Moliya instituti I. Ochilov



Download 322,98 Kb.
bet20/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Yillik amortizatsiya summasi = (dastlabki qiymati tugatish qiymati)

/ xizmat qilish muddati.

Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud;




  • Asosiy vositaning balans qiymati - 50000 ming so’m;

  • Tugatilish qiymati - 2000 ming so’m;

  • Xizmat muddati – 5 yil.



Y i l l i k a m o r t i z a t s i y a s u m m a s i = ( 5 0 0 0 0 - 2 0 0 0 ) / 5 = 9 6 0 0 m i n g s o m .

Amortizatsiyani to’g’ri chiziqli usulda hisoblash jadvali


Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi


Jamg’arilgan amortizatsiya


Qoldiq qiymati


1 - yil

50000

9600

9600

40400

2 - yil

50000

9600

19200

30800

3 - yil

50000

9600

28800

21200

4 - yil

50000

9600

38400

11600

5 - yil

50000

9600

48000

2000

Amortizatsiyani to’g’ri chiziqli usulda hisoblashda uning summasi foydalanish muddati davomida bir xil bo’ladi, jamg’arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga etguncha bir tekisda kamayib boradi.
Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
Korxonada shu davr mobaynida 480000 so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 80000, 2-yilda - 120000, 3-yilda - 100000, 4-yilda – 80000, 5-yilda - 100000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot birligiga ketgan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng:


(50000 - 2000) / 480000 = 0,1 har bir so’mlik mahsulot uchun.

Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash jadvali


Yillar

Balans qiymati

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi


Yillik amortizatsiya summasi


Jamg’arilgan amortizatsiya


Qoldiq qiymati


1 - yil

50000

80000

8000

8000

42000

2 - yil

50000

120000

12000

20000

30000

3 - yil

50000

100000

10000

30000

20000

4 - yil

50000

80000

8000

38000

12000

5 - yil

50000

100000

10000

48000

2000

Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash usuli ob’ektlardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan cheklangan hamda mazkur aktivlarning xo’jalik faoliyati hajmi yilma-yil o’zgargan hollarda qo’llaniladi.


Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi.

Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.


Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali



Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi


Jamg’arilgan amortizatsiya


Qoldiq qiymati


1 - yil

50000

(40% x 50000) = 20000


20000

30000

2 - yil

50000

(40% x 30000) = 12000


32000

18000

3 - yil

50000

(40% x 18000) = 7200


39200

10800

4 - yil

50000

(40% x 10800) = 4320


43520

6480

5 - yil

50000

4480

48000

2000

Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig’indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo’lagi sifatida belgilanadi. Bo’lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to’liq yillar yig’indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo’lib aniqlanadi.
5 yil foydalanish muddatiga mo’ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig’indisi quyidagicha bo’ladi:

5 + 4 + 3 + 2 + 1 = 15 yil.

Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash jadvali

Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi


Jamg’arilgan amortizatsiya


Qoldiq qiymati


1 - yil

50000

(5 / 15 x 48000) = 16000


16000

34000

2 - yil

50000

(4 / 15 x 48000) = 12800


28800

21200

3 - yil

50000

(3 / 15 x 48000) = 9600


38400

11600

4 - yil

50000

(2 / 15 x 48000) = 6400


44800

5200

5 - yil

50000

(1 / 15 x 48000) = 3200


48000

2000

Jadvallardan ko’rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikki usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ob’ekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan ortiq bo’ladi.


Ushbu usullar ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalarni hisoblash uchun qo’llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraliroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko’p bo’lmaydi. Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o’tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning ayrim ob’ektlari bo’yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg’arish yo’li bilan yoki ob’ektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo’li buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0211 - «Erni obodonlashtirishning eskirishi»;
0212 - «Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olinib o’zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi»;
0220 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»; 0230 - «Mashina va jihozlarning eskirishi»;

0240 - «Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»;

0250 - «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»; 0260 - «Transport vositalarining eskirishi»;

0270 - «Ish hayvonlarining eskirishi»; 0280 - «Ko’p yillik ekinlarning eskirishi»;

0290 - «Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;
0299 - «Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi».
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarga hisoblangan va hisoblanayotgan eskirish summalari ko’rsatiladi. Hisobvaraqlarning debetida asosiy vositani hisobdan chiqarish paytida unga hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summalari xarajatlarga o’tkaziladi. Eskirish summasi ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkazilganida quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Agarda eskirish davr xarajatlariga o’tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi: D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlar»

K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.




    1. Download 322,98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish