“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet75/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni tasdiqlash.

  1. Davlat byudjeti jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, vazifalari, ishtirokchilari

va prinsiplari
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga davlat byudjeti jarayoni deyiladi100
Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti huquqlari talablari bilan belgilanadi. Shuning-dek, davlat byudjeti jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni ishlab chiqish, tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi:

  • davlat byudjeti loyihasini tuzish;

  • byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash;

  • byudjetni ijro etish;






100O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.

  • davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.

Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish, uni muhokama qilish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1-yanvardan 31-dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (davlat byudjeti davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetiningijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi.
Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo’yiladi:

  • muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;

  • alohida soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha, shuningdek, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning bashorat-lari va maqsadli dasturlariga muvofiq davlat byudjeti daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash;

  • maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha, shuningdek, byud-jetda ko’zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda davlat byudjeti xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash (o’rnatish);

  • iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birli-gining barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan moliya-viy baqarorlashtirishning umumiy dasturini davlat byud-jeti bilan muvofiqlashtirish;

  • iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan manbalar hisobidan davlat byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;

  • iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjet-lar o’rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga solishni amalga oshirish;

  • keng ko’lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli byudjetni rejalashtirishning rolini oshirish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqaro-lar daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;

  • zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.

Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirok-chilari quyidagilar hisoblanadi:

  • mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari;

  • ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori mansabdor shaxslari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish bilan shug’ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar);

  • pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;

  • davlat va mahalliy nazorat organlari;

  • davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari;

  • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va boshqalar.

Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga rioya qilinadi:

  • yagonalik;

  • mustaqillik;

  • balans usuli.

Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona davlat byudjeti klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolida-tsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo’ladigan statistik va davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi.
Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning har bir ishtirokchisi uchun mustaqil bo’lish imkoni berilganligi bilan belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning o’z va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan foydalanishning yo’nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga egadirlar.
Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o’rtasida to’g’ri nisbatlar o’rnatishda gavda-lanadi. Unga rioya qilinishi davlat byudjetining barqa-rorligini va xo’jalik sohalari o’rtasida mablag’larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.
  1. Davlat byudjeti loyihasini tuzish

Davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat byudjeti jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda quyidagi masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi:

  • davlat byudjetininghajmi;

  • navbatdagi (kelgusi) yil uchun soliq va pul-kredit siyosati;

  • davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari va davlat byudjeti defitsitini qoplash usullari;

  • daromadlarni davlat byudjeti tizimining bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash.

  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari va kelgusi moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlari asosida tuziladi.

Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo’yicha ishlar yangi davlat byudjeti yilining boshlanishidan, masalan, GFR da – 6 oy, Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada

  • 14 oy, AQShda – 18 oy, O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya hokimiyat organlari, odatda, Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organ-lar quyidagilardir101:

    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

    • vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahal-liy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taal-luqli qismi bo’yicha.

    • Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga haqli.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’arma-lari byudjetlarining loyihasini tuzish102:

    • davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini yuborishni;

    • davlat byudjeti so’rovlarini hamda asosiy makroiq-tisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;

    • davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;

    • byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Ba’zi bir mamlakatlarda davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat ijroiya hokimiyati boshlig’ining kelgusi yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning umumiy yo’nalishlari muammolari bo’yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan, AQShda Prezident Amerika xalqiga Byudjetnoma bilan murojaat qilib, unda moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da quyidagi maqsadlar kun tartibiga qo’yiladi:





101 “O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”. 84 modda. T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
102 “O‘zbekiston Respublikasi “Byudjeti kodeksi”. 83 modda. -T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

    • iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda byudjet-ning faol ta’sirchanligini ta’minlash;

    • moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va ijtimoiy dastur- bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish;

    • mablag’larni sarflashda zaruriy proportsiyalar va ustuvorliklar o’rnatish;

    • davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib topish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini:
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini tayyorlash uchun — davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respub-likasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralardan Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflar so’raydi.
Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qora-qalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg’arma-larini taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli davlat byudjeti so’rovlarini tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, vilo-yatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqar-malari qarorlar qabul qilinganidan so’ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini:

    • tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va shahar hokimlariga;

    • davlat byudjeti so’rovlarini tuzish uchun — Qora-qalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchi-larga yuboradi.

Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari qarorlar qabul qilinganidan so’ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalash-tiriladigan
davlat byudjeti tashkilotlariga va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarga davlat byudjeti so’rov-larini tuzish uchun yuboradi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini tuzish jarayonida davlat byudjeti so’rovining juda katta ahamiyati bor.
Davlat byudjeti so’rovi o’z tarkibiga:

    • - davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag’lari oluvchining va davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, o’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobotni;

    • xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo’ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko’rsatilgan reestrini;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog’liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat byudjeti buyurtmasini o’z ichiga oladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti so’rovini ko’rib chiqish tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetla-ridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari bo’yicha davlat byudjeti so’rovini ko’rib chiqish Qoraqalpog’iston Respub-likasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan, O‘zbe-kiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalash-tiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish esa davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiri-ladi. Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuning- dek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalari bo’yicha davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiri-ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralarning Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflarini
ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti so’rovlari ko’rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat byudjeti so’rovlari olinganidan keyin o’n ish kuni ichida quyidagilarga yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi:

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo’lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo’lgan, davlat byudjeti daromadlarining tegishli o’sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to’g’risida, shuningdek davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar faoliyatining samaradorlik ko’rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga

  • tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to’g’risida.

Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qora-qalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko’rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan davlat byudjeti so’rovlarini taqdim etishi shart.
Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovlari:

    • Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar tomonidan davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga

  • joriy yilning 1-iyunigacha;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1-iyuligacha;

    • davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1-iyuligacha taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralar
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadla-rining prognozi bo’yicha takliflarni O‘zbekiston Respub-likasi Moliya vazirligiga va davlat maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 15 iyunigacha taqdim etadi.
Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog’iston Respub-likasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari:

    • tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokim-liklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyunidan kechiktirmay;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan:
Davlat byudjeti daromadlari qismi bo’yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspektsiyalari, hokimlik-larning bo’limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo’linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirish-ning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjeti xarajatlari qismi bo’yicha tumanlar va shaharlar byudjet-laridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilot-lari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning davlat byudjeti so’rovlari asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan davlat byudjetiningdaromadlari qismi bo’yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog’iston Respubli- kasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo’linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjetiningxarajatlari qismi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning davlat byudjeti so’rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan:

    • makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;

    • daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat byudjeti daromadlari prognozi;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning davlat byudjeti so’rovlari va O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.

Davlat byudjetining loyihasida xarajatlar daromad-larning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.
Davlat byudjetining loyihasi:

    • Davlat byudjetining daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari progno-zidan;

    • Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.

    • Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish