“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet64/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Pensiya, nafaqa va to’lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg’armasi quyidagi yo’nalishlarga xarajat qilinadi83.
  1. ishlamaydigan fuqarolarga:

    • davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari);

    • qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash uchun;
  1. ishlaydigan fuqarolarga:

    • davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari);

    • dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni moliyalashtirish 2019- yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi84);

    • 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lovlar;

    • qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar uchun sarflanadi.

Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni moliyalashtirish uchun Jamg’armaning hududiy bo’linmalari tomonidan G’aznachilikning



83 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori
84 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086-son Qarori 28-band.
bo’linmalarida hisob raqamlari ochiladi. Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’lov to’lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar to’lash uchun mablag’larga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi. Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Jamg’arma xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda:

    • joriy to’lov oyining 15-kunigacha — o’tgan oyning ehtiyoji hisob- kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;

    • joriy to’lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.

Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar uchun mablag’larni aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o’tkazadi.
Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari tashkilotlarning buyurtmanomalari bo’yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag’lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo’shimcha dam olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlarni to’lashga mablag’larni moliyalashtiradi.
Jamg’armaning hisob raqamlaridan mablag’larni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o’tkazish va vaqtincha olib qo’yish taqiqlanadi.
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan kechikmay Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognozlari Jamg’armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg’armaning Kuzatuv kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg’armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda:

    • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga — mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini;

    • Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga — turlar va mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo’nalishlarini) etkazadi.

Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko’rsatkichlarini bajarish:

    • yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar tushishining va yig’ilishining to’liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati organlari tomonidan;

    • Jamg’arma mablag’larini belgilangan tartibda o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish, o’z vaqtida tayinlash, to’lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlari tomonidan ta’minlanadi.

Jamg’armaning hududiy boshqarmalari Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga:

    • har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar bo’yicha to’langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar to’g’risidagi tezkor axborotni;

    • tasdiqlangan shakl bo’yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag’lardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.

Jamg’armaning Kuzatuv kengashi Jamg’armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Jamg’armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishli bo’ladi:

    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib chiqish va tasdiqlash;

    • Jamg’arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash;

    • vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg’arma vakolatiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish;

    • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Jamg’armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitish;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg’armaning ijro etuvchi direktorini, uning o’rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to’g’risida taqdimnoma kiritish;

    • Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;

    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Pensiyalar tayinlash bo’yicha tuman (shahar) bo’limi komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;

    • Jamg’armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg’arma daromadlarini shakllantirish, uni o’z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qilish;

    • topshiriqlar, vedomostlar va pochta o’tkazmalari bo’yicha to’lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar jo’natilishi va etkazib berilishi bo’yicha xizmatlarga haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash;

    • Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga oshirilishi bilan bog’liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish.

Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg’arma Kuzatuv kengashining taqdimnomasi bo’yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg’armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va o’z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. Jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o’rinbosari va o’rinbosari Jamg’arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo’yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg’arma ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o’rinbosarlari, Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari boshliqlari Jamg’armaning tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi bo’yicha Jamg’armaning ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Jamg’arma Kuzatuv kengashining raisiga bo’ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi.
Jamg’armaning ijro etuvchi direktori:

    • jamg’arma faoliyatiga rahbarlik qiladi;

    • o’z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o’rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma o’rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;

    • o’z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;

    • belgilangan mehnatga haq to’lash fondi va xodimlarning soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Jamg’armaning tarkibiy boshqarmalari to’g’risidagi nizomni tasdiqlaydi;

    • jamg’armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini, Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o’rinbosarlarini, Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

    • pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;

    • jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga oshiradi.
  1. Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi

Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armalari tashkil etiladi. Jamg’armaning hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat yo’nalishlari har bir alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatidan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari bandlikni qo’llab- quvvatlash jamg’armasi maqsadli xususiyatga ega bo’lib, davlat tasarrufi va uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi.
“O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992-yil 31-dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror jamg’arma daromadlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat bo’lib hisoblandi. Davr o’tishi bilan va bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma- bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasiga ham mos ravishda ijobiy o’zgarishlar hamda qo’shimchalar kiritilib borildi.
1998-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining mavqeini yanada
kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb nomlanishining o’ziyoq jamg’armani yanada takomillashtirishga, resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash bo’yicha 173-sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi bandligi to’g’risida” va “Byudjet tizimi to’g’risida”gi (hozirgi kunda ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab chiqildi.
2016-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 117-sonli Qarori qabul qilinib, unga ko’ra “O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi hamda unga muvofiq jamg’armaning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi.
2017-yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3001-sonli Qarori qabul qilindi va unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari va mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari:

    • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona ijtimoiy to’lovlardan ajratmalar;

    • mehnatni muhofaza qilish bo’yicha davlat huquq mehnat inspektorlari va davlat texnik inspektorlari, shuningdek, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan ma’muriy undiruvlar summasi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va imoratlarni sotishdan tushgan mablag’lar, mulkni baholash va sotish bo’yicha aniq xarajatlardan tashqari, to’liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga yo’naltiriladi;

    • fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlari xorijga ishga yuborilgan har bir fuqaro uchun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka bo’yicha Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga mablag’lar o’tkazadilar;

    • ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg’armalariga to’lovlar to’langanidan so’ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof foydaning bir qismi;

    • qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini sotishdan olingan daromadlar;

    • bandlik jamg’armasining bo’sh mablag’larini tijorat banklarida va boshqa moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar;

    • jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari;

    • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari:

    • mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash;

    • ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;

    • ishsizlar va band bo’lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha sifatli xizmatlar ko’rsatishni tashkillashtirish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo’yicha organlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo’limlari jamg’armaning moliyaviy resurslarini to’liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun javobgardirlar.
Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to’liq jamg’arma daromadiga o’tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan bo’linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga yuklatilgan.
Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’laridan foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat tug’ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish