Moliya” fanidan Himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani “ ” kurs ishi


Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Download 51,17 Kb.
bet9/9
Sana09.06.2022
Hajmi51,17 Kb.
#646221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muhammad kurs-ishi

8.Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
Ishlab chiqarishning zararli oqibatlarini oldini olish imkon qadar kamaytirish davlat oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Bu sohada ham qonunchilik faoliyatining maqsadi huquqbuzarliklarni oldini olish va huquqlarni buzilishdan himoya qilish sari yo`naltirilgan. Ekologik qonunchilik talablarini ikkiga: umumiy (barcha tadbirkorlarga taalluqli) va maxsus (tabiatan foydalanish turiga bog`liq holda) turlarga ajratish mumkin. Umumiy talablar O`zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida»gi Qonunida aks ettirilgan. Qonunda barcha tadbirkorlar rioya qilishi lozim bo`lgan tabiatni muhofaza qilish prinsiplari belgilab berilgan. Asosiy prinsiplarga quyidagilar kiradi: - inson salomatligi va hayoti muhofazasining ustuvorligi; - jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlarining ilmiy asoslangan birligi; - tabiiy resurslardan to`g`ri foydalanish; - tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlarga rioya qilish; - qonunbuzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi; - faoliyatda oshkoralik, xalqaro hamkorlik. Tabiatni muhofaza qilishning umumiy talablari ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida: joylashtirish, loyihalashtirish, foydalanishga topshirish va obyektlardan foydalanishda amalga oshiriladi. Demak, texnik-iqtisodiy asoslanganlikda ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi darajasi va atrof-muhitga salbiy ta`sir qiluvchi murakkabliklarni inobatga olish, atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishini bartaraf etish uchun ogohlantirishning ishonchli va maqbul choralarni ko`rib chiqish, ularni zararsizlantirish va utilizatsiya qilish, resurslarni saqlab qoluvchi, kam chiqindi chiqaradigan va chiqindisiz texnologiya va ishlab chiqarishni joriy etish, tabiiy resurslardan to`g`ri foydalanish va qayta ishlab chiqarish, atrof-muhitni sog`lomlashtirish hisobga olinishi lozim. Qurilish o`rnini aniqlash, xo`jalik faoliyatining ekologik talablarga muvofiqligini belgilash, foydalanishga ruxsat berish ekologik ekspertiza o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Ekologik ekspertiza sohasidagi munosabatlar O`zbekiston Respublikasi «Ekologik ekspertiza to`g`risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ekologik ekspertizada rejalashtirilayotgan har qanday faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi, ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi, xolislik, qonuniylik, asoslilik o`z vakolatlarini amalga oshirishda va atrof tabiiy muhitga va fuqaro sog`lig`iga ta`sirini baholashning kompleksliligi prinsiplariga asoslanadi. Ekologik ekspertiza davlat va jamoat, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. Davlat ekologik ekspertizasi amaldagi Qonunning 2- moddasida belgilangan obyektlarda majburiy tartibda amalga oshiriladi. Barcha tarzda ekspertiza o`tkazilgandan so`ng tekshiruv natijasiga ko`ra xulosa chiqariladi. Xo`jalik faoliyatining obyektning tabiiy muhitiga ta`siri o`rganib chiqilgach, davlat ekologik ekspertizasi obyektidan foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligi to`g`risidagi yakunlari davlat ekologik ekspertiza xulosasi hisoblanadi. Salbiy ma`nodagi xulosaning huquqiy natijasi bunday faoliyatni ta`qiqlash bilan yakunlanadi, masalan, shartnomalar tuzish bekor qilinadi. Majburiy ekologik ekspertiza o`tkazish talablariga rioya qilmaslik xalqaro shartnoma loyhasini haqiqiy emas deb hisoblash uchun asos bo`ladi. Ekspertiza xulosasi buyurtmachiga va shunga muvofiq amalga oshishini nazorat qilish uchun atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatga ega tashkilotga yuboriladi. Davlat ekologik ekspertizasi salbiy xulosa chiqargan holatda buyurtmachi xulosada qayd etilgan kamchiliklarni qayta ishlagan holda materiallarni takroriy ekspertizaga berish huquqiga ega. Davlat ekspertiza komissiyasining xulosasiga e`tiroz sud tartibida ham amalga oshirilishi mumkin. Obyektni foydalanishga topshirishda ham ekologik qonunchilik talablariga rioya etish shart. Zararli chiqindilarni yig`ish va tashlash, chiqindilarni ko`mib tashlash ruxsat asosida amalga oshiriladi, bunda chiqindilarni yig`ish va tashlash doirasiga ruxsat normativlari belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`lovni aniqlash tartibi va atrof muhitni ifloslantirishning muvofiqlashtirilgan miqdori, chiqindilarni joylashtirish, zararli ta`sirining boshqa turlari uchun to`lovlarni tasdiqlaydi. Belgilangan limitlar doirasidagi tabiiy muhitni ifloslantirish uchun to`lov ishlab chiqarish tannarxiga kiradi. Limitdan tashqari
daromad, tashkilot ixtiyorida qoladi. Chiqindi chiqarish to`g`risida rasmiylashtirilgan ruxsatnoma mavjud emasligi tashkilotni to`lovdan ozod qilmaydi. Bunday holatda ifloslantirishning butun hajmi limitdan tashqari hisoblanadi. Tabiatdan foydalanuvchilar uchun maxsus majburiyatlar mavjud. O`zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida»gi Qonunida tabiatdan kompleks foydalanish haqida shartnoma tuzish lozimligi belgilangan. Tabiatdan kompleks foydalanish – bu turli tabiiy resurslarni ishlatish va tabiatdan foydalanuvchi tomonidan tabiatning muayyan hududiga ta`sir o`tkazish hisoblanadi. Tavsiya etilayotgan xo`jalik faoliyati to`g`risida tabiadan kompleks foydalanish shartnomasi ekologik ekspertiza xulosasi va litsenziyasi (ruxsatnomasi)ga asosan tabiatdan foydalanuvchi va davlat vakolatli organi o`rtasida tuziladi. Shartnoma tabiiy resurslardan foydalanish shartlari va tartibi, tabiiy resurslardan foydalanish uchun to`lov miqdori, tomonlar mas`uliyati, zararni bartaraf etish, kelishmovchiliklarni hal qilish kabi masalalarni o`zida aks ettiradi. Tabiatdan foydalanish pulli maqsadli hisoblanadi. Tabiatdan foydalanish to`lovi tabiiy resurslardan foydalanganlik atrof tabiy muhitni ifloslantirganlik, ishlab chiqarish chiqindilarini joylashtirganlik uchun joriy etiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlar budjetdan tashqari ekologik jamg`armalarga mablag` ajratishga majburdirlar. Maxsus vakolatga ega davlat organlari tomonidan beriladigan litsenziyada (ruxsatnomada) tabiiy resurslardan foydalanuvchi xo`jalik faoliyatining turi, hajmi va limiti, ularga qo`yiladigan ekologik talablar, obyektlardan foydalanishda bu talablarga rioya qilmaslik oqibatlari ko`rsatiladi. Tabiatdan foydalanish to`g`risidagi ma`lumotni tadbirkorlar ekologik monitoring o`tkazuvchi tashkilotga taqdim etishi lozim, xo`jalik yurituvchi subyektlar ekologik huquqbuzarlik oqibatida kelib chiqqan zararlarni bartaraf etishlari shart. Zararni qoplash pul to`lash yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. Tabiatdagi zarar o`rnini to`ldirish faqat ikki tomonning roziligi bo`lsagina, amalga oshiriladi. Agar taraflar kelishmovchiligi natijasida nizo kelib chiqsa, u sud tartibida ko`rib chiqiladi. Bunda sud o`z qarorida tabiiy muhitni asl xoliga keltirishning aniq chora-tadbirlari va muddatini belgilashi lozim. Tadbirkor tabiiy muhitga yetkazgan zarari o`rnini to`la qoplashi kerak. Yo`qotishlarning hajmini belgilash uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin. Bir necha tashkilotlar tomonidan zarar yetkazilganda (loyihada kamchiliklar, binolarni tozalash bilan bog`liq qurilish ishlarini sifatsiz bajarilishi) sud har bir tashkilotga tegishli zararni qoplash hajmini belgilab beradi. Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida tadbirkorlarga qo`yiladigan talablar tabiatning muayyan bir turidan foydalanish bilan bog`liq ravishda amalga oshiriladi: yerdan foydalanish, suvdan foydalanish, yer osti qazilmalaridan foydalanish, o`rmondan foydalanish va boshqalar. Bu talablar O`zbekiston
Respublikasining «O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida»gi Qonunlari, Yer kodeksi va boshqa ekologik qonun hujjatlarida belgilangan. Tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyati davomida yuzaga keladigan ishlab chiqarish va iste`mol chiqindilari aylanishining davlat tomonidan tartibga solinishi muhim ahamiyatga ega. Chiqindilar aylanishi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solishdan maqsad, inson salomatligi va tabiiy chiqindilarning zararli ta`siridan saqlashdan iboratdir. Bundan tashqari, chiqindilarni xo`jalik foydasiga xom ashyoning qo`shimcha manbai sifatida jalb qilish hozirgi davr talabiga to`liq javob beradi. Ishlab chiqarish va iste`mol chiqindilari – bu xom ashyo qoldiqlari, material, polufabrikat va boshqa ashyo hamda mahsulotlar yig`indilaridan iborat bo`lib, ular ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonida yuzaga keladi. Chiqindilar aylanishi – bu chiqindilar yuzaga keladigan jarayon bilan bog`liq faoliyat bo`lib, u o`z ichiga chiqindilarni to`plash, foydalanish, zararsizlantirish, transportda tashish va joylashtirish bilan bog`liq munosabatlarni qamrab oladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va xo`jalik yuritish jarayonida chiqindi aylanishi sohasidagi talablarni bajarmaslik qonunlarga rioya qilmaslik ma`muriy, fuqarolik-huquqiy va jinoiy javogarlikni keltirib chiqaradi. Tadbirkorlar tomonidan sanitariya va gigiyena talablari ta`minlanishining huquqiy asoslari. Aholining sanitariya-epidemiologik salomatligini ta`minlash maqsadida davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun sanitariya qoidalari va epidemiologik normativlar sohasida ko`plab talablar qo`yadi. Sanitariya epidemiologik salomatlik – bu ijtimoiy sog`lomlik va yashash muhitining shunday holatiki, unda inson organizmiga xavfli va zararli odimlar bo`lmaydi va inson hayoti uchun yaxshi sharoit mavjud bo`ladi. Ana shu ma`noda yashash muhiti omillarini xavfsizlantirish va zararsizlantirish mezonlari hamda shunday xavfsizlikni ta`minlash choralari, tadbirkorlarning ishlab chiqarishda, tashishda, xom ashyolarini sotishda, iste`mol mollari, xorijiy davlatlardan mahsulot xarid qilishda, aholini xo`jalik mollari bilan ta`minlashda, radioaktiv moddalar bilan bog`liq faoliyatni amalga oshirishda rioya qiladigan maxsus sanitariya qoidalari va normativlari belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasining «Veterinariya to`g`risida»gi Qonuni mezonlarini hayotga tatbiq etish aholining sanitariya-epidemiologik salomatligi muvaffaqiyatlariga huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.
Amaldagi Qonunga muvofiq, chorva egalari va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari quyidagilarni amalga oshirishga: - chorva kassalliklaridan ogohlantirish va chorvachilik mahsulotlarining vetirinar-gigiyena munosabatlari xavfsizligini ta`minlash maqsadida xo`jalik va veterinar tadbirlarni amalga oshirishga, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash hamda yem-ozuqalarni saqlash uchun chorvachilikka mo`ljallangan bino va inshootlarni yaxshi holatda saqlashga, chorva chiqindilarining tabiiy muhitni ifloslantirishga yo`l qo`ymaslikka; - chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, chorva mollarini boqishga mo`ljallangan joy, qurilish, obyektlarda zoogigiyenik, veterinar-sanitariya talablariga rioya qilishga; - veterinariya sohasidagi mutaxassislarning talablariga binoan chorva mollarini tekshirish uchun taqdim etishga, to`satdan sodir bo`lgan yoki bir paytda chorvaning ommaviy kasallikka chalinishi, shuningdek, ularning g`alati ahvoli to`g`risida tezda xabar berishga, veterinariya sohasidagi mutaxassislar kelgunga qadar kasallikka chalinishda gumon qilingan chorva mollarini ajratib olish choralarini ko`rishga; - chorva mollarini tashish va jo`natishda, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotishda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, veterinariya-sanitariya tekshiruvi o`tkazish uchun mutaxassisni taklif etishga; - veterinariya sohasidagi mutaxassisning chorva kasalliklari profilaktikasi va uning oldini olish choralari yuzasidan bergan topshiriqlarini bajarishga majburdirlar. Veterinariya nazorati davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi. 9. Yong`in xavfsizligini ta`minlash sohasida tadbirkorlarga qo`yiladigan huquqiy talablar. Tadbirkorlarning yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilish majburiyatlari «Yong`in xavfsizligi to`g`risida»gi Qonunda bayon etilgan bo`lib, unga muvofiq modda, material, mahsulot va asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) texnik hujjatlarda bu mahsulotlarning yong`in xavfsizligi ko`rsatkichlarini shuningdek, bu mahsulotlardan foydalanishda yong`in xavfsizligi choralarini qayd etishlari shart.
Bundan tashqari, yong`in xavfsizligi bo`yicha tadbirkorlar zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan: - yong`in xavfsizligi talablariga qat`i rioya qilish; -yong`inga qarshi himoya vositasi va tizimini tayyor holatda asrash (saqlash); - sodir bo`lgan yong`inni o`chirishda yong`indan saqlash organi bilan hamkorlik qilish, yong`inni kelib chiqish sabab va sharoitlarini aniqlash hamda oldini olish; - yong`in xavfsizligi mansabdor shaxslarining bino, inshoot va tashkilotning boshqa obyektlariga kirishlari uchun imkoniyat yaratish, ularning talablariga muvofiq tashkilotda yong`in xavfsizligi holati bo`yicha hujjat va ma`lumotlarni taqdim etish; - yong`in yuzaga kelganda tezda yong`in xavfsizligi idorasiga murojaat qilish. Tadbirkorlar yong`in xavfsizligi tartibini buzgan sharoitda ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR









Download 51,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish