Moliya instituti I. Ochilov



Download 322,98 Kb.
bet25/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

L T = B q + K T + Q T

KT - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda; QT - qo’shimcha xizmatlar uchun to’lov, so’mda;

Bq - lizing shartnomasi predmeti hisoblangan mulkning balans qiymati, so’mda.



  • lizing bitimi asosida lizing oluvchining lizing to’lovlari xarajatlari quyidagicha hisoblanadi:



LT = A + KT + KoT + QT + QQS + BB

Bunda,
A - lizing beruvchida joriy yilda hisobga olinadigan amortizatsiya ajratmalari miqdor o’lchovi, so’mda;


KoT - lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofot puli, so’mda;
QQS - lizing beruvchi xizmatlari bo’yicha lizing oluvchi tomonidan to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i, so’mda;
BB - bojxona boji, so’mda;
KT - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to’lov, so’mda; QT - qo’shimcha xizmatlari uchun to’lov, so’mda.

Ma’lumki, lizing beruvchining mulkdan foydalanish xarajatlari lizing to’lovlari asosida to’liq kompensatsiyalanmaydi, ya’ni qoplanmaydi. Kompensatsiya summasi shartnoma muddati va mulk amortizatsiyasi muddatiga bog’liq holda shartnomada oldindan belgilangan bo’ladi.

Agar, amortizatsiya muddati shartnoma muddatidan oshib ketsa, bunda mulkning amortizatsiya muddati tugashiga qadar lizing beruvchida qoldiq qiymatida o’z mulki bo’lib qolaveradi. Komission mukofot to’lovi lizing beruvchi xarajatlarini qoplash manbai bo’lib xizmat qiladi. Lekin, bu aniq bitim bilan bog’liq emas va foyda manbaini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Demak, lizing beruvchining manfaatli qiziqishini, xususan, lizing bitimi tashkil etadi. Bunda iqtisodiy foydali manfaatdorlik yotadi.
Endi lizing oluvchiga kelsak, bunda u lizing asosida o’z xarajatlarini mulkdan foydalanish chog’ida olinishi mumkin bo’lgan daromadi bilan bir o’lchamga keltirishi kerak. Shu bois, bitimni tuzish, tayyorlashda investitsion loyiha (biznes-reja) holida aniq va ravshan, detallashgan holda sinchiklab o’rganilib, ishlab chiqilgandan so’ng tomonlarning roziligi olinadi. Lizingning iqtisodiy mohiyati qanchalik spetsifik mulkiy munosabatlarga yaqinligi bilan aniqlanishi, shuni ta’kidlash joizki, lizing mulkiga egalik qilish huquqining lizing beruvchidan lizing oluvchiga o’tishi mumkin.
Moliyaviy lizing shartnomasida lizing oluvchi huquqida lizing mulkini sotib olish ko’zda tutilishi mumkin.
Lizing oluvchi lizing mulkini lizing beruvchiga sotib olish qiymatini shartnoma muddati davomida yoki muddatidan avval to’lash asosida o’ziniki qilib olishi mumkin. Sotib olish bahosi, agar shartnomada sotib olish oldindan ko’rsatilgan bo’lsa yoki shartnomadagi tomonlarning maxsus kelishuvi asosida o’rnatilgan tartibda aniqlanadi. Sotib olish bahosi

sifatida mulkning qoldiq qiymati yoki bozor narxida shunday yoxud shunga o’xshash mulk bahosi xizmat qiladi. Har qanday holatda ham, lizing mulkidan foydalanish lizing oluvchi uchun foyda keltiradi.


Sotuvchilar uchun lizing ob’ekti quyidagi vosita bo’lib xizmat qiladi:


  • Lizing yordamida savdo hajmini oshirish va xarid kanallarini kengaytirish imkoniyati;

  • Ehtiyojmand xaridor uchun o’tkir raqobat kurashida g’alabani ta’minlovchi vosita;

  • Tayyor mahsulot zahirasini kamaytirish va aylanma mablag’larini aylanishini tezlashtirish yo’li;

  • Texnika, sanoat texnologiyasi, uskuna va qurollarga bo’lgan to’lovga qobiliyatli talabni qo’llab-quvvatlash.

Lizing mahsulot (texnika, sanoat qurollari, asbob-uskunalar)ni etkazib beruvchilarga savdo hajmini kengaytirishga keng imkoniyat yaratadi. Buning natijasida, keyinchalik, doimiy ravishda ehtiyot qismlarni ham etkazib berish va xom-ashyo materiallari, remont va kadrlar tayyorlashni ham amalga oshirish mumkin bo’ladi. Lizing biznesida qatnashuvchi tomonlar, ya’ni investorlar sifatida ishlab chiqarishga lizing orqali mablag’larni jalb qiluvchilar ham sotuvchilardan kam manfaat olmaydilar. Shunday qatnashchilardan institutsional va xususiy investorlar, ya’ni bevosita lizing beruvchilarni keltirish mumkin.


Ko’p analitik hujjatlarda va materiallarda shu borada lizingning quyidagi tomonlari e’tiborga loyiq:


  • Soliq, bojxona, amortizatsiya imtiyozlaridan keladigan iqtisodiy daromad. Soliq imtiyozlari ayrim holatlarda daromad solig’idan ozod qilishni, amortizatsiya ajratmalarining yuqoriligi bois soliqqa tortiladigan daromad summasini kamaytirish imkoniyatlarini ko’zda tutadi. Bojxona imtiyozlari bojxona boj to’lovlarini qisqartirilishi bilan izohlanadi. Bunda berilgan imtiyozlar lizing beruvchi lizing oluvchidan lizing to’lovlari miqdorini kamaytirish yo’li bilan bo’linish nazarda tutiladi;

  • Lizing beruvchilar, investorlar tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi, ular qiziqishining himoyasi. Bunda asosiy vositalarning aniq moddiy elementlari sifatida ishlab chiqiladi. Natijada, bitim bevosita lizing ob’ektini kafolatlaydi. Bu erda shuni ta’kidlash joizki, mulk lizingga berilganda lizing bitimi shartlari buzilsa yoki lizing oluvchi bankrot bo’lsa hamda amalga oshirish qiyin jarayon, ya’ni keng hajmli ishlab chiqarish texnologik uskunasi mavjud bo’lsa ham, mulk egasi bo’lib qolish huquqi qolishi lozim. Investor tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi lizingga olingan mulkni maqsadli ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga bog’liq;

  • Davlat ahamiyatiga molik tarmoq yoki ishlab chiqarishga mahalliy byudjet mablag’larini jalb qilish.

Lizing bitimining oxirgi guruh qatnashchilaridan lizing mulki asosida uni amalga oshiruvchi bo’lib, lizing oluvchilar hisoblanadi. Ular uchun foyda olinayotganligi his qilinishi lozim, yo’qsa butun lizing jarayoni o’ziga tortuvchanlik xususiyatini yo’qotadi.
Shuningdek, lizing oluvchilar uchun:


  • Lizing to’lovlarining tannarxida yotgan soliqqa tortiladigan foydaning kamayishi;

  • Lizing beruvchi balansida qoladigan lizing mulkining qisman mulk solig’idan ozod qilinishi;

  • Ob’ektga tezlashtirilgan amortizatsiya qo’llanganda, lizing oluvchida ishlab chiqarishni tezkor yangilash va qayta qurollantirish imkoniyati paydo bo’ladi;

  • Lizing asosida boshlang’ich moliyaviy og’irliklarning kamayishi - bu lizing to’lovlarining tezlikda va katta hajmdagi to’lovlarni talab qilmaydi. Bu esa mablag’larni ishlab chiqarishga uzoq muddatga jalb qilinishini ta’minlaydi. Vaziyat ishlab chiqarish fondlarini yangilash, ilg’or texnologiyalarni, asbob- uskunalarni foydalanishga olish bilan izohlanadi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash joizki, lizing to’lovlari, eng avvalambor, lizing ob’ektini foydalanishdan olingan daromaddan to’lanadi. Shu jumladan, lizing to’lovi tarkibi shartlariga, lizing mulki asosida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar ko’rinishi ham kiritilishi mumkin;

  • Ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, qayta tashkil qilish, yangilashda o’z kapital mablag’larini jalb qilinmasligi va nobud (sarf) bo’lmasligi;

  • Butun investitsion muddatda lizing oluvchi (firma)ning to’lovga qobiliyatliligining saqlanib qolishi. Lizing oluvchida ishlab chiqarishning lizing mablag’laridan qoplanganidan qolgan o’z ixtiyoridagi qismining aylanma mablag’larning o’sishiga jalb qilinishi;

  • Mavsumiy va davriy bo’lmagan ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish muammolarining tezkor hal qilinishi;

  • Lizing to’lovlarining miqdori oldindan ma’lum bo’lganligi uchun moliyaviy hisob-kitoblarning oddiy asoslanganligi hamda xarajat bazasini aniq rejalashtirish va hisob-kitoblarni tahlil qilishning mumkinligi;

  • Lizing to’lovlarini xohlagan ko’rinishda - o’lchamiga, davriyligiga, muddatining uzaytirilishi, to’lov usulini tanlab olishiga qarab hisob-kitoblarning egiluvchanligi;

  • Lizing oluvchi tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi. Ya’ni, lizing oluvchi mahsulotining bozorda etarli darajada xarid qilinmagan holda, lizing mulkini qaytarib berish imkoniyatiga ega bo’lishi. Bu, o’z navbatida, yangi mahsulot (uskuna)ni o’zlashtirishdagi riskning kamayishiga olib keladi;

  • Tanlash imkoniyatining borligi: lizing ob’ektini sotib olish, shartnoma muddatini uzaytirish yoki yangi asbob-uskuna jalb qilish;

  • Lizing lizing oluvchida kredit liniyasini saqlab qolishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, oddiy moliyalashtiruvchi institutlarga bog’liqlikning kamayishi va ularga talabning qisqarishi;

  • Lizing beruvchi lizing mulkini egasi bo’lganligi uchun lizing oluvchi balansida mulkning aks etmasligi. Bu esa, o’z navbatida, lizing oluvchini mulk solig’idan ozod qiladi;

  • Bitimni manfaatliligini ta’minlovchi vosita bo’lib, korxonada mulkni lizingga olish tushuniladi. Chunki, uni ssuda asosida foydalanishga olayotganda, lizing mulki kreditni kafolatlovchi garov sifatida amal qiladi. Xorijiy davlatlarda ba’zi lizing kompaniyalari lizing oluvchilardan hech qanday qo’shimcha kafolat talab qilmaydilar;

  • Kichik va o’rta biznes asosidagi korxonalar, firmalar uchun lizing qisman yagona moliyalashtirish imkoniyati bo’lib hisoblanadi;

  • Lizing beruvchida riskning o’tishi orqali lizing oluvchida mulk o’z mulki sifatida emas, balki vaqtincha foydalanish uchun olinsa, mulkning jismoniy va ma’naviy eskirish tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi. Bundan tashqari, ma’naviy eskirgan detallar va tarmoqni almashtirish masalasining qo’yilishi;

  • Mulkning olinishi va sotilishi, tanlab olinishi, yig’ilishi kabi mehnat talab qiladigan muomalalarda ma’muriy kechikishlar singari transaktsiyalarda lizing oluvchi mablag’ining iqtisod qilinishi.

Lizing jarayonini ob’ektiv baholash uchun uning kamchiliklarini ham keltirish lozim bo’ladi. Lizing mohiyatiga ko’ra, lizing beruvchida mulkning ma’naviy eskirishi hamda lizing to’lovini ololmaslik tavakkalchiligi (riski) yotadi. Boshqa tomondan, ba’zan lizing oluvchida lizing qiymati xarid va bank krediti qiymatidan ko’pga tushadi. Ammo, lizingning ijobiy tomonlari miqdori salbiylariga qaraganda, bir muncha yuqoridir. Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekistonda lizing xizmatlari bozori endi shakllana boshlamoqda. Hozirgi kunga kelib soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar ko’pgina davlatlar qonunchiligiga ko’ra, qonun bilan mustahkamlangan va yuqorida ta’kidlangan lizing xususiyatlari, amaliy jihatdan lizing munosabatlari jarayonida salbiy tomonlarning o’rnini qoplaydi.




    1. Download 322,98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish