“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet67/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

    • O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag’lar;

    • davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish chog’ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag’lar;

    • Jamg’armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg’arma mablag’larining bo’sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.

Jamg’armaning mablag’lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg’arma hisobvaraqlariga tushgan mablag’larni ular tushgan kuni amalda bo’lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo’yicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg’armaning valyuta hisobvarag’iga o’tkazadi. Soliq va to’lovlarning ayrim turlari bo’yicha mablag’larni Jamg’arma hisobvarag’iga o’tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jamg’arma mablag’lari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlari har yili belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg’arma balansida aks ettiriladi.
Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:

    • avvalo yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini qo’shma moliyalashtirish;

    • kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;

    • yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;

    • davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish;

    • ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo’li bilan moliyalashtirish;

    • yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;

    • birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat byudjeti va investitsiya dasturining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish);

    • tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo’shma moliyalashtirish;

    • Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplashga.

Mablag’larni berish muddati va shartlari Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg’arma tomonidan beriladigan kredit resurslari bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Jamg’armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida ajratiladi.
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg’arma va tijorat banki o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo’yicha alohida belgilanadi.
Ajratilgan mablag’larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to’lovlar bo’yicha
qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag’lar hajmining 10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi.
Jamg’arma mablag’lari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo’yicha avans to’lovlarini to’lash, qoidaga ko’ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans to’lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
19-MAVZU: MAHALLIY BYUDEJTLAR REJA:


  1. Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish