“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet89/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Ishsizlik nafaqasi. Ushbu nafaqa 1998-yil 1-may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonuniga asosan tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi. Qaramog’ida uchtagacha kishi bo’lgan, o’ttiz besh yoshga to’lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq to’lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ularga mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va to’lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga o’n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta, ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan shaxslarga esa o’n ikki oylik davr mobaynida o’n uch kalendar hafta to’lanadi.
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo’llanma olish uchun murojaat qilishi shart.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o’rtacha ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi. Qaramog’ida o’n olti yoshga to’lmagan bolalari va boshqa kishilar bo’lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori o’n foizga oshiriladi.
Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsientni qo’llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab chiqishda rayon koeffitsientlarini qo’llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o’rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o’rtacha ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi to’lash kafolatlanadi.
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan bo’shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo’lgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan bo’shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida hisoblab chiqariladi.
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida etmish besh foizi miqdorida nafaqa to’lash kafolatlanadi.
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga mutaxassisligi bo’lgan shaxslar uchun, shuningdek o’n ikki oy mobaynida haq to’lanadigan ish bilan bandligi o’n ikki kalendar haftadan kam bo’lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o’rgatishni yoki malakasini oshirishni talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda va boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo’lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam ish haqining etmish besh foizi miqdoridamiqdorda nafaqa to’lash kafolatlanadi.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish