32. Davlat krediti haqida ma’lumot bering?
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fond-lariga mablag’larni jalb qilish bo’yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat kreditida mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo’lganda, ancha torroq bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to’lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o’z daromadlari bazasini kengay-tirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o’z tarkibiga qo’shmog’i lozim. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliyaviy tizim-ning mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o’zida byudjet mablag’larining katta qismi to’g’ridan-to’g’ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |