Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar 
 
Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga 
kyeladi. Jismoniy va Yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 
huquqning boshqa sub’yektlari oldida vujudga kyelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga 
davlat qarzi deyiladi. О‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi qonunida 
davlat qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish 
natijasida vujudga kyelgan О‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi”dir dyeb, 
ta’rif berilgan.
Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari ikkiga bо‘linadi: 

davlat ichki qarzlari; 

davlat tashqi qarzlari. 
Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kyelgan О‘zbekiston 
Respublikasi majburiyatlarining yig’indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari 
deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kyelgan 
О‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi tuShuniladi. Bu qarzlar qarziy 
instrumyentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valYutasiga nisbatan 
bir-biridan farq qiladi. 
Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish jarayonida 
(natijasida) vujudga kyeladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish aktivlarni ichki 
manbalardan (ryezidyent-Yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida 
О‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi ryezidyentlarning о‘z 
kreditlarini (qarzlarini) tо‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. 
Shunga о‘xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb 
qilish jarayonida (natijasida) vujudga kyeladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish 


aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, noryezidyent Yuridik shaxslardan va xalqaro 
tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida О‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi 
sifatidagi yoki qarz oluvchi ryezidyentlarning о‘z kreditlarini (qarzlarini) tо‘lashiga kafil
sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi. 
О‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi kyelgusi Moliya yili uchun mamlakatning 
Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng Yuqori 
miqdorlarini tasdiqlaydi. 
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzining 
kо‘payishiga olib kyeladigan boshqa harakatlar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 
yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi. 
Amaldagi tartibga muvofiq ravishda davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni 
(qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin: 

iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlarini, Shu jumladan davlat 
investisiya dasturlarini Moliyalashtirish; 

Davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari о‘rtasida tuShumlar vaqtga kо‘ra 
muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) tо‘g’rilash; 

mavjud qarzlarni qayta Moliyalashtirish; 

byudjet defisitini Moliyalashtirish; 

tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bо‘lgan 
ehtiyojlarni qoplash. 
Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarziy 
majburiyatlarning bir nyecha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning eng asosiylari va 
muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

qisqa muddatli (bir yilgacha bо‘lgan davrga chiqariladigan), о‘rta muddatli (bir 
yildan byesh yilgacha bо‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (byesh 
yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog’ozlari; 

kreditlar (qisqa, о‘rta va uzoq muddatli); 

О‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 

byudjet daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun 
qisqa muddatli ssudalar; 

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. 
Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bо‘lishiga qaramasdan Shu 
davlatning ryezidyentlari hisoblangan Yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bо‘yicha 
asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valYutada muomalaga chiqariladi. Ichki 
qarziy mablag’larni jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bо‘lgan qimmatli 
qog’ozlar emitasiya qilinadi. Investorlarni qо‘shimcha rag’batlantirish uchun esa turli soliq 
imtiyozlaridan foydalaniladi. 
Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valYutasida xorijiy fond bozorlarida
joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bо‘lgan mamlakat 
investorlarining о‘ziga xos bо‘lgan manfaatlari (qiziqishlari) hisobga olinadi. 
Amaliyotda qarziy mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yо‘l bilan amalga oshiriladi: 

qarziy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish; 

ixtisoslashtirilgan Moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish. 
Qarziy qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir 
mamlakatning tyegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana Shu qonunga muvofiq faqat 
mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar davlat qimmatli qog’ozlari 
dyeb e’tirof etiladi. 
Davlat qimmatli qog’ozlari bilan opyerasiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat 
qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon 
beradi: 



byudjet defisitini Moliyalashtirish maqsadida Yuridik va jismoniy shaxslarning 
vaqtincha bо‘sh turgan mablag’larini qarzga olish; 

Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati о‘tkazishni ta’minlash; 

tijorat banklari va Moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga 
oshirish. 
Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kyelgan va mamlakatning ichki qarzini 
tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari Shu mamlakatning milliy valYutasida ifodalanishi va 
Shu valYutada tо‘lanishi kerak. Xuddi Shunga о‘xshash qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida 
vujudga kyelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari 
xorijiy valYutada ifodalanishi va Shu valYutada tо‘lanmog’i lozim. 
Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag’larni jalb qilishning yagona hisobga 
olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va 
tashqi qarzlari kitobini Yurgizadi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish