4. To‘lov balansi.
Iqtisodiyot sektorlari rivojini, mamlakatdagi iqtisodiy holatni va milliy iqtisodiyotni qolgan
dunyo bilan o‘zaro aloqalari asosiy yo‘nalishlari va natijalarini baholash uchun Milliy hisoblar
tizimi ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda to‘lov balansi tuziladi.
To‘lov balansi (TB) – shu mamlakat rezidentlari yoki milliy iqtisodiyot sub’ektlarining
boshqa mamlakatlar rezidentlari bilan o‘zaro munosabatlarini harakterlaydigan ko‘rsatkichlar
tizimidan iborat. Bu makroiqtisodiy tahlilning muhim quroli bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda bironta davlat o‘z qobig‘ida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirmasdan rivojlana olmaydi. Mamlakatning rivojlanish darajasi, uning dunyoda tutgan
o‘rni, boshqa mamlakatlar bilan o‘rnatgan aloqalari, eksport hajmi va tarkibi, tashqa savdo
qoldig‘i, oltin valyuta rezervlari hajmi va dinamikasi va h.k. kabi parametrlar bilan baholanadi.
MHT va TB metodologiyasinining yaratilishi va amaliyotga joriy etilishi paralel ravishda
amalga oshirildi, lekin hech qachon to‘qnash kelmadi. Ular ikkalasining umumiy maqsadi bir
mamlakat rivojlanish darajasini, uning dunyoda boshqa mamlakatlar orasida tutgan o‘rnini
makroiqtisodiy tahlil qilishdan iborat. Buning uchun barcha mamlakatlar ko‘rsatkichlarini
solishtirish prinsiplari va MHT va TBni tuzish qoidalaridan foydalanildi. XVFning beshinchi
ko‘rsatkichiga (1993 y.) asosan TBdagi hisob, klassifikatsiya va ta’riflar MHTdagi kabi bir-biriga
o‘xshab ketadi:
- rezident va norezidentni aniqlash;
- iqtisodiyotni institutsional birliklar, sektorlar va tarmoqlarga ajratish;
- operatsiyalarni qayd etish vaqti: MHTda xam TB xam operatsiya vaqti hisoblash usuli
bo‘yicha aniqlanadi. Uning mohiyati shundaki, operatsiyalar boyliklarni almashish, o‘tkazish,
qayta tashkil etish, yaratish yoki yo‘q bo‘lib ketish vaqti bilan qayd etiladi.
- tovar va xizmatlar amaldagi bozor bahosida baholanadi;
- iqtisodiy operatsiyalar joriy va kapital operatsiyalarga ajratiladi.
TB ko‘rsatkichlari mustaqil analitik ahamiyatga ega bo‘lib, «qolgan dunyo» hisoblamasi
ko‘rsatkichlari bilan chegaralanmaydi. TB asosida xorij investitsiyalari qay usulda jalb etilganini,
mamlakatning tashqi qarzlari qanday o‘zgarishini, ularning foizlarini, markaziy bankning xalqaro
rezervlari qanday o‘zgarishini aniqlash mumkin. TB ko‘rsatkichlaridan ichki valyuta bozori va
valyuta kursini tartibga keltirishda, davlatning fiskal va monetar siyosatini ishlab chiqarishda
foydalaniladi.
O‘zbekistonda TB tuzishni Markaziy bank amalga oshiradi. 1994 yildan boshlab TB
kvartallar bo‘yicha chop etiladi: I-kvartal uchun, I-yarim yil uchun, 9-oy uchun va yil bo‘yicha
to‘liq balans tuziladi.
TB tuzishning asosiy prinsiplari:
Do'stlaringiz bilan baham: |