“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet56/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

ishlab chiqarish vositalari samaradorligi – shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan daromadlilik stavkalari;

  • ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;

  • insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari insonlarning kelajakda emas, aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;

  • riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni.

    Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera- tsiyalaridan olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan yuqori samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat firmalarga moliyaviy vositachilar deyiladi. Moliyaviy vositachilarning asosiy turlari ichida banklar, investitsiya va sug‘urta korxonalarini keltirish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta shartnomalarining keng diapazoni kabilarni o‘z ichiga oladi.
    16-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI REJA:

    1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati.
    2. Davlat byudjetining daromadlari.

    3. Davlat byudjetining xarajatlari.
    4. Davlat byudjeti defitsiti va uni moliyalashtirish.

      1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati

    Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati va davlat byudjetiningtaqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
    Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning muayyan qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag’ bilan ta’minlash imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.
    Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha belgilarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti
    faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga asos bo’ladi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa- da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
    Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha bo’lib, uni boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, qonun, farmon, qaror va qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ularning ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”.
    Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy byudjetlar ko’pligiga qaramasdan, ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga ketma-ket bo’ysunishiga rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida davlat byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm prinsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining davlat byudjeti mablag’lariga ega va o’zlariga tegishli davlat byudjeti huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar mablag’lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
    Moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli holda, davlat byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud:

    1. davlat byudjeti – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida;

    2. davlat byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.

    Ayrim hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to’g’ri deb e’tirof etib bo’lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo’lgan har qan-day reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo’lish shakllaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat byudjeti kategoriyasining namoyon bo’lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo’lgan xususiyatlar majmuining namoyon bo’lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifati-da ularning “davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o’zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo’la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak:

    1. davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya);

    2. shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.

    Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi (instrumenti) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldi-sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, davlat byudjeti resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi.
    Moliya tizimining boshqa barcha bo’linmalari va iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan chambarchas bog’liqligi ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir.
    Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichdan
    iborat bo’ladi:

    1. umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjeti daromadlari);

    2. hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli davlat byudjeti fondlarini yaratish;

    3. davlat byudjeti fondidan foydalanish (davlat byudjeti xarajatlari).

    Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida- alohida ko’rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
    Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida to’planishi (jamlanishi) sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy (byudjet) munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondi-rishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining
    alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.
    Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:

    1. byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);

    2. davlat byudjetining daromadlari.

    Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag’ to’lovchilar o’rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoqlamalik xarakterga egaligini ham unutmaslik lozim.
    Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xara-jatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomon-lar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat davlat byudjetiningdaromadlarini oshi-rishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfa- atdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi.
    Shunday qilib, “byudjetga to’lovlar” va “davlat byudje-tining daromadlari” tushunchalari yuqorida ko’rsatilgan umumiylikka ega bo’lsalar-da, bir vaqtning o’zida, ular o’rtasida obyektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga to’lovlar xo’jalik yurituvchi subyektlar yoki to’lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o’zaro organik bog’liqlikda ko’riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat byudjetiningsubyektlar (xo’jaliklar) bilan davlat byudjeti munosabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o’zaro bog’liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimla-nayotgan milliy daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bo’lin-malarida turlicha ko’rinishga ega bo’ladi.
    Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi (yagonaligi, birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Undirish metodlari, to’lovchilarning tarkibi, to’lash muddat-lari va hokazolarda katta farqlanishlar bo’lishiga qara-masdan, ularning barchasi davlat pul fondini shakllantirish bo’yicha davlat va to’lovchilar o’rtasida vujudga kelgan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu o’z navbatida, mablag’larni to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning barchasi orasidan moliyaviy (byudjet) kategoriyaning bir ko’rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya
    sifatida e’tirof etilgan bo’lsa, davlat byudjeti bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko’rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, davlat byudjeti o’ziga tegishli bo’lgan (byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bo’ysunuvchanlik xarakteriga ega bo’lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday davlat byudjeti kategoriyalaridan biri davlat byudjetining daromadlaridir.

    Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish