“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Byudjetlararo munosabatlarning shakllari



Download 6,94 Mb.
bet70/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Byudjetlararo munosabatlar to‘g‘risida tushuncha.
  • Byudjetlararo munosabatlarning shakllari.

  • Byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadliligini tartibga solishda byudjetlararo munosabatlarning ahamiyati.
  • Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari.

    1. Byudjetlararo munosabatlar to‘g‘risida tushuncha

    Barcha mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, tarmoqlarning turli darajada rivojlanishi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatning boshlang‘ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o‘z fuqarolari farovonligining barqaror o‘sishini ta’minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdir. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi.
    O‘zbekiston Respublikasida 2013-yil qabul qilingan “Byudjet kodeksi”ning 132- moddasida Byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha yondoshilgan, Byudjetlararo munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir.
    Byudjet jarayonida:

      • O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan;

      • davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar byudjetlari bilan;

      • Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek, boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan;

      • tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Byudjetlararo munosabatlarning birmuncha to‘laroq ta’rifi rus iqtisodchi olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlova tomonidan tayyorlangan “Финансы” nomli darsligida berilgan: “Byudjetlararo munosabatlar davlat hokimiyat organlari, markaziy hokimiyat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari o‘rtasida byudjetlarni tuzish va ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar, vakolatlarning biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar majmuidir”96.

    Ushbu ta’rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki u mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko‘rib chiqish va tayyorlash jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning ijro etilishi davomida mablag‘larning bir byudjet bo‘g‘inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar o‘rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta’rifda umuman fikr bildirilmagan.
    Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish darajasini tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo munosabatlar sodir bo‘layotgan byudjet tizimi darajalariga ko‘ra ularni byudjet tizimi pog‘onalari o‘rtasidagi va bir darajadagi byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlarga bo‘lish mumkin. Demak, “byudjetlararo munosabatlar” tushunchasi, bizning fikrimizcha, quyidagilarni o‘z ichiga olmog‘i lozim:
    − byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to‘liqroq tarkibini;





    96Бабич А. М. Финансы: Учебник/ А. М. Бабич, Л. Н.Павлова. -М.: ИД ФБК-ПРЕСС, 2000.
    − davlat hokimiyati boshqaruv organlarining o‘zaro (bir darajadagi) munosabatlarini;
    − quyi byudjet bo‘g‘inlarining respublika byudjeti bilan o‘zaro munosabatlarini;
    − moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan yuqori byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo.
    Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik sifatidagi tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta’kidlash zarur:
    − birinchidan, byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli byudjet siyosatini markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir;
    − ikkinchidan, byudjetlararo munosabatlar byudjet siyosatining boshqa yo‘nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi;
    − uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli darajalaridagi hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‘rtasida markaz orqali shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini hududiy darajada bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan barcha pul mablag‘larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir;
    − to‘rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika darajasi)ga mablag‘lar tushib turishining ta’minlanishi o‘z navbatida ularga davlat boshqaruvi bo‘yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish huquqini ham beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o‘z hududlari manfaatida yagona va samarali boshqaruvni ta’minlaydi. Shu bilan birga, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga mablag‘larning ajratilishi mamlakatni markazdan boshqarishda mahalliy byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun dastak yaratadi hamda hududlarda ma’lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga kelishining obyektiv asoslarini bartaraf etadi;
    − beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo teng ahamiyatli tarzda quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo‘lmas edi. Shu sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta’sirchan omil hisoblanadi.
    Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Byudjetlararo munosabatlar davlat byudjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo‘lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‘rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat

    Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish