8- MАVZU
8.1.
MOLIYa-KREDIT TIZIMI STАTISTIKАSI.
8.2.
АHOLI TURMUSh DАRАJАSI STАTISTIKАSI.
8.1.
MOLIYa-KREDIT TIZIMI STАTISTIKАSI.
Reja:
1.
Davlat byudjeti statistikasining vazifalari.
2.
Bank statistikasining asosiy koʼrsatkichlari.
3.
Pul muomalasi statistikasi.
4.
Toʼlov balansi.
Tayanch iboralar
:Davlat byudjeti statistikasining vazifalari, Davlat byudjeti,
byudjet
defitsitini moliyalashtirish manbalari, byudjet daromadlari tarkibi,
byudjet harajatlari
tarkibi, statistikasining asosiy koʼrsatkichlari, bank tizim, bank aktivlari va resurslari, bank
depozitlari, pul muomalasi statistikasi, pul massasi, pul massasining aylanish tezligi, toʼlov
balansi.
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari.
Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat iste’molini
qondirish maqsadida foydalaniladi.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy parametlarini baholashdan
iborat:
- davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining umumiy hajmini,
harajatlar hajmini
daromaddan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha daromadlar hajmini harajatlar hajmidan ortib
ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.;
- davlat byudjeti daromadlari va harajatlari tarkibi;
- byudjet defitsitini
moliyalashtirish manbalari;
- davlatning ichki qarzlari hajmi;
- soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k.
Davlat byudjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, byudjetning daromadlari va harajatlarini
iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi.
Byudjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi:
- soliq tushumlari –
majburiy, o‘rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlar
(qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.);
- soliq bo‘lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korxonalar
kassa foydasi, jarimalar va h.k.);
- o‘rni qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar).
Byudjet harajatlari bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagi
kategoriyalarga ajratib
o‘rganiladi:
- umumiy harakterga ega bo‘lgan davlat xizmatlari;
- jamoa va ijtimoiy xizmatlar;
- iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlari;
- boshqa funksiyalar.
Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar xam
qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga
va harajatlariga
ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari
orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha
daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun
elastiklikning empirik
koeffitsientlaridan foydalanish mumkin: