni boshqarish usullari oʻzgara boshladi. Korporativ boshqaruv andozalarini joriy etishning iqtisodiy jihatlari, korporatsiyalar boshqaruvining samarali tizimini shakllantirish, boshqaruvning tamoyillari, uni tuzishga taʼsir etuvchi omillar kabi masalalar hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi.
Oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarini isloh qilish tajribasi shuni tasdiqlamoqdaki, maʼmuriy - rejali iqtisodiyotdan xoʻjalik yuritishning bozor modeliga uygʻun oʻtishning muhim vositasi xususiylashtirish va aksonerlashtirish boʻlib, bu xaqiqiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga va xususiylashtirilgan mulkni korporativ boshqarishning samarali usullarini joriy etishga koʻmaklashadi. Oʻzbekistonning korxonalarida korporativ menejmentni shakllantirish uchun shart - sharoitlar 1997 - 1998-yillarda boshlandi va muayyan rasmiy -tashkiliy asoslar mustaqillikning ilk yillaridayoq sobiq davlat korxonalarining oʻzgartirilishi davomida yuzaga keldi.
Korporativ boshqaruvda eng asosiy sub’ektlar shubhasiz mulkdorlar (aksiyadorlar) va menejerlardir. Shu nuqtai nazardan korporativ munosabatlarda korporativ boshqaruv va korporativ menejment umumiy va xususiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Korporativ boshqaruv umumiy tarzda korporativ menejmentni ham o‘z ichiga oladi va yaxlit boshqaruv tizimini o‘zida aks ettiradi. Korporativ menejment esa maxsus shartnoma asosidagi boshqaruv sifatida korporativ tuzilma joriy faoliyatini boshqarib boradi. Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan eng muammoli munosabatlar aynan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasida yuzaga keladi. Menejerlar aksiyadorlarning agentlari sifatida foliyat yuritishi tufayli fanda agentlik nazariyasi shakllangan. “Tadbirkorlikda professional menejmentga XX asrdan boshlab alohida e’tibor qaratilgan. Bosh ijrochi direktor yoki bosh menejer jami menejerlar ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. Rahbarlik va javobgarlik yuqoridan pastga, hisobdorlik esa pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi”
Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi talabalarda korporativ menejment tizimi va tarkibi, kompaniyalarda korporativ madaniyatni joriy etish boʻyicha tushunchalarga ega boʻlishdir.
Kurs ishining asosiy vazifalari - bu korporativ menejment tizimini va asosiy nazariyalarini oʻrganish, kompaniyalarni boshqarish faoliyati tamoyillari, korporativ nizolarni yechish va ularning huquqiy meʼyoriy koʻnikmalarini hosil etishdan iborat.
Oʻquv qoʻllanma iqtisodiy mutuxassisliklar talabalari uchun iqtisodiy faoliyatni yuritish maqsadida nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlishi mumkin. Korporativ aloqalarini kuchaytirish va hamkorlikni mustahkamlash ochiq iqtisodiyot yoʻlida izchil rivojlanishimizning muhim omili hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv usullarining institutsional qaror topishi jarayoni quyidagi omillar bilan izoxlanadi:
davlatning korxonalarni xususiylashtirish va ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga qaratilgan choralari;
davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil qilish shaklida davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, emissiya koʻlamlarini kengaytirish va ularning aksiyalarini muomalaga chiqarish;
korxonalar aksiyadorlari huquqlarini davlat va uning vakolatli idoralari tomonidan himoya qilinishining mustahkam qonunchilik va institutsional bazasini yaratish.