Joriy yildagi ustuvor vazifalar: 1. Chakana biznesni rivojlantirish va takomillashtirish Chakana xizmatlarini hajmini va foydaliligini oshirish. Raqobatbardosh va josibador chakana xizmatlarini ishlab chiqish va raqamli bankni rivojlantirish.
2. Xazina yo'nalishini rivojlantirish va takomillashtirilish. Bank resurslarini tizimli boshqarish jarayonini joriy qilish. Moliyaviy instrumentlarni keng qo'llagan holda xazina operatsiyalarini hajmini oshirish.
3. Banking mahsulot va xizmatlarini sotish tizimini samaradorligini oshirish. Savdoni moliyalashtirish rivojlantirish va aktiv qo'llash.
4. Savdo nuqtalari samaradorligini ta'minlash. Yangi filiallarni imkorniyatlaridan foydalanish va bank xizmatlarini ko'rsatish markazlarini rivojlantirish.
5. Bank xarajatlarini optimalallashtirish va samarali boshqarish. Bank harajatlarini va bosharuv hisobini monitoring tizimini takomillashtirish.
6. Bank biznes-jarayonlarini optimallashtirish. Avtomatizatsiya tizminini oshirish, raqamli bankingni rivojlantirish va kengaytirish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, Jarayonlarni markazlashtirish.
7. Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish, xodimlar samaradorligini oshirish. Biznesga muvaffaqiyat ruhiyati bilan xodimlarni malakasini va professional darajani rivojlantirish.
8. Ichki nazorat tizimi, tavakkalchiliklarni boshqarish va komplaens-nazoratni takomillashtirish. Undiruv va muammoli kreditlar bilan ishlash bo'yicha samarali tizimni shakllantirish.
Tijorat banklari faoliyati uning boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bankning boshqaruv organi quyidagilar hisoblanadi: 1. aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi;
2. bank Kengashi (kuzatuv kengashi);
3. bank Boshqaruvi.
Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi bankning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining mutloq vakolatiga kiruvchi masalalar bank Kengashi yoki Boshqaruviga topshirilmaydi. Bank Kengashining miqdoriy tarkibi ustav yoki aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra belgilanadi. Aktsiyadorlar soni 500 gacha bo’lgan ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi miqdoriy tarkibi kamida besh a’zodan, 501 dan 1000 gacha bo’lgan banklarda kamida etti a’zodan va 1000 dan ortiq bo’lgan banklarda kamida 9 a’zodan iborat bo’lishi lozim.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi banklarning bank Kengashi a’zolari umumiy soni aksiyadorlar sonidan qat’iн nazar beshtadan kam bo’lmasligi kerak.