O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI "MOLIYA" KAFEDRASI "MOLIYA" TA’LIM YO'NALISHI BO'YICHA BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT
HISOBOTI
Tayyorladi 4-kurs, MM-65 h guruh talabasi: Aliyev Shoxrux Amaliyot rahbari: Inomjon Jumaniyazov
Kafedra tomonidan ro‘yxatga olingan tartib raqami №______ “___” ____________2022 y. ________ ( imzo)
Hisobot himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi) “___” _____________2022 y.
Rahbar imzosi: ___________
Hisobotni qayta taqrizga topshirish sanasi Sana “___” ____________2022 y. Rahbar imzosi:___________
Hisobot himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi) Sana “___” _____________2022 y. Rahbar imzosi: ___________
Amaliyot obyektida daromadlarning taqsimlanishi va dividend siyosati.
7
Amaliyot obyektida davlat va korporativ xaridlar.
8
Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat.
9
Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish.
10
Korxona moliyaviy strategiyasi va o'rta muddatli rivojlanish istiqbollari.
11
Amaliyot natijalari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni rasmiylashtirish.
Kirish O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga qo’shilishida bank tizimining o’rni beqiyosdir. Bank tizimining rivojlanishi yuqori malakali soha mutaxassislariga bog’liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi tijorat banklarida amaliyot o’tash yo’li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiya tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni beqiyos. Amaliyot tanlangan mutaxassislik bo’yicha ko’nikma va bilimlarni shakllantiradigan manbadir.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amliyoti haqida Nizom” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan dastur asosida men ham barcha talabalar qatorida nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida men, Aliyev Shoxrux Akmal o’g’li 2021-yilning 6-dekabridan 2022-yilning 19-martiga qadar Toshkent shahar “HAMKORBANK” ATB Toshkent fillialida bitiruvoldi malakaviy amaliyotni o‘tadim.
Amaliyot davomida berilgan mavzular bo‘yicha amaliyot ishimga oid me’yoriy hujjatlar va amaliy ma’lumotlarni o‘rgandim:
Tijorat bankining asosiy faoliyat yo’nalishlari, boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim.
Tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rgandim.
Tijorat bankida molivayiy rejalashtirish tahlilini o’rganib chiqdim.
Tijorat bankining moliyaviy hisobotlari bilan tanishdim.
Tijorat banklarini soliqqa tortish tartibi bilan tanishdim.
Tijorat bankida daromadlarning taqsimlanishi va dividend siyosati bilan tanishdim.
Tijorat bankida davlat va korporativ xaridlarni o’rgandim.
Tijorat bankida moliyaviy nazorat.
Tijorat bankining asosiy moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qildim.
Tijorat bankining moliyaviy strategiyasi va o’rta mudddatli rivojlanish istiqbollarini o‘rganib chiqdim.
Amaliyot natijalari bo’yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni rasmiylashtirish.
Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o‘rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
Ishlab chiqarish davomida yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda bankning korporativ mijozlar bilan, jismoniy shaxslar bilan ishlash, kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi shuningdek plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi xizmatlari va ishlari bilan tanishdim. Ishlab chiqarish amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.