10. Moliya tizimi va uning bo’g’inlari
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi
byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish
o’ta muhim printsiplardan biri hisoblanadi. Daromadlarni prognoz
qilishning asosi bo’lib mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish
dasturlarining natural ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ular bazasida
kelgusi davrda olinishi mumkin bo’lgan daromad-larning miqdorlari
prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o’z-o’zidan amalga oshirilmaydi,
balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida
Ko’p tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunda bitta
davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasi bir vaqtning o’zida bir
nechta fondlar hamda moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan
o’zaro aloqada bo’ladi. Ya’ni, pul mablag’lari turli xil va rang-barang
yo’nalishlarda harakat va oqimda bo’ladi.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari bir qator
vazifalarni bajaradi. Ularning ko’lami keng, ammo asosiylari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo’shimcha moliyaviy
resurslar bilan ta’minlash (ekologiya fondlari, ilmiy tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqalar);
turli maxsus jamg’armalar ko’magida aholiga ijtimoiy xizmatlar
ko’lamini kengaytirish.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari bevosita davlat
ixtiyorida bo’lsa-da, alohida shaklda faoliyat yuritadi va davlat
tomonidan moliyaviy resurslarini daf’atan olib qo’yishga ruxsat
berilmaydi. Ularning Davlat byudjeti va unga tenglashtirilganlardan
farqli tomoni shundaki, bu fondlarning moliyaviy resurslaridan
foydalanish qat’iy maqsadli xususiyatga ega. Maqsadga
erishgandan keyin daromad olish maqsadida boshqa tijorat
ob’ektlariga muddatli investitsiya qilish ham mumkin.
Moliyaviy tizim
Xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar moliyasi
Davlat moliyasi va
mahalliy moliya
Tijorat korxona-lari va
tashkilot-lari moliyasi
Moliyaviy vositachilar
moliyasi
Notijorat tashkilotlar
moliyasi
Davlat
byudjeti
Byudjetdan tashqari
davlat
Maqsadli fondlari
фондлари
Davlat
Krediti
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vositachilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi. Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi. Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi: - iqtisodiy resurslarni vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish; - riskni boshqarish; - savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish; - turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish; - iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lumoti bilan ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |