6. Moliyaning rivojlanishida monetar siyosatning ahamiyati
Pul-kredit siyosati - bu davlatning pul-kredit organi tomonidan yoki juda qisqa muddatli qarz olish uchun to'lanadigan foiz stavkasini (banklarning qisqa muddatli ehtiyojlarini qondirish uchun bir-biridan qarz olishlari) yoki pul massasini nazorat qilish uchun qabul qilingan siyosatdir. inflyatsiya yoki foiz stavkasini pasaytirish, narx barqarorligini va milliy valyutaning qiymati va barqarorligiga umumiy ishonchni ta'minlash. Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir.
Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning
aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul
massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati)
hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi. Va, aksincha,
agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul
massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy
valyutaning qadrsizlanishi sodir bo’ladi.
Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamla-katning
qonunchiligiga ham bevosita bog’liq, ya’ni mamlakatda xorijiy
valyutaning muomalada bo’lishiga ruxsat berila-dimi yoki yo’qmi,
milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo’qmi? va h.k. Mamlakat
ichida o’z milliy puli bilan parallel ravishda xorijiy valyutaning
muomalada bo’lishi qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bunda, eng avvalo, oldi-sotti operatsiyalarining muayyan qismi
xorijiy vayutada amalga oshiriladi, buning oqibatida muomalada
milliy valyutaning hissasi haqidagi tasavvur butunlay buzilib ketadi.
Shunga bog’liq ravishda pul massasi, iqtisodiy ahvol haqidagi
raqamlar ham ob’yektiv borliqni buzib ko’rsatadi va h.k.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa
mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining
qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul
siyosatining yo’nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun zarur
bo’lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir
yo’nalishga ega. Bu yo’nalish byudjet daromadlarini ko’paytirishdir.
Ana shu yo’nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum
bir miqdoriy chegaradan o’tilganidan so’ng pul tizimi inflyatsiyaga
moyil (ta’sirchan) bo’lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real
qadrsizlanishi sodir bo’lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga
ko’ra davlat o’z pul tizimini tartibga solishga qodir bo’lmasa,
mamlakatning iqtisodiy xavfsiz-ligiga putur etadi. Chunki bunday
sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning
ekspansiyasiga qarshi tura olmaydi va milliy boylikdan mahrum
bo’lib qolish mumkin (o’zaro hisobga olishlar, aktsiyalarni sotib olish
va h.k.lar orqali)
7. Fiskal siyosat deganda nimani tushunasiz va uning instrumentlari
Fiskal siyosat
esa jami talabga va soliqlarni o’zgartirish orqali esa taklifga ham
ta’sir ko’rsatadi. Byudjetdan transfert to’lovlari va soliq tizimi, bu
olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni
ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli
maktablar o’rtasida doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi
fikrlar bo’lishiga qaramasdan, konvergentsiya jarayoni kuzatilmoqda.
Masalan, keynschilar nazariyasida qarashlar yangi mumtoz maktab
vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz nazariyalar esa
keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng
avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo’lgan moliya-kredit-pul
mexanizmiga tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo’jalik
hayotiga ta’sir ko’rsatish uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur
ekanligini bir ovozdan tan oladilar, so’zsiz e’tirof etadilar. Holbuki,
bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish vositalari va vaqtlari birbiriga mos tushmasligi mumkin.
Iqtisodchi olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan
nazariy qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining
asosini tashkil qildi. Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining
birinchi guruhini siyosiy iqtisod mumtoz olimlarining
kontseptsiyalari tashkil etadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki
bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy
kontseptsiyalar alohida o’ringa ega bo’lgan. Davlat xarajatlari,
soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy
iqtisod klassiklari (Buyuk Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo,
Fransiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |