O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«Moliya» kafedrasi
«Moliya» fanidan
KURS ISHI
MAVZU: MONOPOLIYA, UNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI
TOSHKENT -2021
REJA:
Kirish.
1. Monopoliyaning ta'rifi, tarixi haqida umumiy tushuncha.
2. Monopoliyaning turlari.
3.Monopoliyaning xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari ro’yxati.
Kirish
O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida mulk egalari qo’liga topshirilgan taqdirda, ko’p tarmog’li iqtisodiyot va raqobatchilik muhiti vujudga keladi. Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bunday shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda mavjud bo’lishi mumkin.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini ham bildiradi.
Iqtisodiy sub'ektlarning qulay mavqega ega bo’lish, daromad olishga intilishlari natijasida raqobat kelib chiqadi. Raqobat tarixiy taraqqiyot mahsuli bo’lganligi uchun uning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari mavjuddir. Raqobatda inson manfaatini aks ettiruvchi barcha xususiyatlar, ya'ni ijtimoiy, siyosiy, huhuqiy, ma'naviy kabi qator boshqa jihatlar asos sifatida yuzaga chiqadi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr mobaynida o’z-o’zidan, evolyusion yo’l bilan vujudga kelgan.Bunday holat asta-sekin erkin raqobat muhitining tashkil bo’lishiga olib keldi.
Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi
Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi:
1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi;
2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak;
3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.
Yuqorida keltirilgan qisqacha ma'lumotlarga asoslanib, hozirgi vaqtda "Xalqaro monopoliyalar" mavzusi dolzarb ekani va shuning uchun u ushbu hujjatda taqdim etilishi aniq.
Kurs ishini o'rganish ob'ekti monopoliyaning turlari.
Tadqiqot mavzusi - xalqaro monopoliyalarni tahlil qilish.
Ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
xalqaro monopoliyalarni o'rganish;
turlari va shakllarini ko'rib chiqish;
Tadqiqot davomida Internet manbalari, yangiliklar haqidagi xabarlar tahlili qo'llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |