Moliya” fanidan Himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani “ ” kurs ishi


Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash



Download 51,17 Kb.
bet6/9
Sana09.06.2022
Hajmi51,17 Kb.
#646221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muhammad kurs-ishi

5 . Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash.
Litsenziyalash mazmun-mohiyati bilan davlat xavfsizligi va mamlakat mudofaasini ta`minlash, fuqarolar salomatligi va ma`naviyati, ularning qonuniy manfaatlari hamda haq-huquqlarini himoya qilish sari yo`naltirilgan bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning bir turi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talab qilinadigan faoliyat turlari belgilanganki, ular jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog`lig`iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan faoliyat turlari kiradi. Litsenziyalash talab qilinadigan faoliyat turlari qonun bilan belgilanadi. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bilan bog`liq munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi, O`zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunning 13-moddasi, O`zbekiston Respublikasi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida»gi Qonuni keyingi o`rinlarda Qonun deb yuritiladi va boshqa qonun hujjatlari hamda faoliyatning aniq turlari litsenziyash tartibi to`g`risidagi Nizomlar bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Litsenziyalash sohasini litsenziyalovchi organlar amalga oshiradi. Qonunga ko`ra, litsenziyalash deganda, litsenziya berish to`g`risidagi arizani topshirish va ko`rib chiqish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to`xtatib turish, tugatish va bekor qilish jarayoni bilan bog`liq tadbirlar kompleksi tushuniladi. Qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar – litsenziyalovchi organlarga qonun ularning faoliyati bilan bevosita bog`liq bo`lgan qator vakolatlarini belgilab beradi. Masalan, litsenziya talablari va shartlariga litsensiatorlar qat`iy rioya etishini nazorat qilish, litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to`xtatib turish va qayta tiklash, litsenziyalarning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish va boshqalar. Shu bilan birga litsenziyalovchi organlarning shu organlar litsenziyalaydigan faoliyat turlari bilan shug`ullanayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tuzishi yoki ular faoliyatida muassislar sifatida ishtirok etishi taqiqlanadi. Litsenziyalovchi organlarni va litsenziyalash tartibini belgilash, O`zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini belgilash, litsenziyalovchi organlarning qonun hujjatlariga rioya etgan holda ish yuritishni nazorat qilish hamda litsenziyalashning ayrim turlarini amalga oshirish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari doirasiga kiradi. Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) faoliyatning litsenziyalayotgan ayrim turlarini amalga oshirishini ta`qiqlab qo`yish huquqiga ega. Qonunning 3-moddasi 1-qismi 1-bandida keltirilgan ta`rifga ko`ra, litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so`zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq) litsenziya bo`lib hisoblanadi. Litsenziyalarni ikki turga ajratish mumkin: namunaviy (oddiy) va yakka tartibdagi (maxsus) litsenziyalar. Cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar namunaviy litsenziyalar turiga kiradi. Yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar hisoblanadi. Aytish kerakki, yakka tartibdagi litsenziyalarni berish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va qoidalar asosida tanlov (tender) o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi yoki uning bir qismi (qismlari) uchun alohida berilishi mumkin. Litsenziyadan faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxsgina foydalanadi. Litsenziyani yoki unga doir huquqlarini litsenziat boshqa shaxslarga berishi taqiqlanadi. Agar litsenziyada boshqacha hol ko`zda tutilgan bo`lmasa, u O`zbekiston Respublikasi hududi bo`yicha amalda bo`ladi. Litsenziya odatda litsenziya da`vogarning arizasida so`ralgan muddatga beriladi va amal qilish muddati cheklanmaydi. Qonun hujjatlarida litsenziyaning amal qilish muddati cheklanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam bo`lmasligi kerak. Ayrim hollarda litsenziya da`vogarning xohishiga yoki O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko`rsatmasiga ko`ra bu muddat kamaytirilishi mumkin. Aytish lozimki, Qonunda litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda, litsenziat litsenziyalovchi organga muddat tugashidan kamida ikki oy oldin ariza bilan murojaat qilishi va umumiy tartibda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi nazarda tutilgan.
Qonun hujjatlarida, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risidagi Nizomlarda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan litsenziya talablari va shartlari belgilanganki, ular litsenziatning qonunga rioya etishi shartligi, litsenziya da`vogarlariga qo`yiladigan maxsus bilim va tegishli malakaga ega bo`lishi lozimligi, foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, texnik vositalar va boshqalar talabga javob berishi zarurligi to`g`risidagi normalarni o`z ichiga oladi. Litsenziat, ya`ni, faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish litsenziyasi bo`lgan yuridik yoki jismoniy shaxs bo`lish uchun litsenziya da`vogari litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: 1) litsenziya berish haqidagi ariza; 2) yuridik shaxslar uchun – davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxslar uchun – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; 3) arizani ko`rib chiqish uchun litsenziya da`vogari tomonidan yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat; 4) faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo`yiladigan talablar va shartlarni litsenziya da`vogari bajarishga qodir ekanligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qo`yiladigan boshqa hujjatlar. Litsenziyalovchi organ hisob varag`iga litsenziya da`vogarining arizasini ko`rib chiqqanligi uchun yig`im undiriladi. Yig`im miqdori har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda yig`imning eng ko`p miqdori eng kam oylik ish haqining besh barobaridan oshib ketmasligi kerak. Litsenziyalovchi organ litsenziya da`vogarining arizasini qabul qilib olingan kundan e`tiboran o`ttiz kundan oshmagan muddat ichida namunaviy litsenziya berish yoki berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilishi va tegishli qaror qabul qilinganligi haqida litsenziya da`vogarini uch kun ichida xabardor qilishi shart. Litsenziya berish to`g`risida yozma shakldagi xabarnomani olgandan keyin litsenziya da`vogari uch oy muddat ichida davlat bojini to`lab, litsenziya shartnomasini imzolagan taqdirdagina litsenziyani olishi mumkin bo`ladi. Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o`zaro huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi hujjat sifatida alohida o`rin tutadi. Shartnoma ikki nushada yozma shaklda tuziladi. Agar ushbu muddat ichida litsenziat litsenziya uchun davlat bojini to`lamasa yoxud davlat boji to`langanligini tasdiqlovchi
hujjatni taqdim etmasa yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo`lsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma yozma shaklda rad etish sabablari, ularni bartaraf etish va hujjatlarni takroran ko`rib chiqish uchun mumkin bo`lgan muddat ko`rsatilgan holda litsenziya da`vogariga yuboriladi. Litsenziya da`vogari tomonidan hujjatlar qaytadan taqdim qilingan taqdirda, litsenziyalovchi organ arizani avvalgi to`langan yig`im hisobidan o`n kun muddat ichida ko`rib chiqadi. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko`rsatilgan muddat o`tgach, qaytadan berilgan ariza yangitdan berilgan ariza deb hisoblanadi va uni ko`rib chiqish uchun qaytadan yig`im undiriladi. Litsenziya berishni rad etishga Qonunning 17-moddasida sanab o`tilgan asoslar mavjud bo`lgandagina yo`l qo`yiladi. Boshqa asoslarga ko`ra, litsenziya berishni rad etish mumkin emas. Aks holda, litsenziya da`vogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni asossiz rad etilganligi va noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishga haqli. Litsenziyalarni rasmiylashtirish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan litsenziyalar blankalarining namunalari va ularni tayyorlash tartibi asosida amalga oshiriladi. Litsenziyalar qat`i hisobot hujjati hisoblangan, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo`lgan blankalardaa rasmiylashtiriladi. Yuridik shaxs bo`lmish litsenziat qayta tuzilgan, uning nomi yoki manzili o`zgargan taqdirda, shuningdek, jismoniy shaxs bo`lmish litsenziat familiyasi, ismi, otasini ismi yoki turar joyi o`zgargan taqdirda, litsenziyani qayta rasmiylashtirilmaguncha litsenziat unda ko`rsatilgan faoliyat turi bilan shug`ullanishga haqli emas. Litsenziyalovchi organ litsenziatdan litsenziyani qayta rasmiylashtirish to`g`risidagi arizani qabul qilib olgan kundan e`tiboran besh kun ichida litsenziyalar reyestriga tegishli o`zgartirishlar kiritib, yangi litsenziya berishi lozim. Faoliyatning aniq turlari uchun litsenziyalar reyestri litsenziyalovchi organlar tomonidan olib boriladi. Ularda quyidagilar qayd qilinadi: - litsenziatlar to`g`risida ma`lumotlar; - litsenziyani berishga mas`ul litsenziyalovchi organ haqida ma`lumotlar; - amalga oshirish uchun litsenziya berilgan faoliyat turlari; - litsenziyaning tartib raqami va berish sanasi; - litsenziyaning amal qilish muddati;
- litsenziyaning reyestrda qayd etilganligi to`g`risida ma`lumot, litsenziya faoliyatini to`xtatish va qayta rasmiylashtirish uchun asos hamda amalga oshirilgan sana; - litsenziyani bekor qilish uchun asoslar va sana; - boshqa ma`lumotlar. Qonunda litsenziyaning amal qilishini to`xtatish yoki amal qilishini tugatish litsenziyaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni qayta rasmiylashtirish tartibi va asoslari nazarda tutilgan. Litsenziyalovchi organlar quyidagi holatlarda litsenziyaning amal qilishini to`xtatib turish huquqiga egadirlar: - litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda; - litsenziyalovchi organlarning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda; - litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun zarur bo`lgan muddat davomida. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to`xtatib turish haqida chiqargan qarorida bunday holatni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart bo`lib, ko`rsatilgan muddat olti oydan oshib ketmasligi lozim. Litsenziyaning amal qilishini to`xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilishi bilan litsenziyalovchi organ o`n kun muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash to`g`risida qaror qabul qilishi shart. Litsenziyaning amal qilishini tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: - litsenziat ariza bilan murojaat qilganda; - yuridik shaxs tugatilganda; - yakka tartibdagi tadbirkorlik guvohnomasining amal qilishi tugatilganda; - yakka tartibdagi tadbirkorning muomala layoqati cheklanganda yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
- litsenziat litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marta ko`pol ravishda buzganda; - litsenziat litsenziyaning amal qilishini to`xtatib turgan holatlarni ko`rsatilgan muddatda bartaraf etmaganda; - litsenziyalovchi organning litsenziya berish to`g`risidagi qarorining qonunga hilofligi aniqlanganda; - litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga binoan ham amalga oshirilishi mumkin. Litsenziat litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to`xtatib turish yoki tugatish to`g`risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilishga haqli. Agar sud mazkur qaror yuzasidan chiqarilgan qarorni asossiz deb topsa, litsenziyalovchi organ litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi. Ma`muriy tartibda litsenziyani quyidagi hollarda bekor qilish mumkin: - litsenziya berish haqida qaror qabul qilingan kundan e`tiboran uch oy mobaynida litsenziat tomonidan davlat boji to`lanmagan yoki litsenziya shartnomasi imzolanmaganda; - litsenziat litsenziyani bekor qilish to`g`risida ariza berganida; - litsenziya sohta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Bundan tashqari, litsenziya sud tartibida ham bekor qilinadi: - litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda noaniq va yanglish ma`lumotlar qayd etilganda; - litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir martadan ortiq yoki ko`pol ravishda buzgan taqdirda; - litsenziya berish haqida qarorning noqonuniyligi fosh etilgan sharoitda. Litsenziyalovchi organ yoki davlat hokimiyati organi o`z vakolati doirasida ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Sudga murojaat qilgan vaqtdan boshlab litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to`xtatish huquqiga ega.
Litsenziyalash shart bo`lgan faoliyat turini litsenziyasiz yoki litsenziya shartlariga zid holda amalga oshirish huquqbuzarlik hisoblanadi. Agar bu faoliyat fuqarolarga, tashkilotlarga yoki davlatga yirik hajmda moddiy zarar yetkazsa, jinoyat sanalib O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi bilan jinoiy ish qo`zg`atilishiga asos bo`ladi.


Download 51,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish