“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet97/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsienti.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o’z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tushilmalar ham kiradi:

    • foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashkilotlarda aktsiyador sifatida ishtirok etishdan olina-digan daromadlarni ham qo’shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag’lari;

    • mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag’lari;

    • XYSga tegishli bo’lgan ijara haqi, lizing to’lovlari, dividendlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar,

sotishdan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni sotishdan olingan daromadlar;

    • ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan foyda.

Ish tartibini o’zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsientining oshirilishi, intensiv foydalanishning o’sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv o’zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o’zlashtirilishi, innovatsion yangiliklarni joriy etish fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy ko’rsatkichlarni oshiradi.
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilina-digan pul mablag’larining manbalarini ikki guruhga bo’lish mumkin:

    • maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar;

    • banklarning o’rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYS tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish (qurish) uchun milliy va xorijiy valyutada olingan qarzlar.

Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi:

    • hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag’lari;

    • taraqqiyotning strategik yo’nalishini amalga oshiruvchi maqsadli dasturlar asosida investitsiyalar ko’rinishidagi byudjet mablag’lari;

    • kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari;

    • hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa XYS va tashkilotlardan moliyaviy tushil-malar.

Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning tarkibida kreditorlik qarzlari ham muhim o’rinni egallaydi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qo’lga kiritish uchun sarf qilingan moliyaviy resurslar o’rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu munosabat bilan moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natijasini quyidagi formula orqali ko’rsatish mumkin:

Bu yerda:

∆𝑭

𝑴
𝑴𝒔 =
𝒓
∗ 𝟏𝟎𝟎%

𝑴𝒔 - moliyaviy samaradorlik;
∆𝑭 - foydaning o’sgan qismi;
𝑴𝒓 - moliyaviy resurslar.

Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan ta’minlanishini boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samaradorligini baholash alohida ahamiyat kasb etadiki, uning juda ko’p jihatlari mavjud.
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruv-chilar va xodim (ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda muhimdir. Davlat manfaatlari, bir tomondan, XYSlarning soliq to’lovlarini maksimallashtirish maqsa-dida balans foydaning maksimallashtirilishini ko’zda tutadi. Ikkinchi tomondan esa, foydadan soliq to’lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab takror ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda optimallashtirilmog’i lozim.
Juda ko’p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir-biriga mos keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aktsiyaga to’g’ri keluvchi foyda summasining o’sishi orqali aktsionerlar daromadlarini maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatda, daromadlarnimaksimallashtirish ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan erishiladi. U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajat-larning qisqarishi, aylanma mablag’lar aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv metodlaridan foydalanish bilan bog’liq.
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllantirish muhim ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to’lashga va uni jamg’arishga yo’naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi.
XYS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai-nazaridan faqatgina moliyaviy natija emas, balki o’zining tarkibiga ish haqi va uning o’sishi, ijtimoiy dasturlar va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan XYS xarajatlari hisobidan vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkich-larning o’sishini qamrab oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYS moliya-xo’jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlardan foy-dalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va aniqlovchi ko’rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni bo’lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝑩𝑭



Bu yerda:

𝑹𝒖 = 𝑭
𝒂𝒂
∗ 𝟏𝟎𝟎%

𝑹𝒖 - ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi;
𝑩𝑭 - balansdagi foyda (soliqqa tortilgunga qadar);

𝑭𝒂𝒂 - asosiy ishlab chiqarish fondlari normalashtirilgan aylanma mablag’larning yillik o’rtacha qiymati.
Fond qaytimi ko’rsatkichi XYS asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligining darajasini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
𝑻



Bu yerda:

𝑭𝒒 - fond qaytimi;
𝑭𝒒 = 𝑭
𝒂𝒊𝒄𝒉
∗ 𝟏𝟎𝟎%

𝑻 - sotishdan olingan sof tushum;
𝑭𝒂𝒊𝒄𝒉 - asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o’rtacha qiymati.
Fond sig’imi fond qaytimiga nisbatan teskari ko’rsat-kich hisoblanadi va bir so’mlik realizatsiya qilingan mahsulotga to’g’ri keluvchi asosiy ishlab chiqarish fond-larining qiymatini ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkichni quyidagicha aniqlash mumkin:

Bu yerda:

𝑭𝒔 - fond sig’imi;
𝑭𝒔
= 𝑭𝒂𝒊𝒄𝒉 ∗ 𝟏𝟎𝟎%
𝑻

𝑭𝒂𝒊𝒄𝒉 - asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o’rtacha qiymati;
𝑻 - realizatsiyadan olingan sof tushum.
Dastgohlar yoki asbob-uskunalar ishlashining smenalik koeffitsienti ulardan foydalanish va ularning yuklan-ganlik darajasini ifodalab, yil, chorak, oy va kun davomida har bir birlik dastgoh yoki asbob-uskunalarning necha smenada ishlaganligini ko’rsatadi va u quyidagicha aniq-lanadi:



Bu yerda:

𝑲𝒔
= 𝑯𝒌 ∗ 𝟏𝟎𝟎% yoki 𝑲

𝒔
𝑫𝒖
= 𝑯𝒔 ∗ 𝟏𝟎𝟎%
𝑺𝒎𝒂𝒙

𝑲𝒔 - smenalik koeffitsienti;
𝑯𝒌 - kun davomida haqiqatda ishlagan dastgoh (mashina)/soatlar;
𝑫𝒖 - dastgoh (mashina)larning umumiy soni;
𝑯𝒔 - bir smenada haqiqatda ishlagan dastgoh (mashina)/soatlar soni;
𝑺𝒎𝒂𝒙 - bir smenada maksimal ishlashi mumkin bo’lgan dastgoh (mashina)/soatlar soni;
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsienti yangidan yaratilgan mahsulotga o’tkazilishi natija-sida ular iste’mol qiymatining kamayishini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda:

𝑲𝒆
= 𝑨𝒂𝒓𝒆𝒏
𝑭𝒊𝒄𝒉𝒇𝒃
∗ 𝟏𝟎𝟎%

𝑲𝒆 - eskirish koeffitsienti;
𝑨𝒂𝒓𝒆𝒏 - foydalanishda bo’lgan davr mobaynida asosiy ishlab chiqarish fondlarining renovatsiyasi (qayta tiklanishi)ga hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining summasi;
𝑭𝒊𝒄𝒉𝒇𝒃 - asosiy ishlab chiqarish fondlarining boshlang’ich qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koef-fitsienti XYS investitsion talabini qondirishning inten-sivligini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanadi:

Bu yerda:

𝑸𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇

𝑸
𝑲𝒚𝒂 =
𝒃𝒂𝒏𝒄𝒉
∗ 𝟏𝟎𝟎%

𝑲𝒚𝒂 - yangilanish koeffitsienti;
𝑸𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇 - yil davomida kiritilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;
𝑸𝒃𝒂𝒏𝒄𝒉 - barcha asosiy ishlab chiqarish fondlari ning yil oxiridagi qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti esa eskirgan ishlab chiqarish appa-ratining foydalanishdan chiqib ketish dinamikasini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
𝑸𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇𝒍



Bu yerda: Bu yerda:

𝑸𝒄𝒉 = 𝑸
𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇𝒃
∗ 𝟏𝟎𝟎%

𝑸𝒄𝒉 - chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti;
𝑸𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇𝒍 - yil davomida tugatilgan (likvidatsiya qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;
𝑸𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇𝒃- asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati.
Shunday qilib, asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, ko’p jihatdan, amortizatsiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning kerakli miqdorlarda reinvestitsiya qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda bu yerda, yangi texno-logik tizimlardan foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’z vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo’lgan barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
  1. Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish