Moliya” kafedrasi Majmuali amaliyot Hisoboti Mavzu : “Qishloq Qurilish Bank ” atb qoraqalpog‘iston Respublikasi minaqaviy nukus filiali Bajardi


I.BOB."Qishloq qurilish bank"ATBNINGTASHKILETILISHIVAFUNKSIYALARI



Download 48,12 Kb.
bet2/12
Sana26.03.2022
Hajmi48,12 Kb.
#511232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Отчёт

I.BOB."Qishloq qurilish bank"ATBNINGTASHKILETILISHIVAFUNKSIYALARI.


1.1 Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi
O'zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning bo'sh turgan pul-mablag'larini jalb qilish va ularni o'z nomidan, to'lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Ba'zi adabiyotlarda bank - bu korxona deb ham izox beriladi. Ma'lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat bankalarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o'xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o'z faoliyatini o'z asoschilari-aksionerlarning manfaatlarini, ikkinchidan, o'z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashdan iborat. Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'gini bo'lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu bankarda yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmatlarini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog'onasi hisoblanadi. Bank tizimi orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiyotni boshqarishning moliyaviy sohasida markaziy bo’g’in sifatida bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida hukumron mavqega ega bo’lgan, tovar, pul muomalasini boshqarish va u orqali tushum xo’jalik faoliyatini boshqarish muammosini olg’a suradi. Shu sababli banklar, moliya - kredit jarayonlarini boshqarish markazlari sifatida faqat bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z ahamiyatlarini to’la namayon etadilar, moliyaviy tizimni markaziy bo’g’iniga, pul muomilasini tashkil qilish, uning barqarorligini ta’minlashning bosh sifatchisiga aylanadilar. Shuni unutmaslik kerakki, banklar orqali pul saqlaydigan joy, uni tarqatadigan yoki kredit beradigan kassa emas. Banklar iqtisodiyotni boshqarish va tuzilmaviy siyosatni amalga oshirishning qudratli qurolidir. Ma’lumki, bunday siyosatni moliya, kapital zaxiralarini qayta taqsimlash yo’li bilan ustuvor yo’nalishlarda bo’lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar yaratiladi. Banklar endi mablag’larni moliyaviy resurslarni kreditlar tarzida, ya’ni yaxshi foyda va samara beradigan markazlarga, sohalarga, mintaqalarga yo’naltiriladi.
O‘zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir eta oluvchi qudratli tizimga aylangunga qadar uzoq evolyutsion rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda «Qishloq qurilish bank» ATB ham bir qator qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. 1994 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311-sonli qaroriga asosan 8,0 mln. so'm ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G‘allabank” tashkil etildi va shu yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank xizmatlari ko'rsatish uchun 45-sonli Bosh litsenziya berildi.
Noyabr oyida bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20-sonli Bosh litsenziya berildi. Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga yetkazilib, mutaxassislar soni 160 nafardan iborat bo'ldi.
1995 yil Bank ustav kapitali 50 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 7425 mln. so‘mdan ortdi. Bank O'zbekiston banklari uyushmasi ta'sischisi sifatida uyushma a'zoligiga kirdi. Bankning Qaraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida mintaqaviy filiallari, shuningdek, 6 ta tuman filiallari faoliyati yo'lga qo'yildi. Bank jamg'arma shoxobchalari soni 21 taga etib, umumiy ishlovchi mutaxassislar soni 561 nafardan iborat bo'ldi.
1996 yil Bank ustav kapitali 150 mln. so‘mni, aktivlar hajmi esa 10541 mln. so‘mni tashkil etdi. Bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Respublika “Toshkent” fond birjasida 170-sonli brokerlik idorasi ochildi.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy va vakolatli dileriga aylandi.
Emissiya hajmi 370 mln. so‘mlik bank veksellari muomalaga chiqarildi hamda “O‘zdonmahsulot” DAK tomonidan don mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetishtirilgan don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish hamda kelgusi yil hosili uchun bo‘naklash maqsadida jami 6174 mln. so‘mlik veksellarni muomalaga chiqarilishda hamkorlik qildi. Filiallar soni 24 ta va jamg‘arma shoxobchalari soni 3 taga yetkazilib, xodimlar soni 718 nafarni tashkil etdi.
1997 yil Bank ustav kapitali 300mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 34043mln. so‘mni tashkil etdi. Filiallar soni 25 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 18 ta va xodimlar soni 834 nafarni tashkil etdi.
1998 yil Bank ustav kapitali 450mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 27206mln. so‘mni tashkil etdi. Filiallar soni 27 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 25 ta va xodimlar soni 821 nafarni tashkil etdi.
1999 yil Bank ustav kapitali 1200mln. so‘mga yetkazildi. Respublikamizda yetishtirilayotgan g‘alla va boshoqli don mahsulotlarining hisob-kitob mexanizmida akkreditiv shakli qo‘llanila boshlandi va bankka O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Moliyaviy agenti” maqomi berildi. Filiallar soni 29 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 37 ta va xodimlar soni 960 nafarni tashkil etdi.
2000 yil Bank ustav kapitali 1700mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 52962 mln. so‘mni tashlik etdi. Bank aksiyalari Respublika “Toshkent” fond birjasida joriy etilgan listing shoxobchasining “A” guruhiga kiritildi. Dekabr oyida bankning Surxondaryo mintaqaviy filialiga qarashli birinchi "Muzrobod" minibanki ochildi.
2001 yil Bank ustav kapitali 2500 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 75330 mln. so‘mni tashkil etdi. Bank tomonidan aholi bo‘sh pul mablag‘larini qisqa muddatli omonatlarga jalb qilish maqsadida, dastlabki emissiya miqdori 50 mln. so‘mlik, "Jismoniy shaxs uchun naqd ko‘rinishda, taqdim etuvchiga yozib beriladigan" omonat sertifikatlari muomalaga chiqarildi. Filiallar soni 30 ta, mini banklar soni 15 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 47 ta va valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni 30 taga yetkazilib, xodimlar soni 1178 nafarni tashkil etdi.
2002 yil Bank ustav kapitali 3181 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 76175 mln. so‘mni tashkil etdi; Bankning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini hamda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida, mijozlarga aksiyadorlar ro‘yhatini yuritish va depozitariy faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “Prognoz-Plyus” sho‘ba korxonasi tashkil etildi. Bugungi kunda mazkur depozitariyda 150mlrd.so‘mlik qimmatli qog‘ozlar hisobi yuritilmoqda.
Yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish maqsadida dastlabki emissiya hajmi 2 mlrd. so‘mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi.
Dekabr oyida RATB "G'allabank" bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida "Qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash" loyihasi doirasidagi kredit liniyasi hisobidan kreditlar ajratish uchun shartnoma kelishuv imzolanib, 1-bosqich mablag'lari jalb qilindi.
2003 yil Bank ustav kapitali 4000 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 104534 mln. so‘mni tashkil etdi.
Yevropa marketing tadqiqotlar markazi (EMRC) tomonidan bank qishloq xo‘jaligi sohasini moliyalashtirishda erishgan yutuqlari uchun “Agrobiziness-2003” tanlovining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bank va "Money Gram Payment System Inc" kompaniyasi o'rtasida xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha Kelishuv imzolandi va xalqaro pul o'tkazish shaxobchalari tashkil etildi.
May oyida bankning Toshkent viloyati mintaqaviy filialiga qarashli birinchi "Money Gramm" halqaro pul o'tkazmalari shaxobchasi ochildi.
2004 yil Bankning 2003 yildagi barqaror va samarali iqtisodiy o‘sishi O‘zbekiston banklari o‘rtasida o‘tkazilgan yakuniy banklararo reytingda yetakchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Natijada bank daromadlilik darajasi ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika banklari o‘rtasida 1-o‘rinni va absalyut reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. Fevral oyida bankning birinchi plastik kartochkalari muomalaga chiqarilib, mijozlarga terminallar o'rnatildi. May oyida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 2-bosqich mablag'lari ajratildi.
2005 yil Bankning mijozlar soni 61043 tani tashkil etdi, shundan 21634 tasi korporativ mijozlarni (yuridik shaxslar) tashkil etadi. Birjadan tashqari elektron savdo tizimiga ega bo'lgan "Elsis savdo" yopiq aksiyadorlik jamiyatiga sarmoya kiritib, jamiyatning moliyaviy sog'lomlashtirishga yo'naltirildi. Iyun oyida Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki tomonidan 2-bosqich mablag'lari ajratildi.
2006 yil Bankning yangi Internet sayti ishga tushirildi. S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi. Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bankning Toshkent shahar mintaqaviy filialini tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnoma olindi.
2007 yil Bank O'zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi doimiy a'zoligiga kirdi. Toshkent shahar mintaqaviy filiali va Bosh amaliyotlar boshqarmasi o'z ishini boshladi. Elektron xujjatlar aylanmasi joriy etildi.
Bank aksiyalari naqd shakldan naqdsiz shaklga o’tkazildi. Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish xizmati joriy qilindi.
2008 yil "Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan G'allabankga "B3/NP/E+" xalqaro reyting bahosi berildi. Bank tomonidan mijozlar uchun "SMS-banking" xizmati joriy qilindi. Rossiyaning "Russlavbank" banki va G'allabank o'rtasida "Contact" xalqaro pul o'tkazmalari joriy qilish bo'yicha kelishuv imzolandi. Bank milliy reyting shkalasi bo’yicha "Ahbor-reyting" reyting agentligi tomonidan «uzA+» reyting bahosini olgan.
2009 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi ""Qishloq qurilish bank" Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida"gi PQ-1083-sonli qaroriga muvofiq OAT "G’allabank" negizida OATB "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi.
Bank «VISA International» halqaro to’lov tizimiga a’zo bo’ldi.
Joriy yilning 23 noyabrida bank Germaniyaning "Commerzbank"i bilan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish bo’yicha kelishuv bitimini imzoladi.
"Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun xalqaro reyting shkalasi bo’yicha joriy yilda berilgan va avvalgi yilga nisbatan ko’tarilgan «B2/NP/E+» reyting bahosini «B1/NP/E+» darajasiga ko’tarilgani ta’kidlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega.2009 yil 3 avgustda bank tomonidan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga ko’mak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida o’z filialiga ega bo’lgan "Qishloq qurilish invest" ixtisoslashtirilgan sho'ba injiniring kompaniyasini tashkil etildi
2010-yil Navro’z bayrami arafasida namunaviy loyihalar asosida qurilgan dastlabki uy-joylarning kaliti o’z egalariga topshirildi. Buxoro viloyatining Vobkent tumani Panob qishlog’ida yigirmata namunaviy uy-joyning qurilishi tugatildi va uy egalari respublikada birinchilar qatorida hovli to’yini nishonladilar. 23 mart kuni Qishloq qurilish bank va Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom Korporatsiyasi o’rtasida Dastlabki Kelishuv imzolandi. May oyida bank va "Western Union" kompaniyasi o'rtasida xalqaro pul o'tkazmalari bo'yicha Kelishuv imzolandi va bankning beshta filialida " Western Union" halqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari ochildi.
Bankning "Qishloq qurilish invest" sho'ba korxonasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda hududiy "Qishloq qurilish servis" korxonalari tashkil qilinib, ular tomonidan bugungi kunda qurilishi rejalashtirilgan 12 ta pishiq g’isht ishlab chiqarish, metallocherepitsa hamda yog’ochni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish bo’yicha amaliy ishlar bajarib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi № 4053 sonli "Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora - tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga va Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo’yicha Respublika komissiyasining qaroriga muvofiq OATB "Qishloq qurilish bank" - "Buyuk ipak yo’li" Aksiyadorlik jamiyatini "nol'" qiymati bilan keyingi ikki yil davomida qayta tiklash va texnik qayta jihozlash uchun 2.175,80 mln. so’m miqdorida sarmoya kiritish majburiyati bilan o’z balansiga qabul qildi.
Bankrot korxona hisoblangan "Buyuk ipak yo’li" Aksiyadorlik jamiyati bazasida "Qishloq qurilish bank" tomonidan "Silk manufacture" MCHJ tashkil etildi
"Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun berilgan «B1/NP/E+» reyting bahosi yana qayta tasdiqlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega.
2011 yil OATB "Qishloq qurilish bank" va Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi o'rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun kredit mablag'lar ajratilishi bo'yicha kelishuv imzolandi. Mart oyida bankning Andijon mintaqaviy filiali qoshida "Xo'jaobod" tuman filiali ochildi.
"Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan "Qishloq qurilish bank" faoliyati uchun berilgan B1/NP/E+ reyting bahosi qayta tasdiqlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar "Barqaror" prognoziga ega.
"Axbor-reyting" reyting agentligi "Qishloq qurilish bank" kredit reytingini milliy shkala bo'yicha «uzA+» darajasida qayta tasdiqladi.
Iyul oyida O'zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasi Dasturi doirasida moliyalashtirish bo'yicha kelishuv imzolandi.
Avgust oyida Osiyo taraqqiyot bankining Direktorlar Kengashi tomonidan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini 500,0 mln. AQSH dollari miqdorida mul'titransh moliyalashtirish Dasturi tasdiqlandi.
Sentyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati tomonidan "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko'ptranshli moliyalashtirish bo'yicha birinchi transh qarz summasini ajratish yuzasidan qaror qabul qilindi.
2012 yil Hisobot yilida bank faoliyati bo’yicha "Moody's Investors Service" xalqaro reyting agentligi tomonidan avval berilgan xalqaro reyting bahosi yana bir bor tasdiqlanib, bankning barcha reytinglar prognozi "Barqaror" bahoga ega bo’ldi. Shuningdek, «Ahbor-reyting» reyting agentligi tomonidan bank faoliyatiga milliy reyting shkalasi bo’yicha berilgan UzA+ kredit reytingi qayta tasdiqlandi.Plastik kartochkalar orqali ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “online” rejimida ishlovchi “Smart-Vista” kartochkalari muomalaga chiqarilgan bo’lib, mazkur toifadagi kartochkadan foydalanuvchilarga “SMS-Banking” xizmat turi joriy etildi.
Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishini rivojlantirishga doir qabul qilingan davlat Dasturiga muvofiq, 2012 yilda respublikamiz hududlarida 8510 ta uy-joylar qurilishi amalga oshirildi.
Aprelda o’tkazilgan "BANKEXPO-2012" - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari bo’yicha milliy ko’rgazmasida bank "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan alohida hissasi uchun" nomli nominatsiya g’olibi bo’ldi.
2013 yil Yanvar - Qishloq massivlarida namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturiga asosan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishini moliyalashtirishga 2013 yildan boshlab, "Qishloq qurilish bank" OATB bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda "Ipoteka bank" Aksiyadorlik tijorat Ipoteka banki jalb etildi.
Ushbu Dasturga muvofiq 2012 yilda respublikamiz hududlarida 10 000 ta uy-joylar qurilishi amalga oshirilishi mo’ljallangan.
Aprelda "Zamonaviy uy-joy qurilishi - qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o’zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili" mavzuida xalqaro konferensiya o’tkazildi.
Shu oyda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Mirmiron qishlog‘ida bankning yangi Mirmiron minibanki ish boshladi.
May oyida Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Qirqdarxon mavzesida Qirqdarxon minibanki ish boshladi.
Iyun oyida "Moody's Investors Service" xalqaro reyting agentligi tomonidan avval berilgan xalqaro reyting bahosi yana bir bor tasdiqlanib, bankning barcha reytinglar prognozi "Barqaror" baholandi. Shuningdek, "Ahbor-reyting" reyting agentligi ham bank faoliyatiga milliy reyting shkalasi bo’yicha berilgan UzA+ kredit reytingini qayta tasdiqladi.
Iyul oyida Buxoro viloyati, Qorako’l tumanida Qorako’l minibanki hamda Shofirkon tumanida Shofirkon minibanki ish boshladi.
"BANKEXPO-2013" - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari bo’yicha o’tkazilgan milliy ko’rgazmada bank yana "Qishloq farovonligiga qo’shayotgan alohida hissasi uchun" nomli nominatsiya g’olibi bo’ldi.
"VI - Xalqaro investitsion moliya forumi"da moliya bozorining professional ishtirokchilari baholariga ko’ra "Qishloq qurilish bank" - "Yilning eng yaxshi innovatsion bank loyihasi" nominatsiyasiga munosib deb topildi va "Oltin portfel'" – jamoatchilik mukofoti bilan taqdirlandi.
Iyul oyida Internet tarmog‘ida www.my.gov.uz manzili bo’yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) test rejimida ishga tushirildi. Shu bilan bir qatorda, ushbu portalda OATB “Qishloq qurilish bank”ning shaxsiy kabineti ham o‘z faoliyatini boshladi.
Oktyabr oyida «Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish bo’yicha eng yaxshi korxona» Respublika ko’rik-tanlovi yakunlariga ko’ra Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’i bo’yicha “Qishloq qurilish bank” II – o’rinni egalladi va II darajali diplom bilan taqdirlandi.
Dekabrda "Moodys Investors Service" xalqaro reyting agentligi OATB "Qishloq qurilish bank"ning moliyaviy barqarorlik faolatini ijobiy baholab, milliy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingini В2 darajadan B1 darajaga ko’tardi. Shu bilan birga xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi B2, bankning moliyaviy barqarorlik reytingi E+ darajasida qayta tasdiqlandi. «Qishloq qurilish bank»ning barcha reytinglari "Barqaror" prognoziga ega.
2014 yil Yanvar oyida «Qishloq qurilish bank» «Zolotaya Korona – Xalqaro pul o’tkazmalari» xizmatiga ulandi. Shu bilan birga, 25 yanvarda O'zbekiston banklari uyushmasida Respublika tijorat banklari o'rtasida 2013 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o’tdi.



Download 48,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish