Moliya-kridet


Korporativ menejmentning mohiyati va vazifalar



Download 170,33 Kb.
bet2/5
Sana08.04.2022
Hajmi170,33 Kb.
#537540
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihati

1.Korporativ menejmentning mohiyati va vazifalar
Korporatsiya (lotincha corporatio – birlashish) – bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat koʻrsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil subyektini – huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir. Korporatsiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy koʻrinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi.
Mamlakat qonunchiligida “korporatsiya” tushunchasi yuridik jihatdan mustahkamlab qoʻyilmaganligi sababli bu tushunchani talqin qilishda ikki xil maʼno kuzatiladi. Ayrim belgilar boʻyicha korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari hisoblangan va aʼzolikka asoslangan barcha xoʻjalik subyektlari, boshqa belgilar boʻyicha esa – faqat aksiyadorlik jamiyatlari kiritiladi. Biroq mamlakat iqtisodiy - huquqiy tizimida mohiyatiga koʻra kichikroq shartliliklar bilan, aynan aksiyadorlik jamiyatlari jahon xoʻjalik va huquqiy amaliyotida umum qabul qilingan korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi.
Aytib oʻtish kerakki, korporatsiya tushunchasii hozirgi sharoitlarda yana bir oʻziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xoʻjalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bogʻliq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida koʻrib chiqish mumkin. Shunday qilib, Oʻzbekistonda korporatsiya mustaqil aksiyadorlik jamiyati boʻlishi mumkin.
Xoʻjalik faoliyatini korporativ tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan foydalanishga asoslanib, korporatsiyalar yaratish variantlaridan foydalangan holda firmalararo munosabatlarni modellashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatamiz:
1. Aksiyalar chiqarish orqali pul mablagʻlari jalb qilish qobiliyati cheklanmagan sonli investorlarning mablagʻlarini jamlash imkonini va bu investorlarga jamiyatni
boshqarishda ishtirok etishda maʼlum bir tanlov huquqini beradi.
2. Boshqariluvchanlik muammosini hal etilishi yengillashadi. Tashiliy rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javobgarliklarni aniqlashda reglamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari oʻrtasida taqsimlash imkonini beradi, bu esa boshqaruv jarayonini professionallash imkoniyatini anglatadi.
3. Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tarkibi manfaatdor shaxslarning oʻrnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yuqori boʻlgan sharoitlarda yuqori moslashuvchanlikni taʼminlaydi.
4. Cheklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. Cheklangan javobgarlik tamoyilining qoʻllanilishi risklarni aksiyadorlar va boshqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Korporativ boshqaruv bu – biznesning tashkiliy - huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir.
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv obyekti sifatida korporatsiyaning oʻziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning oʻzaro aloqa qilishini koʻzda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, yaʼni xulq - atvor tamoyillari, umumiy anʼanalar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin. “Korporativ boshqaruv” tushunchasiga yagona taʼrif mavjud emas. Jahon bankining taʼrifiga koʻra korporativ boshqaruv – qonunchilik, meʼyorlar va hususiy sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasi tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi va oqibatda aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilingan holda oʻz aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni koʻpaytirish orqali oʻzining mavjudligini saqlab qolishni taʼminlaydi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv tamoyillarida “korporativ boshqaruv” tushunchasiga kompaniya maʼmuriyati, uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi munosabatlar majmuasi deb taʼrif berilgan. Korporatsiya rahbariyati qarorlar qabul qilish jarayonida jamiyatni tashkil etuvchi turli xil xoʻjalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini hisobga olishi lozim.
Aksionerlar korporatsiyalar bilan alohida iqtisodiy aloqalarni tashkil etadi: ular korporatsiyaning tashkil etilishining sababchilari boʻlib, “xatarli” kapitalning yetkazib beruvchilari hisoblanadi, ularning kaptali orqali korporatsiyalarning rivojlanish va oʻsishi kuzatiladi. Korporatsiyalarning barcha harakat va jarayonlarida aksionerlarning manfaati hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Iste’molchilar, oʻziga alohida eʼtibor talab qiluvchilardan biri hisoblanib, korporatsiyalar ularsiz faoliyat olib borishi mumkin emas. Iste’molchilar sifatli mahsulot va xizmatlarni qoniqarli darajadagi narxda olishni va talabga javob beradigan xizmat turlarini va haqiqiqatga yaqin reklamalarni qabul qilishni istaydi. Agarda korporatsiyalar istyemolchilarning hohishini qoniqtirishga barcha kuchini sarflamasa, korporatsiyalarning asosiy strategik maqsadlarini quldan boy berilganligidan dalolat beradi va korporatsiyalar oʻzoq va qisqa muddatli omodsizliklarga duch kelishi mumkin.
Xizmatchilar, korporatsiyalardan oddiy talablarni qondirishini soʻraydi, yaʼni oddiy ish haqini toʻlashdan boshlab, to ish beruvchi va xizmatchilar bilan buladigan boshqa jihatlarini oʻz ichiga qamrab oladi. Imkoniyatlarning tengligi, ish joyida sogʻliqni ximoya qilish, moliyaviy bexatarlik, shaxsiy hayotga aralashmaslik, mustaqillik va oʻziga taʼluqli yashash sharoitini taʼminlashni talab qiladi.
Mahalliy aholi, ishlab chiqarish jarayonida korporatsiyalar ularga katta taʼsirini kursatadi. Aholi korporatsiyalardan mahaliy muammolarda ishtirok etish va
ularning muammolarini yechishda bevosita ishtirokini: yaʼni taʼlim, transportni tashkil etish, dam olish uchun sharoit qilish, sogʻliqni saqlash tizimini, atrof muhitni ximoyalashni kutadi.
Jamiyat, korporatsiyalar ularga xalqaro va milliy darajada taʼsir ko’rsatadi. Ularning faoliyati xar xil shakllardagi korxona va tashkilotlarning, shuningdek, boshqarish tuzilmalarning va ommaviy axborot vositalarining eʼtiborida buladi.
Korporatsiyalardan milliy va xalqaro miqiyosidagi soliq va boshqa majburiy toʻlovlarini toʻlash kabi muammolarni yechish amalga oshirishini kutadi.Korporatsiyalarning jamiyat oldidagi asosiy majburiyatlaridan biri oʻz iqtisodiy hayotiyligini qulab quvvatlash va saqlab qolishdan iboratdir. Shu orqali ish joyilarini kupaytirish, yaʼni dunyodagi global muammolaridan biri ishsizlikning oldini olish va ishlab chiqarishda ekologik xavf xatardan ximoyalashi lozimdir.
Mol yetkazib beruvchilar, odatda ularning asosiy qismini kichik korxonalar, yaʼni korporatsiyalar bilan xaqqoniy savdo aloqalarini, va oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirishni va ijobiy xamkorlikni amalga oshirishni avzal kuradi. Korporatsiyalarning va ularning mol yetkazib beruvchilari oʻrtasidagi xamjihatlik iqtisodiy tizimning asosiy bugʻini hisoblanadi, chunki kichik korxonalarning hayotiyligi korporatsiyalarning ularga nisbatan jiddiy va xaqqoniy aloqalariga bogʻiq hisoblanadi.
Korporatsiyalar turli xil prinsipial qarorlarini qabul qilishda korporativ aloqalar ishtirokchilari ehtiyojlari tengligini hisobga olsa, korporatsiyalar mohiyatini va muhimligini oshiradi. Shu maqsadda yirik korporatsiyalar korporativ muhitni va oʻz aro aloqalarni mustahkamlash uchun qoʻyidagi hujjatlar roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:

  • Ahloq kodeksi;

  • Ish haqi toʻlash va xizmatchilarni ragʻbatlantirish, ularning xuquqlarini ximoyalash, shaxsiy hayotga aralashmaslik, erkinlik boʻyicha takliflarni kiritish;

  • Ishchilarni ish joylarida xavf xatardan saqlash, sogʻliqni saqlashni taʼminlash va ularga oid meʼyor va tartiblarni oʻrnatish;

  • korporatsiyalarning xayriya faoliyati qoidalarini tartblashtirish;

  • korporativ munosabatlardagi mavjud menejerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, dasturlarni axborotlashtirish.

Oʻzbekiston respublikasi 1996-yili 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga binoan Oʻzbekiston milliy korporativ boshqaruv modeli tuzilmasi qoʻyida izohlanadi:

Korporatsiya turlari:
- Toʻliq shirkatlar va kommandit xoʻjalik shirkatlari;
- Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar;
- Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar;
- Aksiyadorlik jamiyati (ochiq va yopiq).
Korporativ birlashmalar turlari:
- Xoʻjalik uyushmasi; - Konsern;
- Konsorsium; - Kartel;
- Konglomerat; - Trest;
- Sindikat; - Xolding.
Tadbirkorlik korporatsiyalari foyda olish uchun yaratiladi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- AQSHda korporatsiyalar faqat aksiyadorlik kapitali asosida tuziladi;
- Yevropada maʼsuliyati cheklangan jamiyat, shirkatlar, kooperativlar, ochiq aksioner jamiyatlari, yopiq aksioner jamiyatlari.
Tadbirkorlik korporatsiyasi sifatida quyidagilar boʻlishi mumkin:
- alohida tijorat tashkiloti;
- integratsiyalangan korporativ tuzilma (konsern, xolding va boshqalar).



Download 170,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish