Moliya haqidagi ilmiy nazariyalar
«Moliya» fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatidaunga o’tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga
xos moliya to’g’risidagi tasav-vurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlari-ning amalga oshirilishi moliya fani eng muhim nazariy qoidalarining qayta qo’rib chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq topgani yo’q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni etarli darajada inobatga olmagan holda mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud.
Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqeliklarga barham berilishi
sovet moliya fanida ham yakkafikr hukmronligiga yakun yasadi.
1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini o’z ichiga olgan
57
Qarang: D’yachenko V.P. Voprosi teorii finansov. – M.: Finansi, 1957. s.68-69.
davrda moliya nazariyasiga bag’ishlangan iqtisodchi olimlarning
qator ishlari paydo bo’ldi. Ularning orasida A.Aleksandrovning
“Sotsializm moliyasi” (1965 yil), A.Birmanning “Sovet moliya
nazariyasining ocherklari” (1968, 1972 va 1975 yillardagi uch
nashri), E.Voznesenskiyning “Sotsialistik moliya nazariyasining
munozarali masalalari” (1969 yil), G.Tochilnikovning “Sotsialistik
moliya” (1974 yil) kabi asarlari alohida o’ringa ega. Shu davrning
o’zida “SSSR moliyasi” va “SSSR moliya va krediti” o’quv fanlari
bo’yicha bir necha darsliklar va o’quv qo’llanmalari nashrdan
chiqadiki, ularning orasidan M.Shermenyov tahriri ostida 1977 yilda
e’lon qilingan “SSSR moliyasi” darsligini alohida qayd etish lozim.
Moliya nazariyasi masalalari bo’yicha munozaralarning
mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida moliyaning
o’rnini aniqlashga borib taqaladi. O‘sha davrda moliya sohasida
ishlab chiqilgan turli kontseptsiyalarning mualliflari ikki guruhga
bo’linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, moliyaning o’rni - bu
faqat noekvivalent xarakterga ega bo’lgan pul mablag’larini
taqsimlash tizimidir. Ana shundan kelib chiqqan holda, moliya faqat
bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish,
almashuv va iste’mol munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu
guruhga kiruvchi olimlarning yorqin namoyondalari V.D’yachenko,
G.Tochilnikov va M.Shermenyov edilar.
E.Voznesenskiy, A.Aleksandrov, A.Birman va boshqalardan
iborat bo’lgan olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan
boshqacha qarashga ega bo’lgan. Bu guruhga kiruvchi olimlarning
fikricha, moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab
chiqarishning barcha to’rt bosqichi yoki uning bir necha bosqichi
belgilab beradi. Bunday yondoshuv moliyaning kengaytirilgan
kontseptsiyasi, deb e’tirof etildi.
Moliya nazariy kontseptsiyasi asosidagi ana shunday
farqlardan kelib chiqqan holda olimlarning moliyaviy
munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari, moliyaning funksiyalari,
moliyaning chegaralari, moliyaviy tizimning tarkibi va boshqa shunga
o’xshash bir necha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham
turlicha bo’lgan.
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning o’zida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida printsipial jihatdan yangi
ko’rinishga ega bo’lgan amaliy moliyaviy tadqiqotlar ham paydo
bo’ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha amaliyotda
moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |