2. Korporativ menejmentning moliyaviy jihatlari.
Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda
ham korxona egasi bir vaqtning o‘zida meneje vazifasini ham bajaradi. Ammo, boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari) mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha mutaxassislarga topshirishlariga, hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor.
Birinchidan, o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional mene-jerlarni
topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday
bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga egabo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar
sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi
nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi
mushtaraklik talab etilmaydi.
Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo’yicha mutaxassislarga topshirishining sabablari. O’z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional menejerlarni topish unchalik murakkab ish emas. Biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko’rish uchun, ko’pincha, bir necha uy xo’jalik-larining resurslarini birlashtirish kerak bo’ladi. Iqtisodiy jarayonlarga xos bo’lgan mavhum (noaniq)lik sharoitida investorlar mablag’larni turli firmalarga tikish (joylashtirish) orqali riskni taqsimlashga intiladilar.
Mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi.Ta’lim olish (o’qish) egri chizig’i effekti (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud malakaga ega kishilar bu sohada o‘z biznesini tashkil etish uchun moliyaviy resurslarga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega badavlat kishi esa bu kabi tashkilotni boshqarish uchun zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin.
Shunday qilib, bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali mutaxassislar filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va sota-dilar, badavlat kishilar esa bu biznesni zarur miqdorda kapital bilan ta’minlaydilar.
Ikkinchidan, biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun, ko‘pincha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo‘ladi. Masalan, kam budjetli bo‘lsa-da, bitta film yaratishga millionlab mablag‘ sarflanadi, to‘liq metrajli film esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga tushadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samarali ko‘lami (masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha mulk-dorlarni birlashtiradigan tuzilma talab etiladi va qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday biznesni boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi.
Uchinchidan, iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan mavhum (noaniq)lik sharoitida investorlar mablag‘larni turli firmalarga tikish (joylash-tirish) orqali riskni taqsimlashga intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya qilish uchun investor portfelida turli qimmatli qog‘ozlar oz-oz miqdorda bo‘lishi kerak.
Kompaniya mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ajratmasdan turib, bunday taqsimotni amalga oshirish-ning iloji yo‘q.Faraz qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’lum firmalar bir necha yil davomida daromad keltirishi mumkin degan xulosaga keldi va ularning aksiyalariga diversifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar, shu bilan birga, u aksiyalarini sotib olgan kompaniyalarni o‘zi boshqa-rishga ham qaror qiladigan bo‘lsa, u o‘z mablag‘larini ko‘plab kompaniyalar o‘rtasida taqsimlay olmaydi. Shunday qilib, aytish mumkinki, biznesni korporatsiya shaklida tashkil etish mulkdor investor
o‘z mablag‘larini diversifikatsiya qilishi uchun ko‘proq mos keladi, chunki korporatsiya turli firmalar kapitalida nisbatan katta bo‘lmagan ulushga egalik qilish imkonini beradi.
To‘rtinchidan, mulkka egalik huquqini boshqarishdan ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Odatda, menejerlar firmaning ishlab chiqarish texnologiyalari, ishlab chiqarish resurslari bahosi (qiymati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va atroflicha ma’lumotto‘play oladilar. Kompaniya egalariga esa ishlab chiqarish texnologiyalari, firma faoliyatining samaradorlik darajasi va uning mahsulotiga talabning qandayligi to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.
Ko‘ngil ochish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. Kinofilmlar ishlab chiqarish va ularning prokati bilan shug‘ullanish uchun juda keng ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi. Avvalo, yangi filmda ishtirok etishga yollanishi mumkin bo‘lgan taniqli aktyorlar va rejissyorlar to‘g‘risida ma’lumotni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz qo‘lga kiritish mumkin. Ammo kinofilm ishlab chiqarish va uning prokatiga zarur boshqa resurslar to‘g‘risida so‘z boradigan bo‘lsa, buning uchun ko‘plab mablag‘ talab etilishi, tabiiy. Aktyorlar tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va bu vazifani shu kasbga ixtisoslashgan professional ma’murlar hammadan a’lo darajada bajaradilar.
“Investor” inglizcha “investor”, lotincha “investire” – kiyintirmoq. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs, tashkilot yoki davlat. “Industriya” lotincha “industria” – mehnatsevarlik, tirishqoqlik. Sanoat; milliy xo‘jalikning jamiyat iqtisodiy rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhim tarmog‘i. “Prokat” ruscha “prokat” – ijara (kira)ga berish yoki olish. U yoki bu narsani ma’lum miqdordagi haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun berib yoki olib turish.
Beshinchidan, ta’lim olish (o‘qish) egri chizig‘i effekti (samarasi), yoki faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi) degan narsa mavjud va u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida firma menejeri bo‘lsa, kompaniyaning yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi (xizmat qiladi). Kompaniya birinchi bor o‘z aksiyalarini ochiq muomalaga chiqarganda (ya’ni, ochiq aksiyadorlik kompaniyasi (jamiyati)ga aylanganda), uning dastlabki ta’sischisi va egalari bo‘lgan menejerlari, garchi endi ular kompaniya aksiyadorlari bo‘lmasa-da, ko‘pincha, korporatsiyani boshqarishda davom etadilar.
Biznesni tashkil etishning korporativ shakli mulkka egalik huquqiboshqaruvdan ajratilganda ayniqsa samaralidir. Chunki u firmaning sog‘lom (normal) faoliyatiga putur yetmagan holda mulkdorlar ro‘yxatida tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga o‘tib turadi va buning firmani boshqarish hamda uning faoliyat yuritishi sifatiga salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.
Ammo, hamma narsada bo‘lganidek, bunday ajratishning ham o‘z salbiy tomonlari bor va boshqarishni mulkka egalik huquqidan ajratish foydasiga gapiradigan barcha omillar bunday ajratish tartibi amalga oshganda mulkdorlar va menejerlar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar (of interest) yuzaga kelishiga olib keladi. Korporatsiya egalari, odatda, menejerlar ularning manfaatlarini qanchalik samarali himoya qilayotganlari to‘g‘risida juda cheklangan ma’lumotga ega bo‘ladilar. Shu sababli menejerlar o‘zla-rining aksiyadorlar oldidagi burchlariga beparvo bo‘lishlari mumkin. Ba’zi hollarda esa ular aksiyadorlar manfaatlariga zid ishlar qilishlari ham mumkin. Klassik siyosiy iqtisod asoschisi A.Smit bu borada shunday deydi: “Bunday (aksiyadorlik) kompaniyalar direktorlari o‘zlarining emas, birovlarning pullarini boshqarar ekanlar, ulardan xuddi xususiy shirkat sheriklari o‘z mablag‘larini zukkolik va qunt bilan boshqarganlari singari boshqarishlarini kutish aqlli ish bo‘lmaydi. Badavlat odamlarning ko‘p-chilik qullari kabi, ular ham mayda-chuyda narsalarga ahamiyat berishni o‘zlarga munosib bilmaydilar va osongina o‘zlarini bunday vazifadan ozod etadilar. Shunday qilib, kompaniya ishlarini boshqarishda bunday sovuq-qonlik va isrofgarchilik u yoki bu darajada kuzatiladi, albatta.” Xulosa qilib shuni aytish joizki, sarf-xarajat oqilona qilinsa, mulkdorlar va menejerlar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi ehtimolining oldini olish mumkin, firma egalari, odatda, tashkilotni o‘zlari boshqarmaydilar va kompaniyaga egalik qilish, odatda, ko‘plab mulkdorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Yana shuni aytish kerakki, mulkdorlar orasidagi o‘zgarishlar menejerlar o‘zgarishidan ko‘ra ko‘proq yuz berib turadi.
Ayrim tadqiqotlar Menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal Menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.
Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejment, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Masalan, 20-asrning 50—60 yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi.
XX asrning oʻrtalariga kelib menejment Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966-yilda OʻzR FA Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy information texnalogiya ishlari respublikada menejment fanining rivojlanishiga asos boʻldi.
XX-asr oxiri — XXI-asr boshlarida menejment Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻqitila boshladi, Menejmentga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, darsliklar yozildi.
Boshqarish haqidagi fan doimo harakatda bo‘ladi. Yangi yo‘nalishlar, maktablar, oqimlar shakllanadi, ilmiy apparat o‘zgaradi, takomillashadi va nihoyat, tadqiqotchilaming o‘zlari, ulaming qarashlari o‘zgaradi. Vaqt o‘tishi bilan menejerlar o‘zlariga tegishli tashkilotlar ehtiyojlaridan ulaming doirasidagi harakatdagi boshqarish usullariga bo‘lgan mo‘ljallarini o‘zgartiradilar. Ba’zilari boshqarish muammolarini o‘tgan davrlarda ishlatib kelingan uslublar bilan hal qildilar. Boshqa tadqiqotchilar esa boshqarishga yanada sistemali (tartibli) yondashuvni qidira boshlashdi. Ularning individual muvaffaqiyatlari va mag‘lubiyatlari hozirgi menejerlar uchun unutilmas saboq bo‘lishi mumkin. Haqiqatda hozir biz aytayotgan menejment XIX asrda sodir bo‘lgan sanoat revolyutsiyasi natijasidir. Ishlab chiqarishning boshlang‘ich tipi bo‘lgan fabrikalaming paydo bo‘lishi va katta gumhdagi kishilami ish bilan ta’minlash zaruriyati, ulaming individual egalarining barcha xodimlar faoliyatini kuzatib boimashgi natijasida eng yaxshi xodimlami tanlab olib ulami shuning uchun o'qitdilarki, ular joylarda korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi. Bu kishilar birinchi menejerlar edilar. IV davr — axborot davri (1960-yildan hozirgi davrgacha). So‘nggi boshqarish nazariyalari asosan boshqarishga oid «miqdoriy maktab» vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maktabni paydo bo‘lishi boshqarishda matematika va kompyuterlami qo‘llash natijasidir. Uning vakillari boshqarishga matematika bilan ifodalash mumkin bo‘lgan mantiqiy jarayon deb qaraydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |