1. Yaxshi tavsiyalarga ishonmang. Ehtimoldan holi emas, bojangiz yoki
qadrdon bo‘lib qolgan o‘rtog‘ingiz o‘z moliyaviy maslahatchisini og‘iz ko‘pirtirib
maqtaydi. Ammo u o‘zining muayyan investitsiyalari va haqiqiy daromadlari
to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaguncha uning maslahatlari o‘z mexanigini unda
faqat texnik yordam mashinasi borligi uchungina maqtayotgan kishining
gaplaridan ko‘ra ishonchli emas. Faqat do‘stlaringiz muhokama qilinayotgan
masala mohiyatini tushunishlariga ishonch hosil qilgandan keyingina ularning
gaplariga ishoning. Axir, o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, -
deb bekorga aytilmagan-ku!;
Do'stlaringiz bilan baham: |