Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
 
17-Mavzu: Byudjet tuzilmasi va tizimi 
Reja: 
1.
 
Byudjet tizimining mohiyati va uning asosiy prinsiplari. 
2.
 
Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi 
3.
 
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish. 
 
1.
 
Byudjet tizimining mohiyati va uning asosiy prinsiplari. 
 
Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil 
etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular о‘rtasida, Shuningdyek 
byudjetlar hamda byudjet mablag’lari oluvchilar о‘rtasida vujudga kyeladigan о‘zaro 
munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Kо‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet 
tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar tо‘plami (majmui) tuShuniladi.
Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi bо‘lib, uning ma’lum bir 
qismini о‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, byudjet tizimi byudjetning о‘zaro bog’liqlikda bо‘lgan 
bug’inlarining о‘zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyatning siyosiy 
tuzilishiga (qurilishiga), davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bо‘linishiga 
bevosita bog’liq.
U yoki bu mamlakatning byudjet tizimi ikki yoki uch bug’inli bо‘lishi mumkin. Unitar 
davlatlar dyeb Yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bug’indan (markaziy va mahalliy 
byudjetlar), fyedyerativ davlatlar dyeb Yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bug’indan 
(markaziy byudjet, fyedyerasiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bо‘lishi 
mumkin.
Har bir mamlakatning byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Hozirgi paytda 
bunday prinsiplarning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: 

byudjet tizimining yagonaligi; 

byudjet tizimining darajalari о‘rtasida daromadlar va xarajatlarning 
chyegaralanganligi; 

byudjetlarning mustaqilligi; 

davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining 
tо‘liq aks etishi; 

byudjetlarning balansliligi; 

byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorliligi va tyejamliligi; 

byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi); 

oshkoralik; 

byudjetning haqqoniyligi; 

byudjet mablag’larining adryesliligi va maqsadli xarakterdaligi. 
Byudjet tizimining yagonaligi
prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, byudjet hujjatlari 
shakllari, byudjet jarayoni prinsiplari, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun sanksiyalarning 
yagonaligi, mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini Moliyalashtirish 
va byudjet mablag’lari buxgaltyeriya hisobini Yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi. 
Byudjeti 
tizimining 
darajalari 
о‘rtasida 
daromadlar 
va 
xarajatlarning 
chyegaralanganligi prinsipi
tyegishli daromadlar turlarini (tо‘liq yoki qisman) va xarajatlarni 
amalga oshirish bо‘yicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mamlakat 


sub’yektlarining hokimiyat organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlariga 
biriktirilganligini kо‘zda tutadi. 
Byudjetlarning mustaqilligi prinsipi
qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya 
organlari hamda mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining mamlakat byudjet tizimining 
tyegishli darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasida huquqlarini bildiradi. 
Bu prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq ravishda mamlakat byudjet tizimining har bir 
darajasida byudjetlar daromadlarining о‘z manbalariga ega ekanligini, byudjetlarning tartibga 
kyeltiruvchi (soluvchi) daromadlarini, qonunchilikka muvofiq ravishlda tyegishli byudjetlarning 
daromadlarini shakllantirish bо‘yicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy о‘z-
о‘zini boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tyegishli byudjetlar 
xarajatlarining sarflanish yо‘nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, 
byudjet tо‘g’risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qо‘shimcha daromadlar, byudjet 
daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va byudjet xarajatlari bо‘yicha iqtisod 
qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, byudjet tо‘g’risidagi qonunlarning ijro 
etilishi jarayonida vujudga kyelgan daromadlardagi Yuqotmalar va qо‘shimcha xarajatlarni 
byudjet tizimining boshqa darajalari hisobidan kompyensasiya qilishga yо‘l qо‘ymaslikni 
(qonunchilikning о‘zgarishiga bog’liq holda vujudga kyelgan holatlardan tashqari) taqoza etadi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish