“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


N – aylanma mablag’larning normativi; E



Download 6,94 Mb.
bet99/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

N – aylanma mablag’larning normativi;
E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;
U – o’rtacha interval uzoqligi;
B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming so’mga teng bo’lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so’mga (15 x 10 x 20 000) teng bo’ladi.
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib berishlar o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:

Bu yerda:
𝑵 =
𝑬 ∗ (𝑼𝟏 + 𝑼𝟐)
𝟐 ∗ 𝑩

𝑵 – aylanma mablag’larning normativi;
𝑬 – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;
𝑼𝟏 + 𝑼𝟐 - navbatdagi ikki mol yetkazib berishlarning kunlardagi uzunligi;
𝑩 – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi.
Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi:

    • transport zaxirasi;

    • tayyorlov zaxirasi;

    • texnologik zaxira;

    • joriy zaxira;

    • sug’urta zaxirasi.

Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, kom- plektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi oli-nadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz-ligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi.
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝑵 = 𝑿𝟎 ∗ 𝑼 ∗ 𝑲
Bu yerda:

𝑵 - tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’larning normativi;
𝑿𝟎 - mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar;
𝑼 - ishlab chiqarish tsiklining uzoqligi (kunlarda);
𝑲 – xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koeffitsienti.
Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar chorak davomida tannarx bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo’lib topiladi.
Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi (uzoqligi) quyidagilar bilan belgilanadi:

    • bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zaxira);

    • ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joylashishi (transport zaxirasi);

    • aylanma zaxirasi (ishlov berish operatsiyalari orali-g’idagi vaqtlar);

    • sug’urta zaxirasi (uzilishlar sodir bo’ladigan vaziyatlar uchun).

Xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koef-fitsienti tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyum o’rtacha tannarxining ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Albatta, zaxiralarni mohirona boshqarish menejment va XYS ishlab chiarish xodimlaridan inflyatsiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovarning bozorda talabgir ekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va iste’mol belgilariga (xususiyatlariga) ko’ra XYS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning iste’molchilar talabiga qarab o’zgarishini qondirishni talab qiladi.


  1. MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING ISHLAB CHIQARISH CHIQIMLARI, FOYDASI VA RENTABELLIGI


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish