90
o‘xshash xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Sotishdan olingan (ko‘rilgan) daromad va
sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq yalpi foyda deb ataladi. Yuqoridagi
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korporatsiya-sining bu ko‘rsatkichi
20x1 yilda 90,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va mahsulot sotishga
ketgan xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) aks ettirilgan. Bu yerda firmaning
boshqaruv xarajatlari (masalan, menejerlarning mehnat haqi), shuningdek
marketing va hisobot yilida kompaniya ishlab chiqargan tovarlarni sotish bo‘yicha
xarajatlar inobatga olingan. Yalpi foyda va GS&A xarajatlari o‘rtasidagi farq
operatsion foyda yoki asosiy, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda deb
yuritiladi. “XYZ”
korpora-tsiyasining ma’muriy chiqimlari va mahsulot sotishga
ketgan xarajatlari (GS&A) 20x1 yilda 30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning
ishlab chiqarish foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir.
Uchinchi
xarajatlar
kategoriyasiga “XYZ”
korporatsiyasining qarz
majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketgan xarajatlari kiradi va bu xarajatlar
o‘rganilayotgan davr oxirida 21,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Ularni ishlab
chiqarish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda summasini olamiz.
Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning to‘rtinchi, oxirgi kategoriyasida
korporatsiya tomonidan to‘langan soliq summalari aks ettirilgan. 20x1 yilda
“XYZ”
korporatsiyasi soliqqa tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40%
miqdorida soliq to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korporatsiya foydasidan
olingan soliqning summasi 15,6 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinib
turibdiki, “XYZ”
korporatsiyasining soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi
23,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Demak, korporatsiyaning 1 mln. aksiyasi
muomalada (ya’ni, aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasiga
hisoblangan sof foyda 23,40 so‘mga tengdir.
Biz tahlil qilayotgan hisobotda, shuningdek, 20x1 yilda korporatsiya
aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida umumiy miqdorda 10,0 mln. so‘m
to‘langani ko‘rsatilgan. Demak, bu to‘lovlardan keyin sof foyda summasidan
qolgan 13,4 mln. so‘m firma tomonidan o‘z biznesini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 13,4 mln. so‘m korporatsiya
balansida 20x1 yilning oxirida aksiyadorlik kapitalining o‘sgan ko‘rsatkichi
sifatida aks ettiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof foyda va
firma hisob varag‘iga kelib tushayotgan pullar bu bitta narsa emas. Shuning uchun
bu oxirgi raqam (13,4 mln so‘m) firmaning pul balansiga qo‘shilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: