Tayanch so’z va iboralar
Asosiy vosita
|
Kapital ta’mir
|
Amortizatsiya
|
Joriy ta’mir
|
Kumulyativ usul
|
|
Takrorlash uchun savollar
Asosiy vositalar deb nimaga aytiladi ?
Asosiy vositalar qanday baholarda baholanadi ?
Amortizatsiya deb nimaga aytiladi ?
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning qanday usullari mavjud ?
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 8, 11, 12.
- BOB. LIZING MUOMALALARI HISOBI
Lizing muomalalarining mohiyati
Lizing munosabatlari ishlab chiqarishning muhim omillaridan iborat. Bir tomondan, mehnat va kapital birgalikda lizing sub’ektlarining qatnashishida byudjetni shakllantiradi. Bundan, o’z navbatida, jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari echiladi, ikkinchi tomondan, takror ishlab chiqarishni rivojlantirish va bozorni zaruriy mahsulot bilan ta’minlashga imkon bo’ladi.
Lizing oluvchi (korxona) ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega bo’ladi, ya’ni o’z ixtiyori bilan va mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi hamda uni nafaqat o’zining ishlab chiqarishini takomillashtirish qiziqtiradi, balki ishlab chiqarish faoliyat doirasidan kelayotgan daromad ham uning bosh maqsadini tashkil etadi. Bunda ilmiy-texnika taraqqiyotining tezlashishi ham ta’minlanadi.
Shu jumladan, lizing beruvchi va lizing oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni lizing to’lovlari tashkil etadi. Bunda egalik munosabatlari, foydalanish, realizatsiya va ishlab chiqarish vositalariga (asbob-uskunalar, mulkka) egalik qilishni o’zlashtirilishi ham o’z aksini topadi. Lizingning iqtisodiy mohiyati, lizing bitimi davrida paydo bo’ladigan mulkiy munosabatlar bilan tavsiflanishi asosida tushuntiriladi. Shartnoma predmeti bo’lgan lizing mulki lizing beruvchining o’z mulki hisoblanadi, lizing oluvchi shartnoma amal qilish muddati mobaynida unga egalik qilish va undan ma’lum to’lov asosida lizing beruvchidan foydalanishga oladi. Lizing beruvchi mulkka to’liq egalik qilishi uchun sotuvchi (etkazib beruvchi)dan oldi-sotdi shartnomasi asosida mulkning to’la qiymatini to’lab beradi.
Lizing oluvchi mulkdan foydalanish va unga egalik qilish huquqini lizing shartnomasi asosida oladi. Bunda lizing beruvchiga shartnomada nazarda tutilgan lizing to’lovlari summasini to’liq to’lab beradi. Lizing to’lovlari o’z tarkibiga shartnomada ta’kidlangan mulkning to’la yoki qisman qiymatini hamda, ko’rsatilgan lizing xizmati va qo’shimcha servis xizmatlari to’lovini oladi.
Natijada, lizing beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan lizing bitimi quyidagicha tusda bo’ladi:
lizing beruvchining kelishuv asosidagi umumiy xarajatlari quyidagi tenglik bilan izohlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |